Edu.uz
131K subscribers
29.8K photos
5.98K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridan
fotojamlanma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
20👍10🔥2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Olam ichra tanho – Navoiy” fotoko‘rgazmasi ochildi

20-sentyabrda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yaponiyaning Soka universiteti delegatsiyasi bilan xalqaro ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, “Do‘stlik bog‘i”da Navoiy haykali poyiga Soka universiteti asoschisi, tinchlik va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etgan doktor Daysaku Ikeda xotirasiga bag‘ishlab sakura ko‘chati ekildi. Shundan so‘ng universitet foyesida “Olam ichra tanho – Navoiy” nomli fotoko‘rgazma ochilib, 35 ta tarixiy surat tuhfa qilindi.

Alohida qayd etish joizki, doktor Daysaku Ikeda sa’y-harakatlari bilan 2004-yilda Yaponiyadagi Soka universitetida aynan buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan edi.

Haykal poydevorida Navoiyning quyidagi hikmatli so‘zlari bitilgan:
“Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,
Yor oʻling bir-biringʻizgakim, erur yorligʻ ish”


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87253

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28👍13
#Avtomobilsiz_kun

Faqat manzilga emas, ekologik toza kelajak tomon yuring!

Hurmatli davlat xizmatchisi, siz har kuni ishga avtomobilda kelasizmi? Biroz to‘xtab, o‘ylab ko‘ring.

Jamoat transporti — faqat manzilga emas, balki yanada yaxshiroq hayot tarziga olib boradi:

1️⃣ Sog‘lom hayot — piyoda yurasiz, ko‘proq harakatda bo‘lasiz;

2️⃣ Toza havo — shaxsiy avto mashinalar kamaysa, atrof-muhit sog‘lomlashadi, bu esa kislorodli havodan nafas olishingizga yordam beradi;

3️⃣ Kamroq stress — tirbandliklarsiz, xuddi maroqli sayohat kabi o‘z manzilingizga yetib olasiz;

4️⃣ Iqtisod — mashinangiz uchun yoqilg‘i, ta’mirlash va boshqa xarajatlardan xalos bo‘lasiz, daromadingizning bu qismini yanada foydali maqsadlarga yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi.

Unutmang, siz namunasiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
28👍8🔥6😁4🤩2
#qabul2025 #imkoniyat

Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi


Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;

kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi;

respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;

Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi.

Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil keyingi xabarlarda...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
121👍42😱19🎉11🤩7
Live stream scheduled for
#ovozli_chat

Bugun, 22-sentyabr kuni soat 15:00 da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda professor-oʻqituvchilari uchun onlayn chat tashkil etiladi.

Mazkur ovozli chat davomida internet tarmog‘idan foydalanishda bilib qo‘yish lozim bo‘lgan asosiy tushunchalar, axborot xavfsizligi qoidalari hamda foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi. Unda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari ishtirok etadi.

Ovozli chat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram sahifasi orqali o‘tkazilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Barchani ushbu onlayn muloqotda faol qatnashishga chorlaymiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
49👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi.

Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini AQSH Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika - O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

20 сентября Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Нью-Йорк для участия в мероприятиях юбилейной 80-й сессии Генеральной Ассамблеи Организации Объединённых Наций.

В международном аэропорту имени Джона Кеннеди главу нашего государства встретили специальный посланник Президента США по глобальным партнерствам Паоло Замполли, председатель Американо-Узбекской торговой палаты Кэролин Лэмм и другие официальные лица.


#Mirziyoyev #tashrif #AQSh

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
42👏5👍2🤔1😱1
#qabul2025 #imkoniyat

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
90👍30🔥8😱7🥰3
Edu.uz pinned «#qabul2025 #imkoniyat Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga…»
Live stream started
Live stream finished (48 minutes)
#qabul2025 #super_kontrakt

Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi


Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
117👍20😁14🤔8😱7
Edu.uz pinned «#qabul2025 #super_kontrakt Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori…»
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan iqtisodiyot, moliya, bank va tadbirkorlik sohalariga oid kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan “Moliyaviy bilimlar” loyihasi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilamiz.

Ekspertlar tomonidan tanlangan dastlabki 10 ta adabiyotdan tashqari yana qaysi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilinishini istaysiz?

Ushbu so‘rovnomani to‘ldiring va o‘z takliflaringiz bilan bo‘lishing.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35👍19🔥6😁1🤔1
Edu.uz pinned a photo
#qabul2025 #texnikum #xalqaro_dastur

⚡️Texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlariga qabul 1-oktyabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf bitiruvchilari) negizida xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish uchun arizalarni 2025-yil 1-oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinishi belgilandi.

Hujjatlar Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun qabul qilinadi.

Qabulga doir bot: @EduuzuniversalBot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28🤔9👍4🔥2
#bazaviy_kontrakt2025

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3732😱10🤔4🔥2
#qabul2025 #grant #nodavlat

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tasdiqlandi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.

Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.

Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
68👍9🔥8