Edu.uz
127K subscribers
31.3K photos
6.19K videos
264 files
15.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
OTMlarda 28 mingdan ortiq talaba ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Diniy radikalizmga qarshi kurashish va yoshlar ongida ma’rifatni mustahkamlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida respublika bo‘ylab keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilmoqda.

2025-yilning sentyabr–oktyabr oylarida 201 ta oliy ta’lim tashkilotida 1-kurs talabalari uchun “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.

8–15 sentyabr kunlari 95 ta OTMda bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirlarida 28 660 nafar talaba-yoshlar qamrab olindi. Uchrashuvlarda yoshlarga diniy ekstremizm va radikalizmning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

#jarayon #targʻibot #diniy_radikalizmga_qarshi_kurash

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
28👍7😁6🔥1
Oliy taʼlim muassasalari talabalari, xodimlari va professor-o‘qituvchilari diqqatiga!

2025-yil 15–17 sentabr kunlari survey.edu.uz platformasida HEMIS axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur so‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad – foydalanuvchilarning amaliy tajribasi va takliflarini inobatga olgan holda HEMIS axborot tizimini yanada qulay, samarali va zamonaviy talablar darajasiga moslashtirish hisoblanadi.

👉 Hurmatli foydalanuvchilar, o‘z fikr va takliflaringizni bildirib, HEMIS tizimini yanada takomillashtirish jarayoniga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz.

🔗 Ishtirok etish uchun havola: survey.edu.uz

😀😃😄😁😆🥹😅😂

RAQAMLI TA’LIM MARKAZIDAN,
RAQAMLI TA’LIM XIZMATLARI

👉 Raqamli ta’lim markazining rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍13🥰2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’limdagi islohotlar — ortga qaytmas yo‘lda!

📹 Urganch davlat pedagogika institutida qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan qizlar ta’lim olish baxtiga muyassar bo‘ldi. Ular davlat rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, bu imkoniyat kelajakda fidoyi ustoz bo‘lishlariga zamin yaratishini ta’kidlashdi.

#ortga_qaytmas_islohotlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍9
“Yashil iqtisodiyot uchun kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi muhokama qilindi

16-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda OTBning Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha departamenti tarkibidagi Inson va ijtimoiy rivojlanish sektori katta direktori Ayako Inagaki, shuningdek, mazkur sektor direktori Sofiya Shakil qatnashdi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor “Yashil iqtisodiyot uchun kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasiga qaratildi. Loyiha Prezident farmonlari va “O‘zbekiston–2030” strategiyasi bilan uyg‘unligi, shuningdek, yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha milliy dasturlar doirasidagi ahamiyati ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86171

#xalqaro_hamkorlik #OTB #OTFIV #Kasbiy_taʼlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
14🔥6😁3👍2🤔1
O‘zbekiston Global innovatsiya indeksida 79-o‘rinni egalladi

Global innovatsiya indeksi – 2025 natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 79-o‘rinni egalladi. Bu mamlakatimizning so‘nggi 9 yilda 43 pog‘onaga yuqori ko‘tarilganini anglatadi.

Shuningdek, O‘zbekiston:
• Quyi va o‘rta daromadli mamlakatlar orasida – 7-o‘rinni,
• Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida – 3-o‘rinni egalladi.

Joriy yilda 10 ta indikator doirasida eng yuqori o‘sishga erishildi.

🌐 Batafsil

#xushxabar #natija #global_indeks #innovatsiya #GII

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥5👍3👏3😱1
“Media Start” loyihasiga arizalar qabuli yakunlanishiga 4 kun qoldi

Blogerlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar uchun 6 oylik bepul oʻqish dasturi — “Media Start” loyihasiga arizalar qabuli 20-sentyabrgacha davom etadi.

Dasturga qabul qilingan talabalar bepul tushlik va stipendiya bilan ta’minlanadi.

Bunda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, oliy ta’lim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @mediastartuzbot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
22🥰1
#soʻragan_edingiz

Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

o‘z xohishiga ko‘ra;

o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;

bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);

talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

vafot etganligi sababli.

Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28👍6🔥6
Prezident Namanganda ta’lim va yoshlar masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi

Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar va ta’lim sohasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilinib, muhim vazifalar belgilandi.

Jumladan:

2025-yilda 5 ming, 2026-yilda esa 15 ming o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi.

Viloyatdagi 49 ta texnikum faoliyatiga xalqaro standartlar joriy etilib, ularning barchasida dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Turizm sohasidagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlash maqsadida kelgusi o‘quv yilidan Namangan davlat universitetida Avstriyaning Krems universiteti bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi.

Davlat rahbari ushbu tashabbuslar Namangan viloyatida yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
21👍8🔥1
Toshkentda barqaror transport bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15–16-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida (TTPU) Erasmus+ CBHE SPHERE loyihasi doirasida “Emerging Trends and Challenges in Sustainable Transportation” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Unda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, O‘zbekiston va Yevropaning yetakchi ekspertlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Plenar ma’ruzalarda mamlakatimizda elektr va gibrid transport vositalari bozorining rivojlanish tendensiyalari muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida Barqaror shahar mobilligi laboratoriyasining rasmiy ochilishi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz transport sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86214

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👍4🔥2😁1