Edu.uz
131K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram


Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Andijon viloyatida ta’lim tizimi va ishlab chiqarish integratsiyasini o‘rganmoqda

Dastavval Hilola Umarova Asaka tumanidagi “Xitoy sanoat zonasi”da tashkil etilgan korxonalarda dual ta’lim olayotgan amaliyotchi-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi Transport va mashinasozlik texnikumida joriy etilgan “Pearson” Xalqaro ta’lim dasturi asosida kasb va mutaxassisliklar o‘qitilishi amaliyotini ko‘zdan kechirdi va o‘quvchi-yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Texnikum binosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish aksiyasida ham ishtirok etdi.

Shu kuni Hilola Umarova tumandagi “UzAuto Motors” AJga qarashli zavodlarda amaliyot o’tayogan o’quvchilar bilan uchrashib, ularning fikr va muhozalariga quloq tutdi.

Bundan tashqari, Bobur shahridagi zamonaviy qad rostlagan 1-umumta’lim maktabida tuman shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda tizimda amalga oshirayotgan islohotlar va yangiliklar xususida so‘z yuritildi. Mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, Hilola Umarova Bobur shahrida yangi qurilayotgan “Pedagogik mahorat markazi” binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍7👏2
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligida kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilindi

5-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning “KfW” taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo departamenti direktori Veronika Garsiya Del Arko hamda mazkur bankning Toshkentdagi Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Petar Georgiyev bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarning ijrosi va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99834

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
25👍9👏2🔥1
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Shvetsiya ta’lim vazirligi davlat kotibi Oskar Voglund Syoderstrуm bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99514

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
16👍10👏2
4️⃣4️⃣4️⃣

📢 Endi sun’iy intellekt sohasida bepul ta’lim olish - aileaders.uz platformasi orqali amalga oshiriladi!

aileaders.uz platformasida sun’iy intellekt bo‘yicha bepul o‘qish uchun TOP kurslar:

1️⃣ Introduction to Generative AI - sun’iy intellekt yordamida yangi ma’lumotlar yaratish;

2️⃣ Google Cloud Fundamentals: Core Infrastructure - bulutli texnologiyalar foydalanish;

3️⃣ Build AI Apps with ChatGPT, DALL·E, and GPT-4 - AI yordamida real ilovalarni yaratish;

4️⃣ Code Yourself: An Introduction to Programming - dasturlash asoslari va kod yozishni o‘rganish;

5️⃣ IoT (Internet of Things) Wireless & Cloud Computing Emerging Technologies - IoT va bulut sohasidagi eng muhim bilimlarni egallash.

Ma’lumot uchun, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Coursera platformasidagi 1 500 dan ortiq kurslarni o‘zbek tilida o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
112👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#E_TechExpo_2025 – Texnologiyalar olamiga eshik oching!

Yilning eng muhim voqeasi – E-TechExpo-2025 xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormang!!!

11–13-noyabr kunlari poytaxtimizda 4-xalqaro elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi – E-TechExpo-2025 bo‘lib o‘tadi.

🌐Nima uchun E-TechExpo?

Bu nafaqat ko‘rgazma, balki texnologiyalar dunyosi yuragi:
🔹Yetakchi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar;
🔹Innovatsion startaplar va global kompaniyalar;
🔹Investorlar va davlat vakillari
— bir maydonda, bir vaqtda!

📆11-12-13-noyabr.
📍“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi, 3-4 pavilon.

🔗Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: bit.ly/ETech_bron_uz

E-TechExpo-2025 — Sizni kutmoqda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1🔥1
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent viloyati kasb-hunar taʼlimida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Ayni kunlarda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Nasiba Kulbekova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Jilin shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Safar doirasida Bekobod politexnikumi va Shimoliy-Sharqiy Elektr Energetikasi Universiteti (NEEPU) o‘rtasida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlik, bilim va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida N. Kulbekova va universitet rektori Cai Guowei hamkorlik memorandumini imzoladilar. Hujjat energetika, qayta tiklanuvchi energiya, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt va akademik mobillik dasturi doirasida talaba hamda professor-o‘qituvchilar almashuvini nazarda tutadi.

Mazkur memorandum Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va ilmiy-texnik salohiyatni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍146🔥2
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Gvineya taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi


Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Gvineya Respublikasining YUNESKOdagi doimiy vakili Senkoun Silla bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida ikki davlat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Xususan, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100029

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
9👍6