#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekistonning oliy ta’lim va fan sohasidagi islohotlari Sukuba konferensiyasida taqdim etildi
Yaponiyaning Sukuba shahrida “Yangi cho‘qqilar sari jamiyat bilan hamkorlikda” shiori ostida o‘tkazilayotgan To‘rtinchi Sukuba konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
1-oktabr kuni Sukuba xalqaro kongress markazida start olgan nufuzli anjumanda sanoat, davlat boshqaruvi va akademik doiralari vakillari jahonning dolzarb muammolarini muhokama qilish, fan va texnologiya orqali yechim topish hamda tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘rtasida samarali aloqalar o‘rnatish maqsadida to‘planishdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/90057
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤34👍9🔥6
Vazir Yaponiyada yoshlar bilan uchrashdi
Yaponiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhsinxoʻja Abdurahmonov bilan birgalikda Yaponiyada tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar, mamlakatimizga qiziqish bildirgan yapon talabalari, Oʻzbekiston haqida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yapon tadqiqotchilari, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan magistr va doktorantlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot ochiq va samimiy ruhda oʻtdi. Yoshlar vazirga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Oʻzbekistondagi taʼlim islohotlari, ilmiy grantlar, stajirovkalar, akademik almashinuv dasturlari, hamda startaplarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari haqida maʼlumot oldilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/90111

❤37👍16🔥2🤔2🎉2
Shahlo Turdiqulova Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS) akademigi diplomini qabul qildi
2025-yil 29-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS)ning navbatdagi Bosh konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu yilgi konferensiya kun tartibida sogʻliqni saqlash, iqlim oʻzgarishi, barqaror rivojlanish va innovatsiyalar kabi dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.
Joriy yil boshida Jahon Fanlar Akademiyasi akademigi etib saylangan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori, professor Shahlo Turdiqulovaga mazkur konferensiyada tantanali ravishda rasmiy diplom topshirildi.
TWAS — 1983-yili tashkil etilgan nufuzli xalqaro akademiya boʻlib, dunyo boʻylab eng yirik va taniqli olimlarni birlashtiradi. Akademiyada 100 dan ortiq mamlakatdan 1 400 dan ziyod yetakchi olimlar boʻlib, tarkibida Nobel mukofoti sohiblari hamda turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan yetakchi olimlar faoliyat yuritadi.
Bu eʼtirof mamlakatimiz ilm-fani nufuzining xalqaro maydonda yuksalayotganidan dalolatdir.

👍81❤40😁11🔥10🤩4
#Tanlov #Eng_fidoyi_ustoz #UzGTL
“Eng Fidoyi Ustoz – IV” tanlovida ishtirok eting!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida ta’lim–ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarori ijrosi doirasida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida 2025–2026 o‘quv yili uchun “Eng Fidoyi Ustoz – IV” tanlovi e’lon qilinmoqda.
✅Tanlovda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, ishlab chiqarish sohasiga oid mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim berayotgan kamida 2 yillik pedagogik tajribaga ega o‘qituvchilar qatnashishi mumkin.
❗️Nomzodlar talabalarning o‘z ustozlariga bo‘lgan ishonchi va hurmati asosida, shuningdek, korxona xodimlari hamda iqtidorli yoshlar tomonidan taqdim etiladi.
Baholash mezonlari: ustozning ilmiy-pedagogik yondashuvi, dars jarayonida talabalarga tushuntira bilish qobiliyati, halolligi va fidoyiligi.
G‘oliblar pul mukofotlari, faxriy e’tirof va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi yangi imkoniyatlar bilan rag‘batlantiriladilar.
So‘rovnomada ishtirok etish havolasi: https://forms.gle/JsdMdrDd4tkJ7UuN8
Qabul muddati: joriy yil 14-oktabr soat 23:59 gacha.
👉 Batafsil

❤22👍7🔥3😁3
#qonunchilik_yangiliklari
Hukumat qarori (614-son, 30.09.2025 y.) bilan “Texnikumlarda xorijiy ta’lim tashkilotlari ishtirokida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Ariza beruvchi qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish uchun belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga ariza bilan murojaat qiladi.
Vakolatli organ 15 ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi.
Belgilangan talablar bajarilganda hamda O‘zbekistonning kadrlar tayyorlash sohasiga mos bo‘lganda, qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha ijobiy xulosa beriladi.
Ijobiy xulosaga asosan texnikum bilan xorijiy ta’lim tashkiloti o‘rtasida kelishilgan muddatlarda belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘quvchilar texnikum tomonidan hamkor xorijiy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi.
Bitiruvchilarga xorijiy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda hamda O‘zbekistonda tan olinadigan kvalifikatsiya (davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat) beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Texnikumlarda xorijiy ta’lim tashkilotlari ishtirokida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish tartibi belgilandi.

❤18🔥3😱1
Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi
2025-yil oktabr oyida xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro‘yxati❗️
Joriy yilning oktabr oyida jami 234 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o‘tkazilishi rejlashtirilgan bo‘lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 140 tani, respublika miqyosdagi tadbirlar soni esa 94 tani tashkil qiladi.
🔽📩 https://anjumanlar.uz/ sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍6🔥5
TDIU va Sukuba universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaga xizmat safari doirasida Sukuba universitetida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Sukuba universiteti prezidenti Kyosuke Nagata bilan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/90336
#xizmat_safari #Yaponiya #vazir #TDIU #Sikuba #xalqaro_hamkorlik

👍15❤8😁6🤔2🔥1