Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#sport #uchrashuv

Talabalar sportini rivojlantirish borasida yangi tashabbuslar

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev hamda ushbu sport turi bo‘yicha Olimpiada va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda asosiy e’tibor yoshlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlariga qiziqishni kuchaytirish, ularni sog‘lom turmush tarziga, sportga faol jalb etish masalalariga qaratildi. Eng muhimi, talabalar sportini rivojlantirish va bu borada dastlabki qadam sifatida may oyida “Sport oyligi”ni tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi belgilab olindi.

– Sport, xususan, boks orqali yoshlarimizda iroda, matonat, g‘alabaga ishonch kabi fazilatlar shakllanadi. Olimpiya ruhini yoshlikdan his etgan talaba ertaga Vatan sha’nini himoya qilishga ham doim tayyor bo‘ladi, – deya ta’kidladi vazir.


Uchrashuv davomida talabalar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish, oliygohlarda boks seksiyalarini yo‘lga qo‘yish, mashhur sportchilar bilan motivatsion uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha taklif va rejalar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍37🔥2❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_amaliyot

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Moskva ta’lim dasturida ishtirok etishmoqda


Xalqaro ta’lim dasturi doirasida “International House Toshkent” va “Interhouse Lyceum” litseylarining 100 nafar o‘quvchisi Moskva shahridagi “Oliy iqtisodiyot maktabi” (HSE) Milliy tadqiqot universitetida o‘quv amaliyotini o‘tkazmoqda.

O‘quvchilar yetakchi professorlarning ma’ruzalarida qatnashib, seminarlar va o‘quv jarayoni bilan tanishmoqda. Dastur tanqidiy fikrlash, akademik ko‘nikmalar va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1
#Talabaga_qulaylik

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Yoshlar markazi” ishga tushdi

Markaz institutning budjetdan tashqari manbalari hisobidan qurilgan bo‘lib, 3 qavatli binoda kutubxona, konferensiya zali, media studiya hamda zamonaviy interaktiv doskalar va o‘quv jihozlari bilan jihozlangan o‘quv xonalari mavjud.

Markazda, shuningdek, Shahrisabzning boy tarixiy va madaniy merosini raqamlashtirish, global miqyosda targ‘ib qilishni maqsad qilingan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1🔥1
4️⃣4️⃣4️⃣

Oliy ta’limda mikrosertifikatlarning boshqarish tizimi konferensiyasi


Hurmatli professorlar, tadqiqotchilar, talabalar va ta’lim sohasiga qiziqadigan mutaxassislar!


Sizni oliy ta’limda mikrosertifikatlarning boshqarish tizimi bo‘yicha onlayn o‘tkaziladigan konferensiyaga taklif qilamiz!

📅 Sana: 24-aprel
🕒 Vaqt: 19:00
📍Joylashuv: onlayn

🔍 Konferensiya mavzusi:
Oliy ta’lim muassasalarida mikrosertifikatlarni joriy etish, ularning boshqarilishi va sifatini oshirish yo‘llari.

💡Sizni nimalar kutmoqda:
- Mavzuga oid eng so‘nggi tadqiqotlar va innovatsiyalar;
- Tajribali mutaxassislar bilan ochiq muloqot;
- Microcredential haqida nafaqat o‘rganish, balki unda ishtirok etish imkoni: jumladan, E-pass, EuShengen viza olish kutmoqda.

🎤 Tashkilotchilar:
OTFIV Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova – moderator;
Dorota Sylwia Majewicz – spiker (Polsha);
Mohira Alibekova – spiker.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥1
#test

Ko‘p sonli talablarga muvofiq, 5-may kuni bo‘lib o‘tadigan diagnostik (repetitsion) test ishtirokchilari uchun testni ishlash texnologiyalari bo‘yicha VEBINAR.

Ona tili va adabiyot fanidan (milliy test tizimi bo‘yicha ) repetitsion test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#javob_beramiz

Agar siz OTMning kunduzgi yoki kechki ta’limida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, harbiy xizmatga chaqirilish masalasi qanday hal qilinadi?

Ushbu videoda shu savolga aniq va asosli javobni topasiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1🔥1👏1
#tashabbus
#rektor_talabalar

“Men ham rektor bo‘laman” — talabalar rektor ish stolida

Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov yaqinda universitet yotoqxonasida talabalar bilan bir kechani o‘tkazgan edi. Ana shu iliq uchrashuv davomida u talabalarni o‘z ish kabinetida suhbat qurishga taklif etishga va’da bergandi. Oradan ko‘p o‘tmay, rektor o‘z so‘zida turdi va talabalarni ish kabinetida mehmon qildi.

Uchrashuv rasmiyatchilikdan yiroq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Talabalar rektor kursisida o‘tirib, o‘zlarini yetakchi sifatida tasavvur qilishdi, boshqaruv, ta’lim jarayonlari va talabalik hayotiga oid o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

“Rektor bilan bir stolda o‘tirish — bu katta e’tibor va ishonch. Biz bunga loyiq bo‘lishga harakat qilamiz,” — deydi talabalar.


Muloqot davomida dasturxon atrofida suhbatlar yanada iliqlashdi. Muhiddin Kalonov o‘zining hayotiy tajribalari, boshqaruvdagi yo‘l-yo‘riqlari, muvaffaqiyat va muammolarga qanday yondashgani haqida so‘zlab, yoshlarga motivatsiya berdi va ularni faol, tashabbuskor bo‘lishga chorladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁9❤2🔥1