Edu.uz
130K subscribers
29.9K photos
6K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston Prezidenti global ijtimoiy adolatni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Doha shahrida Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etdi.


Президент Узбекистана выступил с инициативами по укреплению глобальной социальной справедливости

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие во втором Всемирном саммите по социальному развитию в городе Дохе.

#Mirziyoyev #sammit #Qatar #Ijtimoiyrivojlanish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👍8🔥1🤔1
#Olimlar_minbari
#27.10-01.11.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Samarqand yana sivilizatsiyalararo muloqot markaziga aylanmoqda” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

Buxoro san’at biyennalesi turizmni rivojlantirishda strategik loyiha” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;

Dual ta’lim: raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning samarali yo‘li” — Sardor XOJANIYAZOV, Urganch davlat universiteti rektori v.b., professor;

Sog‘lom va bilimli avlod mamlakatning eng katta boyligi hamda kelajagidir” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

Ikki davlat o‘rtasida yangi sheriklik falsafasi” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

Masofaviy ta’lim imkoniyat va afzallik nimalarda namoyon bo‘ladi?” — Dilshod BARATOV, Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti;

Qulay investitsiya muhiti iqtisodiy yuksalish, barqaror taraqqiyot kafolatidir” — Bobir TURSUNOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

«Богатства недр – фундамент для развития» — Азамжон ЗАКИРОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;

Samarqand jahon madaniyati va ilm-fani chorrahasida” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari;

«Цифровизация экономики – стратегический приоритет Узбекистана» — Ёдгорхон ИЛХАМОВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

Bryusselda imzolangan tarixiy hujjat O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘taradi” — Sherzod SINDOROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

Ma’rifatli kelajakni birgalikda qurish istagi” — Nozima MURATOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti prorektori;

«Историческое соглашение, открывающее новые горизонты» — Тумарис БЕКИМБЕТОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;

«Международное культурное сотрудничество и его геополитическое значение» — Муниса РАЙИМОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍2🤔1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli ilm-fan ixlosmandlari va yosh olimlar!


🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2025-yil 4-soniga maqolalar qabul qilish boshlandi.

Ushbu ilmiy jurnalning 2025-yil 4-soni uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:

➡️Tabiiy fanlar
➡️Gumanitar fanlari
➡️Texnika fanlar
➡️Yoshlar va ilm-fan yo‘nalishi

➡️Maqola talablarini ko‘rish

🕊Maqolalar 2025-yil 1-dekabr sanasiga qadar Telegramdagi @yoshlar_va_ilmfan_bot manzili orqali qabul qilinadi.

O‘z ilmiy izlanishlaringiz natijalarini biz bilan bo‘lishing va ularni ilmiy jamoatchilikka yetkazishga shoshiling!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegramz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64🤔1
O‘zbekistonda YUNESKO Global Konvensiyasi ratifikatsiyasiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

2025-yil 4-noyabr kuni Samarqand shahridagi “Hilton Samarkand Regency” mehmonxonasida YUNESKOning “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyasi”ni O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Tadbir YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida tashkil etildi.

Taqdimotda YUNESKO Bosh direktorining ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari Stefaniya Jannini, YUNESKO byurosi raisi Stig Arne Skjerven, YUNESKO bo‘lim direktori Borhen Chakroun, Janubiy Afrika, Qozog‘iston va Tojikiston vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqishdi.

Mutasaddilar Konvensiyaning xalqaro ta’lim tizimini uyg‘unlashtirish va malakalarni o‘zaro tan olishdagi ahamiyatini ta’kidlashdi. Shuningdek, O‘zbekistonning bu boradagi faol ishtiroki va tashabbuslari yuqori baholandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99474

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍3🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi ikkita texnikumda Xitoy–O‘zbekiston ustaxonalari ochildi

2025-yil 2–3 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Xitoy ikkinchi ta’lim forumi doirasida Toshkent transport texnikumida “Xitoy–O‘zbekiston telekommunikatsiyalar sanoati ustaxonasi” hamda Shayxontohur politexnikumida “Xitoy–O‘zbekiston yangi energiya vositalari ustaxonasi” ochildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍156🔥2🤔2
#xalqaro_hamkorlik

Xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston va Qatar oliy ta’lim hamkorligi muhokama qilindi


Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ngirotboy Sharipov Qatar davlatining Ta’lim va oliy ta’lim vaziri Lolva bint Roshid Al-Xater bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokara chog‘ida ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Qatar talabalarining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarida ilg‘or tajriba almashish muhimligi qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99406

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍207🤔3👏1🎉1