Edu.uz
158K subscribers
18.6K photos
3.99K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tadbirkor 3 nafar talaba kontraktini toʻlab beradi

Joriy yilning 7-sentabr kuni Toshkent davlat transport universiteti talabalari hamda “BMB Holding” Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda tadbirkor tomonidan universitetdagi ehtiyojmand oila farzandlaridan uch nafarining kontrakt toʻlovlari toʻlab beriladigan boʻldi. Shuningdek, talabalar taklifiga koʻra, zaʼfaron plantatsiyalariga sayohat qilish ham rejalashtirildi.



Предприниматель оплатит обучение трех студентов

7 сентября состоялась встреча студентов Ташкентского государственного транспортного университета с председателем наблюдательного совета «BMB Holding» Бекзодом Маматкуловым.

В ходе встречи бизнесмен заявил о своем решении оплатить обучение трех студентов университета, которые находятся в трудной финансовой ситуации. Также он пригласил студентов на экскурсию на плантации шафрана.



The entrepreneur will pay for the education of three students

On September 7, the Chairman of the Supervisory Board of BMB Holding Bekzod Mamatkulov met with the students of the Tashkent State Transport University.

During the meeting, the businessman announced his decision to pay for the education of three university students who are in a difficult financial situation. He also invited students on an excursion to a saffron plantation.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

Vazir Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston milliy universitetining 6-son talabalar turar joyidagi sharoitlarni borib ko‘rdi

Ma’lumot o‘rnida, ushbu yotoqxona 400 o‘rinli bo‘lib, bo‘shab qolgan ma’muriy binoni qayta rekonstruksiya qilish orqali talabalar uchun qo‘shimcha turar joyga aylantirilgan.



Министр Иброхим Абдурахмонов ознакомился с условиями студенческого общежития №6 Национального университета Узбекистана

Данное общежитие рассчитано на 400 мест и переоборудовано в дополнительное жилье для студентов путем реконструкции пустующего административного здания.



Minister Ibrokhim Abdurakhmonov got acquainted with the conditions of student dormitory No. 6 of the National University of Uzbekistan

This dormitory has a capacity of 400 people and has been converted into additional housing for students by renovating an empty administrative building.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonda vodorod energiyasini ishlab chiqarish istiqbollari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish masalasi muhokama qilindi

2023-yil 5–8-sentabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (UJICY)da Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Fan va texnologiya agentligi (JST) hamda Kyushu universiteti vakillari o'rtasida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Unda “Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar tadqiqotlari hamkorligi” (The Science and Technology Research Partnership for Sustainable Development - SATREPS) loyihasi doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5820

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tayinlov

Sultonova Shahnoza Abduvahitovna Toshkent shahridagi Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Sh. A. Sultonova 1982-yilda tugʻilgan, texnika fanlari doktori, dotsent. U kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan olimlardan biri boʻlib, ilmiy-tadqiqotlar yuzasidan jami 320 dan ortiq ilmiy ish qilgan, ulardan 10 tasi monografiya va 23 tasi Scopus bazasiga kirgan jurnallarda chop etilgan. h-indeksi 6 ga teng, 121 tasi ilmiy maqola, shundan, 78 tasi nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etilgan. Oxirgi 3 yil mobaynida 190 dan ortiq ilmiy ish, shundan, 72 tasi xorijiy nashrlarda chop qilingan. U 9 ta patent va 9 ta dasturiy mahsulot muallifi ham.

Sultonova Shahnoza ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida 6 ta davlat granti asosida ilmiy-tadqiqotlar olib borgan, shundan 2 ta (yoshlar amaliy va startap innovatsion) loyihaning rahbari boʻlgan. U pedagogik faoliyati davomida 4 ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta uslubiy koʻrsatma chop ettirgan.

U 2017-yil “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining “Ishlab chiqarish texnologiyalari” taʼlim sohasi boʻyicha “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi gʻolibi bo‘lgan. Sh.Sultonova 2019-yilda “El-yurt jamgʻarmasi” stipendiya tanlovida Malaka oshirish taʼlim dasturi boʻyicha gʻolib deb topilib, Istanbul texnika universitetida malaka oshirgan.

Sh.Sultonova Janubiy Koreyada tashkil etilgan ixtirochi ayollarning xalqaro koʻrgazmasi “KIWIE” 2019 va 2022-yillarda oʻzining ixtiro va ishlanmalari bilan ishtirok etib, oltin medal sohibasi boʻlgan.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tayinlov

Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillari institutining rektori lavozimidan ozod etildi.

I.M.Toʻxtasinov 1980-y.da tugʻilgan, pedagogika fanlari doktori, professor.

I.Toʻxtasinovning jami ilmiy-uslubiy ishlari 138 tani tashkil etib, uning muallifligida 10 ta darslik, 6 ta monografiya, 84 ta oʻquv va uslubiy qoʻllanma nashr etilgan. 19 ta patent va guvohnomalar olingan. Xalqaro ilmiy texnik bazalardagi jurnallarda uning 9 ta maqolasi nashr etilgan boʻlib, “Xirsh indeksi” 19 ni tashkil etadi. Shuningdek, u tomonidan 18 ta oʻzbek tilidagi mashhur asar va romanlar ingliz tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

I.Toʻxtasinov rahbarligida soʻnggi 2 yilda 7 nafar professor, 9 nafar fan doktori (DSc), 25 nafar dotsent va 48 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shu bilan birga, uning ilmiy rahbarligida 12 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) va 2 nafar fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich rahbarligida Samarqand davlat chet tillar instituti respublikaning 28 ta OTMi qatorida “World University Rankings – 2023” xalqaro reytingida “reportyer” maqomiga ega boʻldi.

I.To‘xtasinovning tashabbusi bilan xalqaro aloqalar boʻyicha 89 ta yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, soʻnggi 2 yilda 74 nafar xorijiy mutaxassis institutga jalb qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tayinlov

Qarshiboyev Jahongir Hazratqulovich Guliston davlat pedagogika insituti rektori etib tayinlandi.

J. H. Qarshiboyev 1980-yilda tugʻilgan, tayinlovga qadar Guliston davlat universitetida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor va boshqa turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Biologiya fanlari doktori, dotsent.



Каршибоев Жахонгир Хазраткулович назначен ректором Гулистанского государственного педагогического института.

Ж.Х.Каршибоев, 1980 г.р., до назначения работал на должности проректора по учебной работе и других должностях в Гулистанском государственном университете. Доктор биологических наук, доцент.



Karshiboev Jahongir Khazratkulovich was appointed as a rector of Gulistan State Pedagogical Institute.

Zh.Kh. Karshiboev, born in 1980, before his appointment has worked as a vice-rector for academic affairs and other positions at Gulistan State University. Doctor of Biological Sciences, Associate Professor.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e'tirof

Vazir xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblarini taqdirladi

9-sentabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5823



Министр наградил победителей международной научной олимпиады

9 сентября в специализированной школе имени Мирзо Улугбека состоялась церемония награждения учащихся и их преподавателей, победивших на престижных и региональных международных научных олимпиадах в 2022-2023 учебном году.



The Minister awarded the winners of the International Science Olympiad

On September 9, at the specialized school named after Mirzo Ulugbek, an award ceremony was held for students and their teachers who won prestigious and regional international scientific Olympiads in the 2022-2023 academic year.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O‘quv_seminar

Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Adliya vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda oliy va professional ta’lim muassasalari barcha rahbar-xodimlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etdi.

Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova kirish so‘zi bilan ochib, yangi tahrirdagi bosh qomus fuqarolar tomonidan berilgan takliflar asosida yaratilgan tom ma’nodagi xalq konstitutsiyasiga aylanganini ta’kidladi. So‘ng Davlat boshqaruvi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilish zarurati, dolzarbligi hamda mamalakatning keyingi istiqbolidagi huquqiy qomus o‘laroq ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga asosli javoblar hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ma’lumot uchun, o‘quv seminarlari yakunlangach, barcha davlat fuqarolik xizmati xodimlarining yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha umumiy bilimlari test imtihonlari orqali sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#qabul_2023
#kollej #infografika

⚡️Kollejlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni kollejlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 35 088 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 15 820 nafar;
Sirtqi – 15 710 nafar;
Kechki – 120 nafar;
Dual – 3 438 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da


⚡️Завершен прием документов в колледжи

10 сентября завершилась подача заявлений в колледжи. По итоговому результату через электронную платформу my.uzbmb.uz онлайн регистрацию прошли 35 088 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 15 820 абитуриентов;
заочную – 15 710;
вечернюю – 120;
дуальную – 3 438 (подробности в инфографике).

☝️О дате и времени экзамена будет сообщено дополнительно.

Полная квота на
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube