Edu.uz
131K subscribers
29.8K photos
5.98K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#qabul2025 #super_kontrakt

Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
117👍20😁14🤔8😱7
Edu.uz pinned «#qabul2025 #super_kontrakt Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori…»
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan iqtisodiyot, moliya, bank va tadbirkorlik sohalariga oid kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan “Moliyaviy bilimlar” loyihasi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilamiz.

Ekspertlar tomonidan tanlangan dastlabki 10 ta adabiyotdan tashqari yana qaysi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilinishini istaysiz?

Ushbu so‘rovnomani to‘ldiring va o‘z takliflaringiz bilan bo‘lishing.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35👍19🔥6😁1🤔1
Edu.uz pinned a photo
#qabul2025 #texnikum #xalqaro_dastur

⚡️Texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlariga qabul 1-oktyabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf bitiruvchilari) negizida xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish uchun arizalarni 2025-yil 1-oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinishi belgilandi.

Hujjatlar Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun qabul qilinadi.

Qabulga doir bot: @EduuzuniversalBot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28🤔9👍4🔥2
#bazaviy_kontrakt2025

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3732😱10🤔4🔥2
#qabul2025 #grant #nodavlat

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.

Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.

Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
68👍9🔥8
#imkoniyat #1_kurs #kontrakt

1-kurslar kontrakt toʻlov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.

Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
53👍14🔥2
Kolorado konchilik maktabi bilan O‘zbekiston Geologiya fanlari universiteti qoshida Kompetensiyalar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi chog‘ida “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Go Green Partners” kompaniyalari va Kolorado konchilik maktabi rahbarlarini qabul qildi.

Ma’lumot uchun, Kolorado konchilik maktabi (Colorado School of Mines) tog‘-kon sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi muhandislik universitetidir.

#Mirziyoyev #uchrashuv #AQSh #ishbilarmonlar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
33👍5🔥1
#qabul2025 #imkoniyat #qoraqalpoq_yoshlari

Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.

1-imkoniyat. 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

2-imkoniyat. 2025-yil 29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul parametrlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Bunda:

roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;

roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;

oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

❗️Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.

‼️Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.

3-imkoniyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
75👍23😁5🎉4🔥2
AQSH Prezidenti Donald Tramp “Truth Social“ ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:


“Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni “Boeing” bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! “Uzbekistan Airways” 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur”.


Президент США Дональд Трамп написал следующий пост на своей странице в социальной сети Truth Social:

“Ранее в этом месяце я разговаривал с глубоко уважаемым Президентом Узбекистана Шавкатом Мирзиёевым. Сегодня хочу поздравить Президента Мирзиёева с подписанием ВЕЛИКОЙ сделки с Boeing! На сумму более 8 миллиардов долларов Uzbekistan Airways приобретает 22 самолета 787 Dreamliner. Это создаст более 35 000 рабочих мест в Соединённых Штатах. Президент Мирзиёев – человек слова, и мы продолжим совместную работу над многими другими вопросами! Благодарю за ваше внимание к этому делу”.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
54👍24😁9🔥8😱5
🛰“O‘zbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida Toshkentda yirik “HAKATON” musobaqasi o‘tkaziladi!

O‘zbekiston muhandis yoshlari uchun eksklyuziv imkoniyat — 4-5 oktyabr kunlari poytaxt yana bir yirik tadbirga mezbonlik qiladi.

Yoshlar dasturlash, tahlil, muhandislik, dizayn va menejment kabi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin.

❗️Qatnashish istagida bo‘lganlar mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. https://www.spaceappschallenge.org/2025/local-events/tashkent/

▪️Maxsus videorolik: https://www.youtube.com/watch?v=kI6wqP_iUvk

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
40🎉8🔥3👏3😱3
Edu.uz pinned a photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vakant o‘rinlarga tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 25-sentabrdan boshlanadi

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha (shu kuni ham).

Tanlovda ishtirok etish tartibi:

Abituriyentlar “my.uzbmb.uz” shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

Test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalishlardan 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini (ta’lim shakli bilan birga) tanlash imkoniyati mavjud.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgacha e’lon qilinadi.

📌 Muhim eslatma:
Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
38👍27🔥4👏4😁4
#magistratura #qabul2025 #imkoniyat

❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi

Magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
31👍15🤔5🔥4🤩1