Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida ilk bor tashkil etilgan tanlov g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.
Hakamlar hay’ati tomonidan saralangan 26 ta maqola ko‘rib chiqilib, ilmiy faoliyatni ommaga sodda, ravon va tushunarli tilda yetkazgan eng yaxshi materiallar adolat va shaffoflik mezonlari asosida baholandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin: Ilhomjon Abdusalomov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi;
🥈 2-o‘rin: Jasurbek Nabijonov, Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi;
🥉 3-o‘rin: Zuhra Isroilova, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤14👏7😱2🤩2
Bangladesh elchisi bilan oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
17-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohammad Monirul Islam bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Bangladesh oliygohlari bilan mavjud hamkorligini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ikki diplomli o‘qitish tizimini joriy etish taklif qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/62001
#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #Vazir #Elchi #Bangladesh

❤17👍8😁3👏2🤔1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitidagi nutqidan iqtibos:
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Sanoat sohasidagi va infratuzilmaviy bog‘liqlikning kuchayishi mamlakatlarimizning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Shu maqsadda “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilmaviy belbog‘ini yaratishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishni taklif etaman.
Bu o‘rinda gap Xitoyning investitsiyalari, texnologik va ilmiy yechimlarini jalb etgan holda, o‘zaro bog‘liq sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratish haqida bormoqda.
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bitiruvchi–2025”: Unutilmas lahzalar, katta orzular va yangi hayot sari dadil qadam!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi talabalar uchun tantanali “Bitiruvchi–2025” kechasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir bitiruvchilarning yillar davomida orttirgan bilim va tajribalarini e’tirof etish, ularning hayotidagi yangi bosqichga yo‘l olish jarayonini unutilmas bayramga aylantirdi.
“Bitiruvchi–2025” oqshomi — bu har bir talabaga atalgan ehtirom, ularning kechagi mehnati, bugungi quvonchi va ertangi orzu-umidlariga bag‘ishlangan lahzadir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍7🎉4🔥3😁1
O‘zbekiston–Germaniya hamkorligida "DEMO HOUSE" laboratoriyasi ishga tushirildi
17-iyun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Germaniya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “DEMO HOUSE” laboratoriyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha VEGERA dasturi doirasida amalga oshirildi.
Marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, universitet rektori Bahodir Mirzayev, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukr Xamzayev, Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlantirish universiteti va boshqa xalqaro hamkorlar ishtirok etib, o‘z tabrik so‘zlarini bildirishdi.
Tadbirda shuningdek, Germaniya, Xitoy, Vengriya, Qozog‘iston, Yaponiya va Turkiya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan 10 dan ortiq xorijiy mutaxassis va rasmiy mehmonlar ham qatnashdi.

❤21👍2🔥2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitidagi nutqidan iqtibos:
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Ipak yo‘li madaniy merosi” yagona raqamli portalini yaratishni taklif etamiz.
U Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning tarixiy-madaniy resurslarini, ulardan tadqiqotchilar, talabalar, sayyohlar va kreativ sanoat vakillarining foydalanishiga imkon bergan holda, birlashtiradi.
Professional ta’lim sohasida hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish, universitetlar rektorlari forumlarini o‘tkazish, ilmiy akademiyalar va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari uchrashuvlarini tashkil etish orqali umumiy ilmiy-ta’lim platformalarini shakllantirish maqsadga muvofiq.
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Fizika #Olimpiada #Final
Andijonda Fizika fanidan Respublika fan olimpiadasining dastlabki kuni bo‘lib o‘tdi
Bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universitetida Respublikamizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasidan saralangan 40 ga yaqin bitiruvchi talabalar ishtirokida Fizika fanidan Respublika fan olimpiadasining dastlabki kuni bo‘lib o‘tdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Andijonda Fizika fanidan Respublika fan olimpiadasining dastlabki kuni bo‘lib o‘tdi
Bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universitetida Respublikamizdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasidan saralangan 40 ga yaqin bitiruvchi talabalar ishtirokida Fizika fanidan Respublika fan olimpiadasining dastlabki kuni bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Dolzarb90kun #Kibersport
“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqasining hududiy bosqichlariga start berildi
16-iyun kuni O‘zbekistonning turli hududlarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” respublika musobaqasining hududiy saralash bosqichlariga rasman start berildi.
📍 Xorazm viloyatida tashkil etilgan saralash bosqichida 8 ta oliy ta’lim tashkilotidan 100 dan ortiq talaba ishtirok etdi. Bellashuv jarayonlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov kuzatdi.
Hududiy bosqich yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi:
✔️ “FC25” yo‘nalishi – TATU Urganch filiali;
✔️ “Dota2” – TATU Urganch filiali;
✔️ “CS2” – TTA Urganch filiali;
✔️ “Just Dance” – O‘zDXA Urganch filiali.
📍 Farg‘ona viloyatidagi bosqichda esa 8 ta OTMdan 130 nafardan ortiq talaba qatnashdi. G‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi:
🟢 “Dota2” – Farg‘ona davlat texnika universiteti;
🟢 “CS2” – Farg‘ona davlat texnika universiteti;
🟢 “FC25” – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
🟢 “Just Dance” – Koreya xalqaro universiteti (Farg‘ona shahri).
📍 Shuningdek, ayni kunlarda Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham hududiy saralash bosqichlari davom etmoqda.

❤12👍5🔥4👏1🤩1