Edu.uz
155K subscribers
16.5K photos
3.37K videos
230 files
10.8K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#LIVE #test_sinovlari

Bugun, 11-avgust kuni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Buxorodagi test sinov jarayonlarini kuzatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi 1 080 o‘rinli binosi, 420 o‘rinli “Semurg‘” sport majmuasi, 300 va 240 o‘rinli “Yoshlik” sport majmuasining sport zallarida bo‘lib, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Kutish joylarida vazir ota-onalar bilan suhbatlashib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida kuzatuvchilar majmuada salqin joylar tashkil etilgani, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar o‘rnatilgani va volontyorlar xizmatidan mamnunliklarini bildirishdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#suhbat

Oliy ta’lim muassasalarida a’lo baho bilan tamomlagan texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

Jumladan:

🔹Andijon mashinasozlik institutida bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha 3 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qish istagini bildirgan 45 nafar texnikum bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazildi;

🔸Qoraqalpoq davlat universitetida “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishini tanlagan bitiruvchilar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi;

🔹Soliq qo‘mitasi huzuridagi Farg‘ona, Toshkent hamda Buxoro soliq texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Fiskal institutiga 2-kursdan suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun imtihon bo‘lib o‘tdi;

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida texnikum bitirivchilari uchun suhbat asosidagi imtihon bo‘lib o‘tmoqda;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilayotgan suhbat-imtihon jamoatchilik nazorati ham o‘rnatilgan;

🔸Andijon davlat universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalarida texnikum bitiruvchilari bilan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

🏛 Qarshi davlat universitetida 11 – 18-avgust kunlari;

🏛 Termiz davlat universitetida 14-avgust kuni;

🏛 Urganch davlat universitetida 14 – 16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 14 – 16-avgust kunlari;

🏛 Buxoro davlat universitetida 15-avgust kuni;

🏛 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 15–16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent davlat yuridik universitetida 15–16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent davlat transport universitetida 15 – 17-avgust kunlari;

🏛 Samarqand davlat universiteti Urgut filialida 17-avgust sanasida;

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 17 – 18-avgust kunlari;

🏛 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 18 – 24-avgust kunlari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
— Bugun bo‘lajak talabalarimiz qatori, ularning yaqinlariga ham qulaylik yaratish doimiy vazifalarimizdan biriga aylangan

Vazir Ibrohim Abdurahmonov Buxorodagi
test sinovi jarayonlarida abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelgan ota-onalar va ularning yaqinlari bilan muloqot qilib, bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

#jarayon #Buxoro #qulaylik

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

📹 Joriy yil davomida oliy ta’lim muassasalarida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot

Matn shaklida o‘qish:
https://edu.uz/uz/news/view/5539

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_anjuman

“Tug‘ma va irsiy patologiyalar tashxisi uchun zamonaviy texnologiyalar” mazusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xitoyning BGI Group kompaniyasi bilan hamkorlikda “Tug‘ma va irsiy patologiyalar tashxisi uchun zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5541



Cостоялась международная научная конференция на тему «Современные технологии для диагностики врожденных и наследственных патологий»

Сегодня при содействии Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, Министерства здравоохранения и китайской компании BGI Group состоялась международная научная конференция на тему «Современные технологии для диагностики врожденных и наследственных патологий».

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5541

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Oliy ta’lim muassasalarida obodonlashtirish oyligi o‘tkazilmoqda

Respublika miqyosida 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” eʼlon qilinganligi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ham muassasa hududini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.

Jumladan, Guliston davlat universiteti hududida ham o‘quv binolari va talabalar turar joylarida tozalash ishlari amalga oshirilib, binolar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni parvarish qilish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

#obodonlashtirish #jarayon

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube