Edu.uz
131K subscribers
29.8K photos
5.98K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari boshlandi


Joriy yilning 20-sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarini qamrab oluvchi “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasmiy start berildi.

Tadbirda Prezidentning sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi, Mahallalar uyushmasi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi vakillari hamda Toshkent shahridagi barcha OTM rektorlari ishtirok etdilar.

Marosim TATU sport zalida bo‘lib, mamlakatning 13 ta hududidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda qo‘shildilar.

Tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nutq so‘zlab, musobaqalar Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgani, uch yil davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishda muhim o‘rin egallab kelayotganini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87216

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
22👍15🔥3😁2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda Germaniya bilan hamkorlikda texnikumlarda to‘liq nemis ta’lim standartlari asosida loyihalar amalga oshirilmoqda (video)

#Kasbiy_taʼlim #islohotlar_samarasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍228🔥2
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalaridan
fotojamlanma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
20👍10🔥2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Olam ichra tanho – Navoiy” fotoko‘rgazmasi ochildi

20-sentyabrda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yaponiyaning Soka universiteti delegatsiyasi bilan xalqaro ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, “Do‘stlik bog‘i”da Navoiy haykali poyiga Soka universiteti asoschisi, tinchlik va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etgan doktor Daysaku Ikeda xotirasiga bag‘ishlab sakura ko‘chati ekildi. Shundan so‘ng universitet foyesida “Olam ichra tanho – Navoiy” nomli fotoko‘rgazma ochilib, 35 ta tarixiy surat tuhfa qilindi.

Alohida qayd etish joizki, doktor Daysaku Ikeda sa’y-harakatlari bilan 2004-yilda Yaponiyadagi Soka universitetida aynan buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan edi.

Haykal poydevorida Navoiyning quyidagi hikmatli so‘zlari bitilgan:
“Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,
Yor oʻling bir-biringʻizgakim, erur yorligʻ ish”


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/87253

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28👍13
#Avtomobilsiz_kun

Faqat manzilga emas, ekologik toza kelajak tomon yuring!

Hurmatli davlat xizmatchisi, siz har kuni ishga avtomobilda kelasizmi? Biroz to‘xtab, o‘ylab ko‘ring.

Jamoat transporti — faqat manzilga emas, balki yanada yaxshiroq hayot tarziga olib boradi:

1️⃣ Sog‘lom hayot — piyoda yurasiz, ko‘proq harakatda bo‘lasiz;

2️⃣ Toza havo — shaxsiy avto mashinalar kamaysa, atrof-muhit sog‘lomlashadi, bu esa kislorodli havodan nafas olishingizga yordam beradi;

3️⃣ Kamroq stress — tirbandliklarsiz, xuddi maroqli sayohat kabi o‘z manzilingizga yetib olasiz;

4️⃣ Iqtisod — mashinangiz uchun yoqilg‘i, ta’mirlash va boshqa xarajatlardan xalos bo‘lasiz, daromadingizning bu qismini yanada foydali maqsadlarga yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi.

Unutmang, siz namunasiz!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
28👍8🔥6😁4🤩2
#qabul2025 #imkoniyat

Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi


Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;

kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi;

respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;

Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi.

Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil keyingi xabarlarda...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
121👍42😱19🎉11🤩7