Edu.uz
182K subscribers
33.3K photos
6.53K videos
266 files
16.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Vazir_test_jarayoni

Bugun test jarayonlarining 8-kuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov erta tongdan “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida bo‘lib, test sinovlari jarayonlarini kuzatdi va abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar, ota-onalar uchun ajratilgan kutish joylarini ko‘zdan kechirdi.

Imtihon topshirayotgan abituriyentlarning yaqinlari uchun tashkil etilgan kutish joyida vazir ota-onalar bilan suhbatlashib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida kuzatuvchilar majmuada salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar o‘rnatilgani va volontyorlar xizmatidan mamnunliklarini bildirishdi.

Vazir yosh farzandi bilan kelgan kuzatuvchilarning bolalari uchun alohida o‘yingoh tashkil qilish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma berdi. Bu borada Toshkent davlat pedagogika universiteti tajribasidan foydalanish tavsiya etildi.



Сегодня 8-й день тестовых испытаний

Министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов посетил национальный выставочный комплекс «Узэкспоцентр» и ознакомился с процессом тестирования, условиями, созданными для абитуриентов, и зонами ожидания, отведенными для родителей.

В зоне ожидания, организованной для родственников абитуриентов, министр пообщался с родителями и рассказал о широких возможностях и привилегиях, предоставляемых сегодня молодежи в нашей стране.

В ходе интервью родители выразили удовлетворение установкой в комплексе прохладных мест, больших мониторов для наблюдения за своими детьми в режиме онлайн в процессе испытаний, а также услугами волонтеров.

Министр поручил чиновникам организовать отдельную площадку для детей и родственников абитуриентов, пришедших с малолетними детьми. В связи с этим было рекомендовано использовать опыт Ташкентского государственного педагогического университета

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍444👏2
#Registrator_ofis

Bugungi kunda qator oliy ta’lim muassasalarida akademik registrator ofislari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u 40 ga yaqin turdagi xizmatlar bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma hisoblanadi.

Registrator ofisi talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish, talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida akademik registrator ofisi tashkil etilgan bo‘lib, ofisda 32 turdagi xizmat turi bo‘yicha, shu jumladan bitiruvchilarga 8 ta darchadan diplomlarni berish xizmati tashkil qilingan.



На сегодняшний день в ряде высших образовательных учреждений созданы офисы академических регистраторов, представляющие собой централизованное подразделение, которое занимается около 40 видов услуг.

Офис регистратор выполняет такие задачи, как хранение личных документов обучающихся до архива, формирование и регулярное обновление базы данных «Регистратор», ведение транскрипта и внесение в него оценок обучающихся, оформление и торжественное вручение дипломов выпускников, ведение статистики по контингенту студентов.

В частности, в Ташкентском государственном экономическом университете создан офис академического регистратора, который оказывает 32 вида услуг, в том числе услугу выдачи дипломов выпускникам из 8 окон.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍32🔥3👏2🤔1
#o‘tish_ballari
#eslatma

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari

Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi OTMlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabgorlar tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballarini to‘plagan taqdirda, ko‘chirishga ruxsat etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

📲 Foydali bot: 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍696👏4😁4😱4
#Qabul_2023

Abituriyentlarni imtihondan chiqishini kutayotgan bolajonlarga oʻyingohlar tashkil etildi

Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari davom etmoqda. Test sinovlari shaffof oʻtishi uchun imtihon boʻladigan binolarni kameralar, abituriyentlar issiqda qiynalmasliklari uchun katta oʻlchamdagi sovitgichlar bilan jihozlash barobarida ota-onalar uchun ham kutish joylari tashkil etildi.

Imtihonlar jarayonida abituriyentlarni nafaqat ota-onalari balki, jajji bolajonlar ham kutib oʻtirishlari kuzatilgani bois bugundan ular uchun ham moʻjaz oʻyingohlar tashkil etildi. Oʻyingohlarda ularga oʻyinchoqlar, kitoblar, boshqotirmalar taklif etilyapti, test jarayonlarini sifatli tashkil etishda faollik ko'rsatayotgan koʻngillarimiz esa bolajonlarni ham zeriktirmaslikka harakat qilmoqdalar. 

Ilm olishga, bilimli boʻlishga havas aynan shunday kutishlardan boshlansa ajab emas.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍58🤔7👏5😁5😱4
#Xalqaro_hamkorlik

Falastinning An-Nadja milliy universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Falastinning Favqulodda va Muxtor elchisi Djavad Muhammad Avad bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5533



Будет установлено сотрудничество с Палестинским национальным университетом Ан Наджи

Сегодня министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов встретился с Чрезвычайным и Полномочным Послом Палестины Джавадом Мохаммед Авад.

Batafsil: https://edu.uz/ru/news/view/5533

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍392👏2🔥1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Ayni kunlarda oliy taʼlim muassasalarida talabalar turar joylariga hujjat qabul qilishda navbatlarning oldini olish maqsadida yuqori bosqich talabalaridan onlayn arizalar qabul qilish jarayonlari tashkil etilgan.

Bu haqda OTMlar rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro davlat universitetida ham yotoqxonaga ehtiyoji boʻlgan, yuqori bosqich talabalardan UNIWORK platformasi orqali arizalar onlayn olinmoqda — https://uniwork.buxdu.uz/yotoqxona.asp.

Maʼlumot oʻrnida, universitetda mavjud 2 609 ta boʻsh oʻrni uchun 8-avgust 18.00 holatiga 600 dan ortiq ariza kelib tushgan.

Eslatma: 2023/2024-oʻquv yili qabuli OTMlarga kirish imtihonlari yakuniga koʻra talabalikka tavsiya etilgan fuqarolar (1-kurslar) uchun ham alohida oʻrinlar ajratilgan.

Bundan tashqari, yotoqxona bilan qamrab olinmagan talabalar uchun oʻqish joylariga yaqin hududlardan ijara xonadonlari reyestri ham shakllantirilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍36👏54🎉1
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ullar ishtirok etdi.

Vazir I.Abdurahmonov dastavval, Hukumat qarori bilan tayinlangan qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini bildirilgan ishonch bilan qutlab, ushbu mas’uliyatli vazifani samarali bajarishlarida muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng, vazir kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, o‘quv-amaliyot xonalari, kutubxona, ARMlarni tayyorgarlik holati, talabalar bilan ishlashning samarali mexanizmlaridan foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, yotoqxonalarni tayyorlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini yakuniga yetkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, belgilangan tartibga ko‘ra oliy ta’lim muassasalariga texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida qabul qilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlashga alohida urg‘u berilib, imtihonlarni adolatli o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍37😁42