Edu.uz
158K subscribers
18.1K photos
3.86K videos
231 files
11.4K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 8-qismi davomi: “Seyiston yurishi”, “Bxatiya fathi”, “Mo‘lton fathi”, “Ilikxonning Xurosonga hujumi”, “Navastah Shoh ustiga yurish”, “Baxin qal’asining fathi”, “Nardinga yurish”, “G‘ur fathi” hikoyalari.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/ilkp/aylw/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi!

Joriy yilning 3–6-iyul kunlari axborot texnologiyalari sohasida yangiliklarni bo‘lishish, mazkur sohaga doir dunyo miqyosidagi yangi nazariya va bilimlarni birgalikda muhokama qilish maqsadida “International Conference on Information, System and Convergence Applications” (ICISCA 2023) nomli xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

📚 Ushbu konferensiyada dunyo bo‘ylab barcha ilm-fanga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchi olimlar hamda professorlar ishtirok etishlari mumkin.

🪩 Konferensiya haqida to‘liq ma’lumot olish: https://icisca.newuu.uz/

🗓 Maqola tezislarini yuborish hamda ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 25-may.

🔁 English

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023-y., 206-son) qabul qilindi.

Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

➡️ axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
➡️ matematik statistika;
➡️ algoritmlash asoslari;
➡️ maʼlumotlarni qayta ishlash;
➡️ dasturlash tillari (Python);
➡️ ingliz tili;
➡️ qaror qabul qilish asoslari.

◀️ Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.

Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.

Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):

💰 ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;

🏠 turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;

🍱 oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;

💻 taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;

🧑‍💻 IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;

🧾 oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning CCTV telekanali muxbirlariga bergan intervyusida “Xitoy-Markaziy Osiyo” forumining ahamiyati haqida so‘zladi.

Jumladan, Siandagi shtab-kvartira muxbiriga bergan intervyusida Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega ekanligi va O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining keyingi jadallashuviga turtki berishini aytib o‘tdi.

Mazkur sammit O‘zbekiston uchun katta ahamiyatga ega. Aynan Xitoy bilan bizning ko‘p tomonlama va ishonchli hamkorligimiz mavjud. Bu o‘z o‘rnida ilm-fan, ta’lim va iqtisodiyotda, ayniqsa bilinadi. Yuqori saviyadagi mazkur tadbirda qatnashayotganimizdan xursandmiz.

O‘zbekistondan katta delegatsiya bilan mazkur sammitda ishtirok etish uchun tashrif buyurdik. Va ta’lim, ilm-fan, yangi texnologiyalar borasida ko‘plab yangi hamkorlarni aynan shu forum doirasida topishimizga ishonamiz.

Xitoy bilan esa, hamkorligimiz yanada kengayib borayotganidan xursandmiz
” – dedi vazir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Olimlar_minbari
#15—20.05.2023

📰Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari xalqlarimiz farovonligiga xizmat qiladi” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

«Путь во Всемирную торговую организацию. Что сулит Узбекистану членство в ВТО?» — Каландар АБДУРАХМАНОВ, академик, директор филиала Российского экономического университета им. Г. В. Плеханова в г. Ташкенте;

“Sayyohlik salohiyatini yuksaltirishda ilmiy yondashuvlarning ahamiyati katta” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Toshkent davlat iіtisodiyot universiteti rektori;

“Kambag‘allikni qisqartirish — maoshlar miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent moliya instituti rektori;

“Oliy ta’lim ravnaqidagi eng muhim jihat” — Sharifjon ERGASHEV, Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori;

«Туристский кластер в университете ведет деятельность на основе опыта франции» — Обиджон ХАМИДОВ, ректор Бухарского государственного университета, Аброр ДЖУРАЕВ, проректор университета;

“Sayyohlik sohasida startap g‘oyalar qanday qilib salohiyatni loyihaga, loyihani ish o‘rinlariga aylantirish mumkin?” — Abdulaziz G‘ULOMOV, Bahodir TO‘RAYEV, Toshkent davlat transport universiteti prorektorlari;

«Войти в число топовых медицинских вузов» — Жахонгир ИСРАИЛОВ, проректор Ташкентской медицинской академии;

“Dunyo tan olgan ilm-ma’rifat markazi” — Bakriddin ZARIPOV, O‘zbekiston milliy universiteti professori, akademik;

«Интеграция передовых технологий для устойчивого развития страны» — Саид ГУЛЯМОВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного юридического университета профессор;

“O‘zbekiston – dunyoviy davlat” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

«Реализация принципа разделения власти на местах - вклад в продвижение демократии» — Сурайё АДИЛХОДЖАЕВА, профессор Университета мировой экономики и дипломатии;

“Pilla raqsi” jozibasi yoxud shamolda to‘kilayotgan bodom gullari ifori” — Ravshan JOMONOV, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori;

“Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri sifatli o‘qitish uchun yangi tashabbuslarga beshik bo‘lyapti” — Ravshan IKROMOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti;

«Демократизация и обеспечение равных прав – основа благих свершений и многообещающих реформ» — Баходир ИСМАИЛОВ, заведующий сектором института законадательства и правовой политики при Президенте Республики Узбекистан, профессор; Дильбар ХАЙРУЛЛАЕВА, соискатель Университета мировой экономики и дипломатии.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

Joriy yilning 23-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida “Oʻzbekiston-raqamli hamjamiyatga bir qadam” shiori ostida “Uzbekistan GIS Innovation Program” loyihasi ochilish marosimi o’tkaziladi.

Mazkur loyiha doirasida 23-25-may kunlari vazirlik va idoralar, OTM hamda ITMlarning ushbu sohada faoliyat yurituvchi xodimlari uchun SuperMap dasturidan samarali foydalanishni rivojlantirish maqsadida seminar trening tashkillashtiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerni bosing 👉https://forms.gle/v8PcCZP71htjLAmZ8.

Tadbirning ochilish marosimi 23-may soat 10:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun: “SuperMap” kompaniyasi hozirda dunyodagi eng yirik GIS platformalari uchun dasturiy ta’minot va xizmatlarning innovatsion provayderi boʻlib, Xitoydagi birinchi GIS dasturiy ta’minot kompaniyasi hisoblanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_munosabat

Rost24 internet nashrida e’lon qilingan maqola yuzasidan

Bilim va malakalarni baholash agentligi Rost24 internet nashrida e’lon qilingan “Magistratura uchun Milliy sertifikat tizimi o‘zini oqlayaptimi?” sarlavhali maqolada keltirilgan fikrlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

👉 https://t.me/BaholashUz/5755

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#abituriyent2023

Joriy o‘quv yili qabulida 8 ta OTMda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi

Bular xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
👉 Andijon davlat chet tillar instituti;
👉 Namangan davlat chet tillar institutining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tgan 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlangan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda joriy yilning 26-may kuni “Jamiyatning iqtisodiy transformatsiyasida ta’lim sifatining o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Unda 30 dan ortiq xorijiy davlatdan xalqaro ekspertlar, ta’lim sohasi yetakchilari hamda xalqaro tan olingan akkreditatsiya va reyting tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, respublikamizdagi xorijiy elchixona hamda vakolatxonalar mas’ullari ishtirok etadi.

Xalqaro anjumanda oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlar, OTM faoliyatini “Universitet 4.0.” konsepsiyasi bo‘yicha transformatsiya qilish, ularning xalqaro reytinglardagi o‘rnini ko‘tarish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bosqichma-bosqich institutsional xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga qaratilgan dolzarb mavzular muhokama qilinadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: 👉http://qecets.tsue.uz/#booking

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ilm_fan
#Konferensiya_2023

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitet tomonidan “Barqaror arxitektura – buguni va kelajagining yutuq va muammolari” mavzusida xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Samarqand shahri Registon maydonining Mirzo Ulugʻbek madrasasida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidan, xususan Yaponiya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjondan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari tashrif buyurishdi.

Batafsil: 👉https://t.me/otfiv_rasmiy/1036

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_finali

Bugun, mamlakatimizda ixtirochi yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga start berildi.

Tanlovning respublika bosqichini “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, professor Oqil Salimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov ochib berib, ishtirokchilarga ulkan zafarlar tiladilar.

Yoshlarni yanada ruhlantirish va tanlovga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida konsert dasturi va Inno Techno Park bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#InklyuzivTa’lim_haftaligi

Bu hafta rejaga koʻra, “Inklyuziv ta’lim” mavzusida keng targʻibot ishlari olib boriladi.

Ma’lumki, yangi tahrirlangan Konstitutsiyamizda barcha ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan yoshlar inklyuziv ta’lim bilan ta’minlanishi belgilandi. O‘z navbatida, keyingi yillarda imkoniyati cheklangan yoshlarning oliy ta’lim muassasalarida chuqur bilim va zarur ko‘nikma ega bo‘lishlari uchun har tomonlama sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu hafta sayt va sahifalarimiz orqali aynan shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar keng yoritib boriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 8-qismi davomi: “Nazin fathi”, “Nishopurda ocharchilik”, “Tanishar fathi”, “Nandni qal’asiga hujum”, “Kashmir vodiysiga yurish”, “Xorazmshoh sovchilari”, “Xorazm yurishi” hikoyalari.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/tfmma/ktqn/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavr yo‘nalishida 111 nafar, shuningdek, qisqa muddatli o‘quv kurslariga 100 nafarga yaqin afg‘on yoshlarini qabul qilgan edi.

Kuni kecha markazda 10 oylik o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan 95 nafar o‘quvchiga diplom va sertifikatlarni tantanali topshirish marosi bo‘lib o‘tdi.

📹 Batafsil videolavhada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

Nukus davlat pedagogika instituti bazasida 1 ming 550 oʻrinlik talabalar turar joylari bunyod etilmoqda

📹
Batafsil videolavhada

***
Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı bazasında 1 mıń 550 orınlıq studentler turaq jayları qurılmaqta

📹
Tolıq maǵlıwmat videomaterialda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#profta’lim

704 ta professional ta’lim muassasasida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi tadbirlari o‘tkazilmoqda

Unda 5 279 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 245 563 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari qamrab olinib, ularga o‘rta bo‘g‘in kadrlarning mehnat bozoridagi o‘rni hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilgan sharoitlar tanishtirilib, kasb egallash sirlari yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5359

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube