Edu.uz
152K subscribers
16.3K photos
3.32K videos
220 files
10.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Qizlar_kuni

11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni

Sana munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida “Qizlarjon” klubi respublika forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, o‘quvchi va talaba qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida keng miqyosda nishonlanib kelinayotgani aytib oʻtildi. Bu sana dunyo boʻylab qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish va tahlil etish imkonini ham beradi – dedi vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov.

Shuningdek, mamlakatimizda qizlarga boʻlgan eʼtibor, islohotlarda ham ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga ustuvorlik berilayotgani, ayniqsa, taʼlim sohasida o‘quvchi va talaba qizlarga yaratilayotgan sharoit hamda berilayotgan imkoniyatlarga toʻxtalinib, barcha qizlar samimiy qutlandi.

So‘ng tadbir ko‘tarinki ruhda davom etib, xushovoz xonandalarning kuy-qoʻshiqlari yanada bayramona kayfiyatda oʻtkazildi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

⚡️Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyati hamda Rossiyaning “Iteos” MChJ o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi. Endilikda jurnalda nashr etilgan maqolalar (2023-yil 6-sonidan boshlab) korxonaga tegishli CyberLeninka ilmiy elektron kutubxonasi platformasiga joylashtiriladi.

CyberLeninka (KiberLeninka) – Open Science paradigmasiga asoslangan ilmiy elektron kutubxona bo‘lib, ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fanlararo tadqiqotlar, zamonaviy ilmiy taqriz institutini rivojlantirish hamda bilimlar infrastrukturasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali tahririyati hamda Rossiyaning “Nauchnaya elektronnaya biblioteka” kompaniyasi o‘rtasida muhim shartnoma imzolangan edi. Unda jurnalda chop etiladigan maqolalarni (2023-yil 5-sonidan boshlab) kompaniyaga tegishli eLIBRARY.RU elektron kutubxonasiga joylashtirishga kelishilgan.

eLIBRARY.RU – ilmiy nashrlarni o‘z ichiga qamrab olgan, ilmiy ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilishga mo‘ljallangan Rossiyaning yirik ilmiy kutubxonasi hisoblanadi. Kutubxona Rossiya ilmiy iqtiboslik indeksi (RINS) bilan integratsiyalashgan.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xushxabar

Talabalarimiz “Moliyaviy xavfsizlik” bo‘yicha III xalqaro olimpiadada sovrindorlar qatorida bo‘lishdi

Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan “Moliyaviy xavfsizlik” bo‘yicha III xalqaro olimpiadada mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining 10 nafar iqtidorli talabasi ishtirok etib qaytdi.

Olimpiadaning final bosqichi 4 ta yo‘nalish: moliyaviy xavfsizlik, axborot xavfsizligi, yurisprudensiya va xalqaro munosabatlar bo‘yicha o‘tkazilib, unda 19 ta davlatdan jami 500 nafarga yaqin talaba-o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa final bosqichi natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya va Belarusdan keyingi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarga Hindiston, Xitoy, Pokiston davlatlari terma jamolari ega bo‘lishdi.

Talabalarimizdan 5 nafari I va II darajali diplomlarni qo‘lga kiritganligi O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minladi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5993

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xizmat_safari

Jizzax oliygohlarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati va qurilish obyektlari ko‘zdan kechirildi

Joriy yil 10-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev mas’ullar hamrohligida hududdagi oliy ta’lim muassasalarida qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik holati, talabalar turar joylarida muqobil energiyadan foydalanish hamda ayni kunlarda qurilish ishlari davom etayotgan obyektlarni borib ko‘rdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5996

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube