#Prezident_majlis
Ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida ishtirok etib, nutq so‘zlamoqda.
Unda Prezident Hukumatning asosiy vazifalariga to‘xtalib, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to‘liq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida turishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar ekanini ta’kidladi.
Majlisda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍19🔥1
Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerak — Shavkat Mirziyoyev
Avvalambor, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini odamlarga yanada yaqinlashtirish lozim.
Prezident xalq davlat idoralariga emas, aksincha, davlat tashkilotlari xalqqa, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi zarur, degan talab barcha rahbar kadrlar faoliyatining asosiy mezoni ekanini eslatdi.
Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Qonunlar ijrosi Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitasi va masʼul ijro etuvchi organ bilan birgalikda oʻrganib borilishi muhim ahamiyatga ega.
Hukumat, vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlari deputatlar tomonidan joylarda aniqlangan muammolarni hal etishda quyi palata qoʻmitalari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishlari lozimligi taʼkidlandi.
Lekin hozirgi vaqtda turli sohalarda nazoratni taʼminlovchi davlat inspeksiyalarning Qonunchilik palatasi qoʻmitalari bilan hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyilmagan. Shu bois ularning hisobotlarini qoʻmitalarda muhokama qilib borish boʻyicha yangi, taʼsirchan tizim joriy etish muhimligi taʼkidlandi.
Bu ish samarali boʻlishi uchun vazirlik va idoralarda rahbar oʻrinbosarlarini quyi palata qoʻmitalari bilan doimiy hamkorlik uchun masʼul etib biriktirish taklif etildi.

👍15🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #stop_korrupsiya
Korrupsiyani to‘xtatish uchun nimalar qilish zarur?
📹 Buning 10 ta usuli videolavhada
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Korrupsiyani to‘xtatish uchun nimalar qilish zarur?
Eslatma: agar oliy va kasbiy taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch hamda +998555200808 (282, 179) telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir.
Davlat rahbari yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini qayd etdi.
Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.
“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.
Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”, – dedi davlatimiz rahbari.

👍24👏5🔥2
⚡️Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

👍32❤8🔥5😱3🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya #anons
📹 Uch qahramon
Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28❤4🔥1
#TA’ZIYA
Professor Sulaymon Inoyatov 87 yoshida vafot etdi
Buxoro davlat universiteti professori, tarixchi olim, mohir pedagog Sulaymon Inoyatovich Inoyatov 87 yoshida vafot etdi.
Olim 10 ta monografiya, 15 dan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. O‘n minglab shogirdlarning sevimli ustozi.
Professor Sulaymon Inoyatov 2023-yilda Prezident farmoniga muvofiq “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan edi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi marhumning yaqinlari, doʻstlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

❤33👍20😱15🔥1
#xalqaro_seminar #ERASMUS
Erasmus+ CBHE dasturining O‘zbekistonda Quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli o‘quv dasturini ishlab chiqish (DEBSEUz) loyihasi amalga oshirilmoqda
17–24-noyabr kunlari ushbu loyiha doirasida Portugaliyaning Evora universitetida loyihaning ikkinchi texnik treningi va uchinchi loyiha boshqaruv uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Bunda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28093

👍12🔥1👏1
#talabaga_qulaylik #TTJ #DXSH
Talabalar uchun yana bir qulaylik yaratildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi bino 7 qavatdan iborat bo‘lib, 600 o‘ringa mo‘ljallangan.
Turar joyda talabalar yashashi uchun zarur qulayliklar, jumladan zamonaviy oshxona, ma’naviyat, zakovat, IT, kir yuvish va yuvinish xonalari mavjud.
Turar joy ochilishi ramziy belgisi – qizil bog‘ich talabalar tomonidan kesildi.
Ushbu turar joy qurilishi jami 1 400 nafar talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash imkonini berib, qamrov ko‘rsatkichini 21%dan 53%ga oshirdi.
Bundan tashqari, 2025-yil boshida yana 600 o‘rinli talabalar turar joyi ishga tushirilib, qamrovni 71%ga yetkazish rejalashtirilgan.

👍34🔥2❤1