Edu.uz
157K subscribers
37.2K photos
7.19K videos
305 files
17.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Harbiy_parad
#Jarayon

Xalq va armiya – bir tanu bir jon!

Talabalar shaharchasidagi marsh yurish Beruniy metrosi maydonidan boshlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston milliy universiteti hududlari bo‘ylab davom etdi
___

Народ и армия — одно тело, одна душа!

Марш в Вузгородке стартовал от площади метро Беруни и продолжился на территории Министерства высшего образования, науки и инноваций и Национального университета Узбекистана.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍166👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostidagi konsert dasturidan lavha

___

Сюжет из концертной программы «Народ и армия — одно тело, одна душа!»

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍251
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi raqamlarda
___

Итоги деятельности Шахрисабзского государственного педагогического института за 2023 год в цифрах.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍23🔥2
#e’lon

Sirdaryo yoshlar texnoparki stipendiyasi uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda


Stipendiya “INNO X” inkubatsiya dasturida ishtirok etadigan 25 nafar ishtirokchiga 3 oy davomida har oy toʻlab boriladi. Oylik stipendiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 barobarini tashkil etadi.

🚀INNO X” inkubatsiya dasturida qanday ishtirok etish mumkin?

1. “INNO X” platformasidan roʻyxatdan oʻting va oʻz gʻoyangizni qisqacha mazmunini yozib qoldiring
(Muddat: 15-yanvarga qadar)

2. Platformada tanqidiy fikrlash test topshiriqlarini bajaring
(Muddat: 17-yanvar)

3. Platformaga oʻz gʻoyangiz taqdimotini yuklang va yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib uni komissiya aʼzolari qarshisida himoya qilib bering
(Muddat: 19-yanvar) 

Eng yaxshi 25 nafar gʻoya egasi inkubatsiya dasturiga qabul qilinadi va har oylik texnopark stipendiyasini qoʻlga kiritadi!

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 90 863-14-04, 90 110-48-09.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍243😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YilTalabasi_2023

⚡️“Yil talabasi – 2023” respublika ko‘rik-tanlov gʻoliblari aniqlandi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yil 10–11-yanvar kunlari “Yil talabasi – 2023” tanlovining yakuniy bosqichi tashkil etildi. Unda 50 nafar nomzod hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolislik va shaffoflik asosida baholandi.

“Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bilan tanishing:

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi
:
1) Sitorabonu Hamroxoʻjayeva – TMI
2) Murodjonova Mubina – O‘zMU JF
2) Elbek Rahimov – UrDU
3) Kozimbek Nosirbekov – O‘zJOKU
3) Lochin Turdiboyev – JizPI

Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi:
1) Dilshoda Musayeva – NamDU
2) Shoxruh Qoʻchqorov – JIDU
3) Nodirabegim Sotvoldiyeva – JXU

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1) Asadbek O‘runov – TTPU
2) Ulug‘bek Abdukarimov – O‘zMU
3) Aygul Minbayeva – TDAU

Yilning eng faol sportchi talabasi:
1) Abduxoliq Salimov – NDKTU
2) Mirziyod Murodov – BuxDU
3) Shoxjahon Abdulhamidov – FarDU

Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1) Jasmina Ahmadjonova – TDPU
2) Salamat Allambergenov – QQDU
3) Shahnozaxon Xodjayeva – Yangi Asr

Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1) Yorqinjon Hayitboyev – GulDU
2) Mushtariybegim Djuraqulova – MRDI
3) Anvarxon Mallaxodjayev – SamDTI

Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1) Gulhayo Qushoqova – TTA TF
2) Dilnoza O‘rinova – FTTI
3) Gulsanam Sattorova – SHDPI

Shuningdek, final bosqichida o‘rin ololmagan talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etildi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🎉1512👏9🔥3
#E’tirof

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov Mudofaa vazirligi tomonidan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi tizimida ilmiy-innovatsion salohiyatni yanada rivojlantirish, shuningdek harbiy bilim yurtlarining yosh kursantlari va tadqiqotchilarini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun Akbarxon Sobirxonov Mudofaa vazirligining III darajali "Namunali xizmati uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

___

⚡️Руководитель Академии молодежи Министерства высшего образования, науки и инноваций Акбархон Собирхонов удостоен награды Министерства обороны РУз

Акбархон Собирхонов награжден медалью III степени «За образцовую службу» Министерства обороны за вклад в дальнейшее развитие научно-инновационного потенциала в системе Министерства обороны, а также поддержку молодых курсантов и научных работников военных образовательных учреждений.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍5110😁5👏2😱2
#xalqaro_hamkorlik

Buyuk Britaniya-O‘zbekiston Transmilliy Ta’lim (TNE) hamkorligini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari muhokama qilindi


2024-yilning 10-yanvar kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Leo Dokerti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.

Ushbu tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Leo Dokerti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart, Britaniya Kengashi direktori Denis Voddingem, Buyuk Britaniya Parlamenti delegatsiya a’zolari va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) rektori Bahrom Mirqosimov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi istiqbolli sheriklik va ta’lim aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishlari, jumladan, ingliz tilini o‘qitishga bo‘lgan talabning ortib borishini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari, O‘zbekiston hukumatining oliy ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari hamda Buyuk Britaniya-O‘zbekiston Transmilliy Ta’lim (TNE) hamkorligining muvaffaqiyatlari va ularni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Tashrif davomida janob Dokerti uchun universitet bo‘ylab ekskursiya, shuningdek, universitet talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar universitetdagi akademik va ijtimoiy hayot haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍27😱32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

“Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi bo‘lishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur”, — Sh.Mirziyoyev


Termiz davlat universitetida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida o‘tkazilgan vatanparvarlik tadbirida oliygohning 5 ming nafar talaba-yoshlari va ularning ota-onalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

___

"Сегодня каждый из нас должен быть истинным патриотом Родины и в этом духе воспитывать свою молодежь", – Ш.Мирзиёев.


В мероприятии, прошедшем в Термезском государственном университете под лозунгом «Армия Нового Узбекистана – символ могущества страны, высокой гордости и верности!» приняли участие 5 тысяч студентов и их родителей, профессоров и преподавателей.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍43🔥74👏2