Edu.uz
159K subscribers
17.8K photos
3.76K videos
230 files
11.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#e’tibor

Xalqaro olimpiada sovrindorlari rag‘batlantirildi

2023-yil 28-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalari vazirligida Sochi shahrida oʻtkazilgan “Moliyaviy xavfsizlik” boʻyicha III xalqaro olimpiadada ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar va ularning murabbiylari Vazirlik tomonidan esdalik sovgʻasi sifatida noutbuk hamda planshet bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur olimpiadada mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining 10 nafar iqtidorli talabasi ishtirok etib, ularning 1 nafari fijital sport musobaqasida gʻolib boʻlgan bo‘lsa, 5 nafari I va II darajali diplomlarni va yana biri “eng faol ishtirokchi” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.

___

Поощрены призеры Международной олимпиады

28 ноября 2023 года в Министерстве высшего образования, науки и инноваций поощрены студенты, принявшие участие в III Международной олимпиаде по «Финансовой безопасности», проходившей в Сочи и их тренеры. Им вручены ноутбуки и планшеты от Министерства.

В олимпиаде принимали участие 10 студентов высших образовательных учреждений нашей страны, из них 1 стал победителем соревнований по фиджитал спорту, 5 получили дипломы I и II степени, а еще один одержал победу в номинации "Самый активный участник".

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik
#xorijiy_tillar

Pedagogik ta’limda innovatsion klaster


Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalar xorijiy tillarni puxta o‘rganishiga yordam beruvchi “Movie and drama room” va “Reading and Speaking room” markazlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📹Batafsil reportajda
___

Инновационный кластер в педагогическом образовании

В Чирчикском государственном педагогическом университете состоялась церемония открытия центров «Movie and drama room» и «Reading and Speaking room», которые помогут студентам в изучении иностранных языков.

📹Подробности в репортаже


Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#STEM
#xotin_qizlar

Ta'lim oling, o‘z ustingizda ishlang va rivojlaning. Bu ko‘nikmalarni sizdan hech kim olib qo‘ya olmaydi
— Vazir o‘rinbosari


Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tomonidan STEM ta’limi va xotin-qizlar uchun kasblarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi laboratoriyasi tomonidan gender tengligi loyihasi doirasida tayyorlangan tadqiqot natijalari taqdim etildi. Qayd etilganidek, ushbu tadqiqotlar Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilib, unda xotin-qizlarning STEM yo‘nalishida ta’lim va kasb-hunar tanlashiga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad qilingan.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6237

👉На русском
👉In English

Batafsil: Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Oliy ta’limda dual ta’lim rivojlanmoqda


Ikki kun davomida ellikka yaqin xorijiy oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tadqiqot markazlari va sohaning nufuzli korxonalari vakillari to‘qimachilik sohasida dual ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman mehmoni boʻlishdi.

Bundan tashqari, jarayonni 1 000 dan ortiq mutaxassis onlayn ravishda kuzatib bordi. Kelgan mehmonlar bilan 20 ga yaqin hamkorlik memorandumlari imzolanib, doʻstlik rishtalari bogʻlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6238

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Professional_ta’lim
#xalqaro_hamkorlik

Rossiya bilan o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilinadi


2023-yilning 25–28-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ta‘lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tashkil qilingan professional taʼlim muassasalari o‘rtasida kadrlarni ommaviy tayyorlash yo‘nalishlarida kasbiy mahorat bo‘yicha birinchi marta “Professionallar” chempionati o‘tkazildi.

Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta'limni rivojlantirish markazi vakillari hamda Shayxontohur tumani, Namangan tumani 1-son, Pop tumani 3-son, Nukus shahar 2-son hamda Vobkent tumani 2-son kasb-hunar maktablari direktorlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston hamda Rossiya vakillari o‘rtasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

👉На русском
👉In English

Batafsil: Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Buyuk Britaniya bilan oliygohlarda boshqaruv modelini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik qilinadi

Joriy yil 27–30-noyabr kunlari London shahrida Oʻzbekiston-Britaniya savdo-sanoat kengashining 27-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir doirasida ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim sohasidagi aloqalarga bagʻishlangan alohida sessiya tashkil qilinib, unda O‘zbekistondan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi qator oliy ta’lim muassasalari mutasaddilaridan iborat delegatsiya, Britaniya tomonidan universitetlar vakillari, taʼlim kompaniyalari, konsalting firmalari va boshqa tashkilotlar qatnashdilar.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6240

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube