Edu.uz
155K subscribers
17K photos
3.51K videos
230 files
11K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#LIVE #Milliy_Reyting

Oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, taʼlim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida har yili oliy taʼlim muassasalarining Milliy reytingi eʼlon qilib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan ayni kunlarda respublikamiz viloyatlarida oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va yuqori bosqich talabalarining bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.

Bunda professor-o‘qituvchilarning xorijiy til va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari, talabalarning mutaxassislik fanlariga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishlari (test sinovlari) va oliy taʼlim muassasalarida ta'lim sifatini o‘rganish yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Test jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.

▶️Farg‘ona davlat universiteti

▶️Urganch Davlat Universitetida o‘tkazilayotgan test jarayoni

▶️Andijon viloyati Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash

▶️“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU

▶️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

▶️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

▶️Termiz davlat universiteti

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live
#talabalar_tanlovi

Samarqand shahrida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi final bosqichi boshlandi!

Unda 8 ta oliy talim muassasasidan jamoalar chiqishlar qiladi:

Andijon davlat universiteti;
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;
Samarqand davlat universiteti;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Har bir jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shart bo‘yicha bellashmoqda.

Ayni paytda jamoalarning 1- va 2-shartlar bo‘yicha chiqishlari yakunlandi. Tanlov davom etmoqda...

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_ta’lim

Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan professional taʼlim muassasalariga oʻquv-amaliy hamda metodik yordam koʻrsatilmoqda

🔰Professional taʼlim muassasalarida taʼlimning jozibadorligini oshirish va oʻquvchilarga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatishni tashkil etish hamda tayyorlanayotgan oʻrta boʻgʻin kadrlarning ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida respublikamizdagi kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda bosqichma bosqich xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilmoqda.

🏛Xususan, NavDPIning mahoratli pedagoglari tomonidan Navoiy shahar kasb-hunar maktabining 1- 2-bosqich oʻquvchilariga hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchilariga ingliz va nemis tillari boʻyicha oʻquv kurslari olib borilmoqda.

🔗Batafsil: havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#_QUYOSH_PANELLARI #_YASHIL_ENERGIYA

Urganch davlat pedagogika instituti binolariga quvvati 100 KvT/soat bo‘lgan, har biri 0.55 KvT/soat elektr energiyasi ishlab chiqishga mo‘ljallangan 182 dona quyosh panellari o‘rnatildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish dasturiga asosan institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 100 kVt/soat quyosh panellarini 2023-yilning II-choragida o‘rnatish belgilangan edi va bugungi kunda reja to‘liq bajarildi.

Hozirda “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm hududiy bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olindi. Uning asosida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tartibda quvvati 100 kVt/soat bo‘lgan, har biri 0.55 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 182 dona quyosh panellari hamda 550 kVt kuchlanishga mo‘ljallangan invertor qurilmalari ishchi holatga keltirildi hamda o‘rnatilgan quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritildi.

Ushbu qurilma hozirgi kunda Xorazm viloyati hududiy elektr tarmoqlari elektr liniyasi tizimiga ulangan.

O‘rnatilgan 100 kVt/s quyosh panellari institutga zarur bo‘lgan elektr energiyasini 100 foizga qoplagan holda, ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotish imkoniyatini ham beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona politexnika institutida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilayotgan har biri 400 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta talabalar turar joyi binosi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Umumiy qiymati 25,0 mlrd so‘m, shundan byudjet mablag‘lari 10,8 mlrd so‘mni tashkil etuvchi talabalar turar joyi joriy yilning iyul oyiga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu talabalar turar joyi binolariga quyosh panellari va quyosh kollektorlari o'rnatilishi ham ko‘zda tutilgan.

Ikkinchi barpo etilayotgan 400 o‘rinli, umumiy qiymati 25,0 mlrd so‘m, shundan byudjet mablag‘lari 12,0 mlrd so‘mni tashkil etuvchi TTJ binosi joriy yil sentabr oyiga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#e’lon

📣 📇 9- va 10-iyun kunlari IT Parkda bir nechta tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Job Fest” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi:

🔵 Career Fair (9-iyun) — IT-yo‘nalishida ish qidirayotganlar uchun;
🔵 Edufest (10-iyun) — IT-sohasida ta’lim imkoniyatlarini izlayotganlar uchun;
🔵 Startup Battle (10-iyun) — shaxsiy startapini amalga oshirishni xohlovchilar uchun.

📍 Muminova 4A
⚡️ Bepul

📥 Batafsil ma’lumot, shuningdek, har bir tadbirga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola veb-saytda!
__

📣 📇 9 и 10 июня IT Park организует ярмарку вакансий Job Fest, в рамках которой пройдёт несколько мероприятий:

🔵 Career Fair (9 июня) — для тех кто ищет работу в сфере IT;
🔵 Edufest (10 июня) — для тех кто ищет образовательные возможности в сфере IT;
🔵 Startup Battle (10 июня) — для тех кто хочет реализовать свой собственный стартап.

📍 ул. Муминова 4А
⚡️ Бесплатно

📥 Подробная информация, а также ссылки для регистраций на каждое мероприятие на сайте!

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy Universitetlar Ittifoqi yig‘ilishining tafsilotlari ushbu videorolikda



Подробности заседания Союза тюркских университетов, проходящего в Самарканде, в очередном видеоролике

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz


SAVOL: Bu yil matematika, fizika va kimyo fanlaridan 3-darajali savollar olib tashlandimi?

JAVOB:
Abituriyentlar bu yilgi qabul jarayoniga ham, o‘tgan yilgi singari amaldagi o‘quv dasturlari asosida tayyorlanishi kerak. Ko‘pchilikda testlarning qiyinlik darajasi yuzasidan savollar paydo bo‘ladi.

🔰 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

💠 Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

🟡  oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
🟢  o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
🔵  qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkich ham xuddi shu tartibda amalga oshirilgan.

Shu kabi savollarga javoblar: 👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk
Qabulga doir foydali bot 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
7-iyun kuni Oliy taʼlim,  fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Aburahmonov oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan muloqot oʻtkazdi. 

Yigʻilishda islohotlar davrida oliy taʼlim muassasalarini  zamonaviy boshqaruv masalalaridagi hozirgi holat va mavjud tajribadan kelib chiqib, kelajakdagi qadamlar, yangi islohotlar uchun takliflar muhokama qilindi.

Universitetlar va institutlarda qabul jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish, sifatli taʼlim berishda  ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, ilmiy bazani kuchaytirish, abituriyentlar va talabalar uchun qulay sharoitlar yaratishda  yangi mexanizmlar  boʻyicha fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari italyan tilida chop etildi. 

Kitobni tayyorlashda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov va italiyalik taniqli turkolog, professor Federiko De Rensi ilmiy va adabiy muharrirlar sifatida ishtirok etgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: Menda B2 sertifikati bor. Shunda ijodiy imtihon o‘tkaziladigan universitetlarni ikkitasiga hujjat topshirsam, ijodiy imtihon talab qilinmaydigan boshqa universitetlarga hujjat topshira olamanmi?

JAVOB:
Chet tilidan ijodiy imtihonlar o‘tgan yili 6 ta, joriy yilda esa, 8 ta OTM da o‘tkaziladi. Mana shu 8 ta OTM da o‘tkaziladigan chet tilidan imtihonlarga hujjat topshirgan abituriyentlar boshqa OTM larga hujjat topshira olmaydi.

⭕️ 8 ta OTM muassasasi uchun kirish imtihonlari 4 ta ko‘nikma ijodiy imtihon tarzida o‘tkazilsa, boshqa ta’lim muassasalarida bu imtihonlar test shaklida o‘tkaziladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, chet tillaridan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar quyidagilar:
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
• Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
• Samarqand davlat chet tillari instituti;
• Andijon davlat chet tillari instituti;
• Namangan davlat chet tillari instituti;
quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:
• Toshkent davlat pedagogika universiteti;
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
• Nukus davlat pedagogika instituti.

📌 B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat chet tili blogidan maksimal ball beradi.

Shu kabi savollarga javoblar: 👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk
Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 8-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent moliya institutida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, oliygohda quyosh panellaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Vazirga Toshkent moliya instituti asosiy oʻquv binolariga 550 kVt va 2-sonli talabalar turar joyi binosiga 200 kVt, jami 750 kVt quyosh panellari oʻrnatilganligi bilan bogʻliq taqdimot qilindi. Shuningdek, institut qoshidagi akademik litsey hududida olib borilayotgan 200 kVt quyosh panellari oʻrnatish ishlari haqida maʼlumot berildi. Akademik litsey hududida oʻrnatilayotgan quyosh panellari joriy yilning iyul oyiga qadar yakuniga yetkazilish koʻzda tutilganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng, vazir institut oʻz mablagʻlari hisobidan oliygohning asosiy hududida bunyod etilgan 1 200 oʻrinli oʻquv binosi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mazkur binodagi zamonaviy axborot-resurs markazi faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, talaba-yoshlar va xodimlarning ijodiy salohiyatini oshirish hamda kreativlilikni rivojlantirish maqsadida institutda tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, professor Ortiqali Qozoqovning ijodiy koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube