Edu.uz
131K subscribers
29.8K photos
5.98K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Jarayon #Amaliyot

Iyun oyining birinchi yarmida Shahrisabz davlat pedagogika institutining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich bakalavriat talabalari uchun yozgi malakaviy amaliyot jarayonlari o‘tkazildi.

Amaliyotda jami 1180 nafar talaba ishtirok etdi. Ular 17 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z sohasiga mos tashkilotlarda kasbiy faoliyat bilan tanishib, dastlabki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdilar.

Xususan, Geografiya ta’lim yo‘nalishi talabalari Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ida amaliyot o‘tab, tabiiy-geografik jarayonlarni bevosita kuzatish, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari esa folklor va shevashunoslik bo‘yicha amaliyot o‘tashdi. Ular xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash, ularni tahlil qilish hamda mahalliy shevalarni o‘rganish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlashdi.

Mazkur malakaviy amaliyot talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, amaliy faoliyatga tayyorlash hamda sohaga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishda muhim bosqich bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
16😁2🔥1
#XUSHXABAR #THE #REYTING

⚡️O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi “THE Impact Rankings 2025” reytingida Top-1000 talik ro‘yxatga kirdi

18-iyun kuni nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi. Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mintaqada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.

Agentlik universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasini tahlil qildi. Unda O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mintaqadagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Quvonarlisi, O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi. Ular orasidan 3 ta universitet reytingning eng yuqori — 201–300 o‘rinlar bandida qayd etildi:

🏛 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti - 201–300
🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti - 201–300
🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti - 201–300
🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti - 301–400
🏛 Samarqand davlat universiteti - 401–600
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - 401–600
🏛 Buxoro davlat universiteti - 601–800
🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti - 601-800
🏛 Navoiy davlat universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent davlat texnika universiteti - 801-1000
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - 801-1000


Maʼlumot o‘rnida, 2021-yilda eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingidan yurtimizning 12 ta, 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda 47 ta, 2024-yilda esa 53 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrin egallagan edi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4737🎉7🔥3👏2
#SoʻraganEdingiz #Qabul2025

SAVOL: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini qayerdan bilsa bo‘ladi?


JAVOB: my.uzbmb.uz saytining “Statistikabo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini bilish mumkin. Bunda ularning umumiy soni, jinsi va ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti real vaqt rejimida yangilab boriladi.

Ma’lumot uchun, 18-iyun 12:35 holatiga ko‘ra my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni — 272 537 nafarni tashkil qiladi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 239 799 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 27 304 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 4 598 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 836 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

👦🏻 erkaklar — 124 547 nafar
👧🏻 ayollar — 147 990 nafar.

📣 Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31👍8🔥2👏1😁1
Edu.uz pinned a photo
📣 “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida ilk bor tashkil etilgan tanlov g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.

🇺🇿 Tanlovda 1–10-may kunlari davlat oliygohlarida faoliyat yuritayotgan yosh olim, ilmiy izlanuvchi va talabalar tomonidan 44 ta ariza kelib tushdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan saralangan 26 ta maqola ko‘rib chiqilib, ilmiy faoliyatni ommaga sodda, ravon va tushunarli tilda yetkazgan eng yaxshi materiallar adolat va shaffoflik mezonlari asosida baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

🥇 1-o‘rin: Ilhomjon Abdusalomov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi;
🥈 2-o‘rin: Jasurbek Nabijonov, Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi;
🥉 3-o‘rin: Zuhra Isroilova, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti.

👑 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va ilmiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

➡️G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi miqdorlarda rag‘batlantiriladi:

🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1914👏7😱2🤩2
Bangladesh elchisi bilan oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

17-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohammad Monirul Islam bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Bangladesh oliygohlari bilan mavjud hamkorligini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ikki diplomli o‘qitish tizimini joriy etish taklif qilindi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/62001

#XalqaroHamkorlik #Uchrashuv #Vazir #Elchi #Bangladesh

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
17👍8😁3👏2🤔1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitidagi nutqidan iqtibos:

Sanoat sohasidagi va infratuzilmaviy bog‘liqlikning kuchayishi mamlakatlarimizning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Shu maqsadda “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilmaviy belbog‘ini yaratishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishni taklif etaman.

Bu o‘rinda gap Xitoyning investitsiyalari, texnologik va ilmiy yechimlarini jalb etgan holda, o‘zaro bog‘liq sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratish haqida bormoqda.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Xitoy

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
9👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩 #dolzarb90kun

“Bitiruvchi–2025”: Unutilmas lahzalar, katta orzular va yangi hayot sari dadil qadam!


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi talabalar uchun tantanali “Bitiruvchi–2025” kechasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir bitiruvchilarning yillar davomida orttirgan bilim va tajribalarini e’tirof etish, ularning hayotidagi yangi bosqichga yo‘l olish jarayonini unutilmas bayramga aylantirdi.

“Bitiruvchi–2025” oqshomi — bu har bir talabaga atalgan ehtirom, ularning kechagi mehnati, bugungi quvonchi va ertangi orzu-umidlariga bag‘ishlangan lahzadir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍7🎉4🔥3😁1
O‘zbekiston–Germaniya hamkorligida "DEMO HOUSE" laboratoriyasi ishga tushirildi

17-iyun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Germaniya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “DEMO HOUSE” laboratoriyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha VEGERA dasturi doirasida amalga oshirildi.

Marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, universitet rektori Bahodir Mirzayev, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukr Xamzayev, Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlantirish universiteti va boshqa xalqaro hamkorlar ishtirok etib, o‘z tabrik so‘zlarini bildirishdi.

Tadbirda shuningdek, Germaniya, Xitoy, Vengriya, Qozog‘iston, Yaponiya va Turkiya kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan 10 dan ortiq xorijiy mutaxassis va rasmiy mehmonlar ham qatnashdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
21👍2🔥2