#dayjest #chellenge_Istiqlol
#mustaqillik_33_yil
#birlashsak_Vatanimiz
🇺🇿 “Mustaqilligim, 33 yoshing muborak bo‘lsin!” chellenjini oliy ta’lim muassasalari davom ettirdi.
🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
🔸“TIQXMMI” MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti;
🔹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;
🔸Milliy estrada san’ati instituti.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#mustaqillik_33_yil
#birlashsak_Vatanimiz
🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali;
🔸“TIQXMMI” MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti;
🔹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali;
🔸Milliy estrada san’ati instituti.
❔Siz ham chellenjga qo‘shilishni istaysizmi?
Unda:
1️⃣ Mustaqilligimizni madh etuvchi, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi video tayyorlang.
2️⃣ Postga #challenge_Istiqlol #mustaqillik_33_yil va #birlashsak_Vatanmiz heshteglarini qo‘shing.
3️⃣Do‘stlaringizni ham ushbu chellenjda qatnashishga taklif qiling!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🤔4❤2🔥2🥰1
#qabul2024
⚡️“Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi
Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.
❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.
❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

👍78❤14😁9🔥2🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan videoroliklar quyidagi talablarga asosan shakllantirilishi lozim:
🔖 TANLOV NIZOMI👈
Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan 5 nafar ishtirokchi quyidagi miqdorda pul mukofotlari va maxsus sertifikat bilan rag‘batlantiriladi:
Shuningdek, tanlovda faol ishtiroki uchun 6-10-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📩 Ariza yuborish uchun havola: https://forms.gle/k2J1ySLDuw4Hmn5g7
Tanlovga arizalar 2024-yilning 5-sentyabridan 25-sentyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54❤10😁3😱1
#o‘quv_kursi
#live
#Ikkinchi_kun
🔹Xabar berilganidek, 4–5-sentyabr kunlari Farg‘ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda respublikamizdagi energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining 50 nafardan ortiq kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari hamda hamkor tashkilot vakillari qatnashmoqda.
Malaka oshirish kursining ikkinchi kunida Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov ham ishtirok etib, mamlakatimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish va kelgusidagi istiqbolli loyihalarga alohida to‘xtalib o‘tdi hamda ishtirokchilarning savollariga javob berdi.
Kurs dasturiga muvofiq bugun ekspertlar tomonidan “Qayta tiklanuvchi energiya va ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish” hamda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqilgan energiyani tarmoqqa uzatish samaradorligi monitoringi” bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, mavzu yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida energiya iste’molini o‘rganishda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Farg‘ona tumanidagi obyektlarga tur rejalashtirilgan.

👍23❤1🔥1👏1
#eslatma
Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:
🔹belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
🔸belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

👍62🔥8❤6😁5😱5
#saylov_2024
Saylov byulletenlarining shakli tasdiqlandi
1️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylov byulleteni
2️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov byulleteni
3️⃣ Viloyat Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni
4️⃣ Tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni

👍21❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #press_tur #TTJ #dolzarb_qirq_kun
Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joylarga joylashtirish va talabalar yotoqxonalarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.
Unda 20 nafardan ortiq OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi 7 ta davlat oliygohida jami 25 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 12 153 o‘rinni tashkil etadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joylarga joylashtirish va talabalar yotoqxonalarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.
Unda 20 nafardan ortiq OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi 7 ta davlat oliygohida jami 25 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 12 153 o‘rinni tashkil etadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1
⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda
18-sentyabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha navbatdagi diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.
📍 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 12-sentyabr soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
⚠️ Natijalarni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olish imkoniyati mavjud.
☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38❤1😁1
Edu.uz
Photo
#o‘quv_kursi
Malaka oshirish kursi tinglovchilari Farg‘ona tumanidagi obyektlarda bajarilgan amaliy ishlar bilan bevosita tanishishdi
Dastlab, ishtirokchilar “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining ishlab-chiqarish kompleksi faoliyatini o‘rganishdi. Kompleks 2018-yilda tashkil etilib, “Farg‘ona tajribasi” sifatida e’tirof etilgan. Unda bugungi kunda 10 dan ziyod elektr tarmog‘iga kerak bo‘ladigan tayanch ehtiyot qismlari mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqariladi.
Shundan so‘ng, Farg‘ona tumanidagi 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
So‘ngra ishtirokchilar Farg‘ona tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan Energetika tarmoqlari energiya tejamkorligi hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Shu bilan 4-5-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi o‘z nihoyasiga yetib, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Jarayondan fotolavhalar

👍27❤3🤩2😁1