Edu.uz
131K subscribers
29.8K photos
5.98K videos
263 files
15.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #texnikum

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi


Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.

Eslatma: Ta’lim yo‘nalishlari kesimida imtihonlar topshiruvchilar ro‘yxatlari hamda suhbat asosida o‘qishga qabul qilish dasturlari va baholash mezonlari haqida ma’lumot olish uchun hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasangizning rasmiy kanalini kuzatib boring.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥74🤔2👏1
#press_tur

Oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylariga press-tur tashkil etildi


Bugun, 19-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Toshkent shahri va viloyatidagi qator oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab press-tur bo‘lib o‘tdi va unda 40 dan ortiq jurnalist, bloger, ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Press-tur davomida boshlanayotgan o‘quv yili uchun yangi barpo etilgan va joriy yilda foydalanishga topshirilishi reja qilingan hamda qurilayotgan talabalar turar joylari bilan tanishildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/19211

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥6
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Muallim ila muharrir millatning ikki qo‘lidir.

... ona diyoring oyoq osti bo‘lishi, qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ysang, nobakor ajnabiy sening ota-bobolaring qoni to‘kilgan yeringni toptab, ... uni o‘zining axlatxonasiga aylantirsa-yu, sen hissizlarcha qarab tursang, ... unda sen bu vatanning nomusli va sodiq farzandi emassan.

☑️Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Said Rizo Alizoda tomonidan aytilgan yuqoridagi jumlalar, har bir insonni vatanini jonidan ortiq sevishga undaydi, vatanga muhabbatini oshiradi.

🎭 Aynan mana shu insonning hayotini, o‘z vatanini qay darajada sevishini “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2024-yilgi final bosqichida Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Abu Ali ibn Sino izdoshlari” jamoasi “Said Rizo Alizoda” dramasi orqali tomoshabinlarga namoyish qilib, finalda faxrli 2-o‘rinni egallagan edi.

Bugun aynan mana shu finalning mezbon jamoasi tomonidan ijro qilingan spektaklni premyera qilamiz.


➡️Spektakl premyerasini ko‘rish 🌐

Videoga like bosib, fikrlaringizni YouTube izohiga yozib qoldiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍372🔥1
#infografika

Respublika bo‘yicha nechta talabalar turar joylari mavjud?


Bugungi kunda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 127 792 o‘rinni tashkil etmoqda.

Respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 31 882 o‘rinli 59 ta davlat-xususiy sheriklik asosida, 14 370 o‘rinli 27 tasi oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari doirasida barpo etilmoqda.

Ayni paytda 34 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joylarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍345😱3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#o‘quv_kursi

Oliygohlar kadrlar bo‘limi boshliqlarining mehnat sohasiga oid kasbiy ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan 19–22, 26–29-avgust kunlari davlat oliy ta’lim muassasalarining kadrlar bo‘limi boshliqlari uchun 24 soatlik qisqa muddatli maxsus o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/19226

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥43😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur #videolavha

Toshkent shahri va viloyatidagi qator oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab o‘tkazilgan press-turdan videolavha
___

Состоялся пресс-тур в высшие образовательные учреждения города Ташкента и Ташкентской области

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥3
#xizmat_safari #vazir #Qoraqalpog‘iston

Vazir Qoraqalpog‘istondagi oliygohlar rahbarlari bilan uchrashdi

19-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda hududdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/19240

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍195🔥5😁3
#saylov2024

Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha qaysi hududdan nechta deputat saylanadi?


Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun yetmish beshta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi.
 
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan har besh yilda bir marta tuziladi. Saylov kodeksi 9-modda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍151🔥1😁1