Edu.uz
158K subscribers
18.6K photos
3.98K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Vazir_Nukus

“Eng yaxshi pedagog – ota-onalar”: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Nukusda abituriyentlarning ota-onalari bilan muloqotda bo‘ldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Nukus shahridagi Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida boʻlib oʻtayotgan test sinovlari jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, shu yerda abituriyentlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

– Biz uchun sizning takliflaringiz juda ahamiyatli. Chunki, biz mazkur jarayonlarni qanday tashkillashtirayotganligimiz toʻgʻrisida xolis baho beruvchilar – bu sizlarsiz. Taklif va tavsiyalaringiz kelgusida ishlarimizni yaxshi tashkil etishimiz uchun katta ahamiyatga ega. Shu sababli, joylarda mana shunday oʻrganish ishlarini olib boryapmiz. Biz ta’limni tarbiya bilan uzviylikda olib borishni maqsad qilganmiz. Bunda, albatta, sizlarning qoʻllab-quvvatlashingiz juda zarur. Chunki, eng yaxshi pedagog – ota-onalar, – deya ta’kidlab oʻtdi vazir muloqot davomida.

Oʻz navbatida, ota-onalar ham soʻzga chiqib, bu yilgi qabul jarayonida yoshlarni oliy ta’limga qamrov koʻrsatkichlarining oshirilgani, shu jumladan, qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 ming oʻrinlik kvota ajratilib, ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingani hamda ularning taklif va tavsiyalari oʻrganilayotganligini mamnuniyat bilan aytib o‘tdilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

❗️Hurmatli abituriyentlar, test sinoviga kech qolmang!

So‘nggi kunlarda ayrim abituriyentlarning test imtihonlariga kechikib kelish holatlari ham kuzatilmoqda. Hurmatli abituriyentlar, imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport bilan kelishingiz so‘raladi.

Eslatma: test sinovlari ikki smenada o‘tkazilayotgan bo‘lib, abituriyentlar test sinoviga passport/ID-karta va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1-smenada 07:30 ga qadar;
2-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmasligini unutmang!

📹 Test sinovlariga kirish tartibi videoda

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich Andijon davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.

B.Rasulov 1966-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2001-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi tarixchi, huquqshunos-pedagog. Tarix fanlari doktori, professor.

U 1990 – 2021-yillarda Andijon viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ilmiy xodimi, shuningdek, Andijon davlat pedagogika instituti va Andijon davlat universitetida pedagogika va boshqaruv sohalaridagi qator lavozimlarda faoliyat yuritib, tajriba orttirgan.

B.Rasulov 80 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik, 3 ta monografiya, 3 tomlik hujjat va materiallar to‘plami muallifi.

Tayinlovga qadar Andijon davlat pedagogika instituti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Negmatova Shahzoda Shuhratovna O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining rektori etib tayinlandi.

Shahzoda Negmatova 1983-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan.

U 2005-yilda Samarqand davlat universiteti (bakalavr), 2012-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi siyosat falsafasi. Falsafa fanlari doktori, professor.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007–2022-yillar davomida Samarqand davlat universiteti aspiranti, assistenti, katta ilmiy xodim–izlanuvchisi, kafedra mudiri, dotsent, professor, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritib, yetarli tajriba orttirgan.

Sh. Negmatova 2 ta darslik, 4 ta o‘quv, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqola muallifi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 3-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

3-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Uill Luiza vaqtini bekorchi narsalarga sarflab hayotdan lazzat ololmayotganiga chin dildan kuyunadi. Uni biror qiziq yumush bilan shug‘ullanishga, o‘zi ustida ishlashga, kamol topishga undaydi.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/ocqy/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2023 #Viktorina

📄 Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga biriktirilgan majmualarda qariyb 500 nafar ota-ona va yaqin qarindoshlar uchun kutish joylari tashkil qilingan.

🧠 Bugun, 5-avgust kuni universitet mas’ul xodimlari tomonidan abituriyentlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari ishtirokida turli savol-javob va viktorinalar tashkil qilindi.

🎁 Tadbirda faol ishtirok etgan ota-onalarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAK_Byulleteni

📰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2023-yil 2-soni e’tiboringizga havola etilmoqda

📖Unda OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari va professor ilmiy unvonida tasdiqlanganlar, shuningdek, tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar dissertatsiya mavzularining ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

👉https://online.pubhtml5.com/tfmma/jyrr/

PDF shaklida o‘qish

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA
#o‘qishni_ko‘chirish

⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

Bugun, 5-avgust talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

O‘qishini ko‘chirish, tiklash istagini bildirgan talabalar soat 23:59 ga qadar quyidagi platformalar orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin:

➡️davlat oliy ta’lim muassasalariaro – transfer.edu.uz;

➡️xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliy ta’lim muassasalariga – uzbmb.uz.

☝️Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlarga maxsus sinovlarda ishtirok etish uchun belgilangan mablag‘larni qisqa muddatlarda amalga oshirishlari so‘raladi.

O‘tish ballari 👉 @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2023
#Professional_taʼlim

⚡️Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 109 546 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

✔️Shundan:

➡️123 ta kollej uchun — 41 ming 330 ta;

➡️216 ta texnikum uchun — 68 ming 216 ta.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
KOLLEJ QABUL KVOTASI KUNDUZGI.pdf
565.4 KB
⚡️Kollejlarga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 19 814 nafar etib belgilandi.

✔️Shundan:

davlat granti asosida — 9 815 nafar;
to‘lov-kontrakt asosida — 9 999 nafar.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
KOLLEJ QABUL KVOTASI SIRTQI.pdf
400.2 KB
⚡️Kollejlarga SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️Respublika bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 15 953 nafar etib belgilandi.

☑️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2023

5-avgust kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi hamda “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida boʻlib, test sinovlari jarayonlarini kuzatdi.

Imtihon topshirayotgan abituriyentlarning yaqinlari uchun tashkil etilgan kutish joyida I. Abdurahmonov ota-onalar bilan suhbatlashdi, ularning test sinovlarining tashkiliy jihatlariga munosabatlari haqida fikrlari bilan qiziqdi. Shuningdek, vazir ota-onalar uchun oʻtkazilgan maxsus viktorina gʻoliblariga esdalik sovgʻalari topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube