Edu.uz
131K subscribers
30K photos
6K videos
263 files
15.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XUSHXABAR

🥋Universiada oʻyinlarining ilk medalini QarDU talabasi taqdim etdi

Xabar berilganidek, ayni kunlarda Xitoyning Chendu shahrida XXXI yozgi Butunjahon “Universia”da oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Unda mamlakatimiz talaba-sportchilari 7 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Quvonarlisi, mazkur musobaqalarda Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga universiadaning ilk medalini Qarshi davlat universiteti talabasi Kamoliddin Baxtiyorov taqdim etdi. U dzyudo bo‘yicha -60 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bellashuvda moʻgʻulistonlik Sumiyabazar Enxtayvandan ustun keldi.

Maʼlumot uchun, Universiada oʻyinlarida dunyoning 119 ta davlatidan 5 100 nafardan ziyod talaba-sportchilar 18 ta sport turidagi 269 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib bormoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍67🎉9🥰4🔥32
#abituriyent2023

⚡️ Endi yo‘nalishlar kesimida qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini mandat.uzbmb.uz saytidan bilish mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023/2024-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi;
👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).

Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍64😱10🤔7😁54
Edu.uz pinned «#abituriyent2023 ⚡️ Endi yo‘nalishlar kesimida qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini mandat.uzbmb.uz saytidan bilish mumkin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023/2024-o‘quv yilida…»
#akademik_litsey
#mandat

⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha sharh
: 👉https://t.me/eduuz/15457

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍117🎉1110😁6🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#matonat

⚡️Qarshi davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Bugun buyuk qalb va iroda sohibasi Sevinch Narziyeva ham tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ijodiy imtihon topshirdi.

Garchi imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, oyoqlari yordamida go‘zal suratlar chizib, nurli manzillar sari dadil qadam tashlayotgan Sevinch va uning onasi Gulsara opa o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍65👏133
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Uillning do‘stlaridan biri konsertga taklifnoma jo‘natadi. Uill Luizaga chiptalarni berib, onasi bilan borishi mumkinligii aytadi. Ammo Luiza onasi bunday konsertlarga bormasligini, o‘zi ham simfonik orkestr ijrosini yoqtirmasligini aytadi.

📖Maroqli mutolaa

👉https://online.pubhtml5.com/ilkp/byer/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5613🔥2😱1🎉1
⚡️ Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2023

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍759🤔3😱2🔥1
#Mutolaa

📚 Jojo Moyesning “Sen bilan uchrashguncha” asari davomi...

Uill Luizaning didini oshirish, unga hayotning yangi qirralari ochish maqsadida u bilan konsertga borishga qaror qiladi. Konsert ajoyib o‘tadi, Luiza mohir sozandalarning san’atidan bahramand bo‘ladi, ko‘ngli ko‘tariladi. Konsertdan qaytayotgach, Uill bilan Luiza xuddi uchrashuvga chiqqan yoshlar kabi avtomobil ichida suhbat qurishadi.

📖Maroqli mutolaa

👉https://online.pubhtml5.com/ilkp/gxcz/

PDF shaklida o‘qish

Avvalgi qismlari 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4718🥰1
⚡️Xitoydan navbatdagi xushxabar! Yana ikkita talabamiz sovrindor bo‘ldi

Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Butunjahon universiada o‘yinlarida talaba-sportchilarimiz tomonidan ikkita kumush medali qo‘lga kiritildi.

Ushbu medallarni mamlakatimiz terma jamoasiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Darya Latisheva (ushu yo‘nalishi) va Qarshi davlat universiteti talabasi Nurbek Murtazoyevlar (dzyudo) taqdim etdi.

Talaba-sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyatli yurishlari bilan tabriklaymiz va ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. 👏

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏75👍54🔥86🎉4
#Magistratura_2023

⚡️ Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi

🔰 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan.

Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda.

Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin.

Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍47👏74
#Vazir_imtihon

Vazir OʻzMUda o‘tayotgan ijodiy imtihonni borib ko‘rdi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2023/2024-o‘quv yili uchun “Sport faoliyati: taekvondo WT” bo‘yicha ijodiy imtihonlar o‘tkazilayotgan O‘zbekiston milliy universiteti sport kompleksida bo‘lib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.

Ijodiy imtihonlarni topshirishga shay bo‘lib turgan abituriyentlar bilan suhbatda bo‘lgan vazir, bilimli va haqiqiy iste’dod egasi bugun, albatta bor imkoniyatlarini ko‘rsatadi, – deya ularga omad tiladi.

So‘ng qabul bo‘yicha mas’ullarga ijodiy imtihon jarayonlarini shaffof o‘tkazish, ota-onalar uchun qulay va salqin kutish joylarini tashkil qilish, imtihon komissiyasiga abituriyentlarning qobiliyatini adolatli baholash hamda natijalarni tezkor e’lon qilib borish va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍413🎉1
⚡️ Abituriyentlar diqqatiga!

Ertadan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.

📆 Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

☝️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

📺📺 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍60😱11👏73
E’LON

Ish beruvchilar o‘rtasida OTM bitiruvchilari sifatini aniqlash bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi

Joriy yilning 1-10-avgust kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ish beruvchilar o‘rtasida davlat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalari sifati hamda oliy ta’lim muassasalarining ish beruvchilar bilan hamkorlik masalalariga oid ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Bunda davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali vazirlikning https://survey.edu.uz/ platformasiga kirib, so‘rovnomada ishtirok etadi.

Platformada ish beruvchi tomonidan munosabat bildirmoqchi bo‘lgan OTM tanlanib, bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga oid savollarga tegishli javoblardan birini tanlash orqali soʻrovnoma toʻldiriladi.

Barcha ish beruvchilarni faol ishtirok etib, xolisona javob berishlarini so‘raymiz!

Befarq bo‘lmang! Sizning ishtirokingiz tizimdagi muammolarni bartaraf etish va yaxshi kadrlarni shakllantirishga yordam beradi.

Ishonch telefoni: 1006
Texnik qo‘llab quvvatlash: 71-203-13-24
Telegram bot: t.me/survey_helpbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍41😱2
Ertadan OTMga kirish imtihonlari boshlanishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi

Joriy yilning 1-avgut kunidan 13-avgust kuniga qadar Toshkent shahridagi bir nechta manzillarda test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlarining harakati soat 05:00 dan tashkil etiladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi shahar jamoat transporti yo‘nalishlari (19, 50, 63, 115, 85, 88, 152, 24, 51, 67, 91, 93, 95, 140, 2, 38, 89, 136, 44, 68, 155, 17, 58, 60, 76, 53, 64, 65, 141, 196, 133m va 28m) bilan yuqoridagi suratda barafsil tanishishingiz mumkin!

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍53😱43😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#E’zgulik
#topshiriq_ijrosi

Ish quroling bo‘lsa soz, mashaqqating bo‘lar oz

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rahbariyati
Qamashi tumanidagi Guliston qishlog‘ida istiqomat qiluvchi mehr va e’tiborga muhtoj yoshlar holidan xabar olib kelmoqdalar. Bu gal gulistonlik yoshlardan 8 nafari eʼtibor va ragʻbatga ega boʻldi.

Institut vakillari qaysi bir xonadonda bo‘lishmasin, dastlab ota-onalarga oliygoh rahbarining minnatdorlik xatini topshirdilar.

Muloqot faqatgina yoshlarning orzu-maqsadlari, rejalari haqida boʻlib qolmadi. Ularga oʻz mehnat faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlari va hunarli bo‘lishlariga koʻmaklashish maqsadida tikuv mashinalari, avtomobillarni yuvish usunalari, duradgorlik asbobi, oʻt oʻrish moslamasi sovgʻa qilindi.

Endi ular egallagan hunarlari ortidan oilasiga yanada ko‘proq manfaat keltirishlari mumkin bo‘ladi.

QarMII axborot xizmati ✍️

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍252🥰2🤔1
#Olimlar_minbari
#24—29.07.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Ko‘rfaz davlatlari bilan ulkan iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichi” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori;

“O‘zbekiston — mehr mamlakati” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori;

“Ta’lim-tarbiya — kelajak xazinasi” — Abdug‘affor QIRG‘IZBOYEV, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

“SHHT — ochiq muloqot, do‘stona hamkorlik va keng imkoniyatlar maydoni” — G‘ofurjon MUHAMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

“Tariximiz ko‘zgusi” — Bahrom ABDULLAYEV, Urganch davlat universiteti rektori;

“Maqsadimiz – bir” — Bayrambay OTEMURATOV, Nukus davlat pedagogika instituti rektori;

“O‘zbekistonning energetika barqarorligi yo‘lidagi maqsadlari ulkan va strategikdir” — Rae Kvon ChUNG, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Yangi iqlim innovatsiyalari markazini nazorat qilish qo‘mitasi raisi;

“Adolatli soliqlar — farovonligimiz kafolati” — Nargiza QO‘ZIYEVA, Toshkent moliya instituti kafedra mudiri, professor;

“Inklyuziv oliy ta’lim rivoji — ijtimoiy davlatning muhim belgisi” — Akmal ABDUVOHIDOV, Guliston davlat universiteti dotsenti;

“Ildizimiz, tilimiz, dinimiz bitta” — To‘ychi ISMOILOV, Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti;

«Ажинияз – оригиналный поэт» — Сарсен КАЗАКБАЕВ, доцент кафедры Нукусского государственного педагогиchеского института;

“Kulish oson, kuldirish-chi” — Hikmatullo DO‘SMATOV, Farg‘ona davlat universiteti dotsenti.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍376🤩1
#foydali
#eslatma

Ertaga test imtihonlari boshlanadi. Test materillaridan foydalanishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Avvalo:
- Javoblar varaqasi o‘ziga tegishli ekanligini (ism sharifiga mosligi);
- Test topshiriqlari kitobidagi fanlar majmuasi abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan fanlar bilan mosligini;
- Test topshiriqlari kitobini nuqsonsizligini tekshirishlari lozim.

Kamchiliklar aniqlanganda darhol guruh nazoratchisiga xabar berish shart.

📹 Batafsil videoyo‘riqnomada

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍384😁3
#Vazir_imtihon

Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning so‘ngi holati o‘rganildi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov respublika bo‘ylab ertadan boshlanadigan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan poytaxtdagi bir qator majmualarning so‘ngi tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5520

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍33🔥5👏32😱1