Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
5.99K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan eʼlon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — QS Asia University Rankings 2026 roʻyxatidan Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti joy oldi. Shulardan 8 tasi oʻz oʻrnini oʻtgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilagan.

Ushbu natija mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarning amaliy samarasidir.

Ma’lumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan.

Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.

QS Asia University Rankings 2026’da Oʻzbekiston OTMlari natijalari:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/99595

#OliyTaʼlim #QSRanking #AsiaUniversityRankings #UzbekistanUniversities #HigherEducation

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
12👏8😁4🎉2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi butunjahon sammitidagi nutqidan:

Barcha uchun ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijtimoiy muammolarga samarali yechim topish mumkin.


#Mirziyoyev #sammit #Qatar #Ijtimoiyrivojlanish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥64👍1
#xalqaro_hamkorlik

Gretsiya universitetlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Samarqand shahrida YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Gretsiya oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Nikolaos Papaioannou bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bevosita hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning ikki mamlakatda tashkil etiladigan xalqaro konferensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarida faol ishtirokini ta’minlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99605

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍129👏1
#xizmat_safari #Samarqand

2025-yil 5-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Pastdarg‘om tumanidagi 4-son politexnikumi hamda Jamoat salomatligi texnikumi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazirning birinchi o‘rinbosari o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi.

S. Rajabov rahbarlarning hisobotlarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, energiya ta’minoti, isitish tizimlari va muqobil quvvat manbalaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍4😁1


Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Andijon viloyatida ta’lim tizimi va ishlab chiqarish integratsiyasini o‘rganmoqda

Dastavval Hilola Umarova Asaka tumanidagi “Xitoy sanoat zonasi”da tashkil etilgan korxonalarda dual ta’lim olayotgan amaliyotchi-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi Transport va mashinasozlik texnikumida joriy etilgan “Pearson” Xalqaro ta’lim dasturi asosida kasb va mutaxassisliklar o‘qitilishi amaliyotini ko‘zdan kechirdi va o‘quvchi-yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Texnikum binosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish aksiyasida ham ishtirok etdi.

Shu kuni Hilola Umarova tumandagi “UzAuto Motors” AJga qarashli zavodlarda amaliyot o’tayogan o’quvchilar bilan uchrashib, ularning fikr va muhozalariga quloq tutdi.

Bundan tashqari, Bobur shahridagi zamonaviy qad rostlagan 1-umumta’lim maktabida tuman shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda tizimda amalga oshirayotgan islohotlar va yangiliklar xususida so‘z yuritildi. Mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, Hilola Umarova Bobur shahrida yangi qurilayotgan “Pedagogik mahorat markazi” binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍7👏2