Edu.uz
159K subscribers
17.8K photos
3.76K videos
230 files
11.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Talabalar xalqaro matematika olimpiadasida faxrli o‘rinlarni egallashdi

Joriy yil 23–28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “OMOUS-2023” xalqaro ochiq matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Germaniya, Vengriya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, O‘zbekiston va Ozarbayjon kabi 20 davlatdan jami 300 ga yaqin talaba qatnashdi. Yurtimizning 13 ta oliy o‘quv yurtidan 40 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi.

Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan talabalar olimpiada dasturida nazarda tutilgan yakkalik va jamoaviy bosqichlarda o‘z bilimlarini sinab, umumiy hisobda 5 ta kumush va 13 ta bronza bilan 4-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Vazirlik jamoasi olimpiadada munosib ishtirok etgan talaba-yoshlar va ularning ustozlarini qutlaydi!👏

Batafsil:
https://edu.uz/uz/news/view/5315

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#profta’lim
#xorijiy_tillar

Professinal ta’lim muassasalarida ta’lim jozibadorligini oshirish va o‘quvchilarga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan:

🔹Nukus tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumida nemis tilini o‘rganayotgan 60 nafar o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida dastlabki test sinovlari o‘tkazildi. Test sinovi natijasiga ko‘ra 53 nafar o‘quvchi A1 darajani qayd etdi.

🔸Namangan viloyatidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda 2-son tibbiyot kolleji o‘quvchilari uchun nemis tili bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etildi. Hududda yana 9 ta professional ta’lim muassasasida ingliz va nemis tillari bo‘yicha bepul o‘quv kurslarida 200 nafar o‘quvchi xorijiy tillarni egallamoqda.

🔹Samarqand viloyatida tibbiyot yo‘nalishidagi texnikum va kollejlarda nemis tili bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Siyob Jamoat salomatligi texnikumida 4 ta guruh tashkil etilgan bo‘lib, har bir guruhda 15 tadan jami 60 nafar o‘quvchi so‘rovnoma asosida qamrab olingan va Samarqand davlat chet tillar institutidan 4 nafar nemis tili o‘qituvchi ularga ta’lim bermoqda.

🔸Sirdaryo viloyatining tibbiyot sohasidagi kollej va texnikumlarida xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. Sirdaryo Jamoat salomatligi texnikumida 15 nafar, Guliston tibbiyot kollejida 16 nafar hamda Yangiyer tibbiyot kollejida 18 nafar o‘quvchi nemis tili fanidan tashkil etilayotgan kurslarda o‘qish istagini bildirgan. Guliston davlat universiteti va pedagogika instituti bilan hamkorlikda har bir taʼlim muassasasiga ikki nafardan malakali xorijiy til o‘qituvchilari ajratildi. Mazkur kurslar haftasiga 3 marotaba o‘tilishi belgilangan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ilm_fan
#innovatsiya

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida respublikamizning barcha hudud va shaharlarida xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” o‘quv dasturiga start berildi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5318


По инициативе Министерства высшего образования, науки и инноваций в рамках проекта Всемирного банка «Модернизация национальной инновационной системы Узбекистана» (MUNIS) группой международных экспертов дан старт обучающей программе «Коммерциализация технологий и реализация стартап проектов» во всех областях и городах нашей республики.

👉https://edu.uz/ru/news/view/5318

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#stajirovka

Akademik litsey o‘quvchilarining Moskvada bir haftalik o‘quv amaliyoti tashkil etildi

23-30-aprel kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “International House Tashkent” akademik litseyining 70 nafar va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining 17 nafar o‘quvchisi hamda 9 nafar kuzatuvchi rahbarligida Rossiya Federatsiyasining eng nufuzli ta’lim muassasalari — Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti va Oliy iqtisodiyot maktabida o‘quv amaliyotini o‘tkazdilar.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5319

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube