Edu.uz
135K subscribers
22.7K photos
4.87K videos
232 files
12.9K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Yashil_makon

🌳 Urganch davlat universitetida “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi davom etmoqda

Kuzgi mavsumda 110 ta archa, 150 ta dub, 80 ta olcha, 60 ta gujum, 40 ta terak va 400 koʻchat ko‘p yillik gullar ekildi. Universitetning o‘quv tajriba maydonidan 1 gektar yer maydoni ajratilib, 2000 tup mevali ko‘chat ekish uchun shartnoma tuzildi.
____

В осенний сезон было посажено 110 елей, 150 дубов, 80 вишен, 60 гуджумов, 40 тополей и 400 саженцев многолетних цветов. Из учебно-экспериментальной зоны университета выделен 1 гектар земли и заключен договор на посадку 2000 плодовых деревьев.
____

110 fir trees, 150 oak trees, 80 cherry trees, 60 gujum trees, 40 poplar trees and 400 seedlings of perennial flowers were planted in the autumn season. 1 hectare of land was allocated from the educational experiment area of the university, and a contract was signed for planting 2000 fruit trees.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_konferensiya
#ilm_fan

Davlat tashkilotlari xodimlari, olim, doktorant, tadqiqotchi, magistr va talaba-yoshlar diqqatiga!

Davlat boshqaruvi akademiyasi 17-noyabr kuni “O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash muammolari: nazariya, amaliyot va strategiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi munosabati bilan maqolalar qabulini e’lon qiladi.

🕒Qabul 10-noyabrga qadar davom etadi

📩Batafsil ma’lumot axborot xatida.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob
#inklyuziv_taʼlim

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan inklyuziv taʼlim yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

2023–2024-o‘quv yilidan o‘qishga qabul jarayonida test sinovlari to‘g‘risida abituriyentlarga maʼlumot berish uchun tayyorlanadigan videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar orqali namoyish etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yildan respublika bo‘yicha 5 ta oliygohda bakalavr bosqichida surdotarjimonlik yo‘nalishi tashkil etilib, bu yo‘nalishlarga 200 ta kvota ajratildi. Shuningdek, 117 nafar abituriyent imo-ishora tilidan ijodiy imtihon topshirgan holda test sinovlariga qatnashdi.

Toshkent, Chirchiq, Qo‘qon va Jizzax shaharlaridagi OTMda “Maxsus pedagogika” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv yo‘lga qo‘yilgan bo‘ib, talabalarga imo-ishora tilini mukammal biladigan, xususan, ota-onasi yoki yaqin qarindoshi eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslardan tuzilgan tarjimonlar guruhi bilim berib kelmoqda. Kelgusida 77 nafar talaba 4 yil mobaynida OTMda o‘qib, oliy maʼlumotli surdotarjimonlik diplomlarini olishadi.

Bu yildan surdotarjimon o‘qituvchilarning oylik maoshi taʼlim muassasalari o‘qituvchilari oyligi bilan tenglashtirildi. Imkoniyati cheklangan shaxslar tahsil oladigan professional taʼlim muassasalariga liftlar o‘rnatilib, nogironlik aravachalari berildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6137

👉На русском
👉In English

Bizni
kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 56 tup manzarali daraxt, 100 tup gullar o‘tqazildi.
____

В рамках национального проекта «Зеленое пространство» в Шахрисабзском государственном педагогическом институте были посажены 56 декоративные деревья и 100 разновидных кустовых цветов.
____

Within the national project "Green Space", 56 decorative trees and 100 bunches of flowers were planted to Shakhrisabz State Pedagogical Institute.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#QVZ

“Quvnoqlar va zukkolar” Talabalar ligasi davom etmoqda!

😃Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi tomonidan joriy yilning 20-sentabrida boshlangan Talabalar ligasi doirasida bugungi kunga qadar 25 dan ortiq oliy ta’lim muassasasining final bosqichlari tashkil etildi. Tanlov davomida har kuni 30 dan ortiq talabalar ishtirokchi sifatida, 600 ga yaqin yoshlar esa tomoshabin sifatida qatnashib kelmoqda.

🎭 Jamoalarning sahna ko‘rinishlari keng ma’noga ega bo‘lib, yoshlardagi zararli odatlar, jamiyat hamda o‘zlari ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasidagi yutuq va kamchiliklar hazil ko‘rinishida muxlislarga yetkazib berilmoqda.

🏆G‘olib jamoalari hamda “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” nominatsiyalari g‘oliblari pul mukofoti yoki qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, ko‘hna va qadimiy qadamjolarga sayohat yo‘llanmalari bilan taqdirlanishmoqda. Bundan tashqari, 1-o‘rinni olgan har bir jamoaga 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari ham topshirilmoqda.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Litsey o‘quvchisining hikoya va she’rlari Buyuk Britaniyada nashr etildi

Toshkent moliya instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Rahmatova Diyoraning “Orzular qanotida” nomli hikoya va she’rlar to‘plami Buyuk Britaniyaning “Justfiction edtion” nashriyotida chop etildi.

Bundan tashqari, o‘quvchimizning hikoyalari “The Works of fiction of talented Uzbek Creators” , “Creativity in the hearts of Uzbek writers” va “G‘unchadan gullar ochilar” kitoblaridan joy olgan. “Page 3News” jurnali, “Ijodkorlar” jurnali va “Tong yulduzi” gazetasida ham bir necha bor chop etilgan.

O‘quvchimizning kelgusidagi ijodiga omad tilab qolamiz!

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#sarhisob

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan OTMning xalqaro reytinglardan o‘rin olishi borasida amalga oshirilgan ishlar

2023-yilda QS (Quacquarelli Symonds) “Fan sohalari reytingi”da (Subject Rankings) O‘zbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta fan sohalari bo‘yicha “TOP-500” universitetlar qatoridan o‘rin egalladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat
#qutlov

⚡️O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 2-o‘rinni
egallagan — Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi bugun tantanavor kutib olindi!
____

Занял 2-е место на республиканском этапе турнира «Заковат», проводимого среди учащихся средних специальных и профессиональных учебных заведений — сегодня встречали команду академического лицея Ферганского государственного университета!

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Kuz_qish_tayyorgarlik

Vazir oʻrinbosari Chirchiq shahridagi oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrgandi

Dastlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Chirchiq shahar kasb-hunar maktabini borib koʻrdi. Muassasada 2 ta oʻquv bino mavjud boʻlib, ularga tabiiy gazda ishlovchi 11 ta qozon oʻrnatilgani va 300 metr isitish quvuri izolyatsiya qilingani guvohi boʻlindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6147

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube