Edu.uz
158K subscribers
18.7K photos
4K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#hamkorlik

Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun bepul o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Toshkent shahridagi Amity universiteti hamkorligida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun Sun’iy intellekt asoslari va Buyumlar interneti (Internet of Things - IoT) bo‘yicha bepul o‘quv kursiga start berildi.

Batafsil➡️https://edu.uz/uz/news/view/5168

〰️〰️〰️

Запущен бесплатный учебный курс для учителей среднеобразовательных школ

Дан старт бесплатному учебному курсу по "Основам искусственного интеллекта" и "Интернета вещей" (Internet of Things - IoT) для учителей информатики среднеобразовательных школ при содействии Министерства высшего образования, науки и инноваций, Министерства дошкольного и школьного образования и университета Amity в Ташкенте.

Подробно➡️https://edu.uz/ru/news/view/5168

〰️〰️〰️

School Teachers Technical Skill Development Programme

A free training course on the basics of Artificial Intelligence and the Internet of Things (IoT) has been launched for teachers of informatics of public schools in Tashkent. The course is organized in collaboration of the Ministry of Higher Education, Science and Innovation, the Ministry of Preschool and School Education of the Republic of Uzbekistan and Amity University in Tashkent.

Read more➡️https://edu.uz/en/news/view/5168

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rektorlar bilan navbatdagi yig‘ilish

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan navbatdagi yigʻilish oʻtkazdi.

Unda oliy taʼlim muassasalarida muqobil energiya manbalarini o‘rnatish, tizimidagi jarayonlarni raqamlashtirish va xorijdagi talabalar bilan aloqalarni oʻrnatish borasidagi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Batafsil➡️https://edu.uz/uz/news/view/5169

〰️〰️〰️

Очередная встреча с ректорами

Сегодня, 25 февраля, министр высшего образования, науки и инноваций Иброхим Абдурахмонов провел очередную встречу с ректорам высших образовательных учреждений.

В ней обсуждены актуальные вопросы по установке альтернативных источников энергии в ВОУ, цифровизации образовательных процессов и установлении контактов со студентами, обучающимися в зарубежных вузах.

Подробно➡️https://edu.uz/ru/news/view/5169

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bayonot

5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi, faqat qo‘shimcha imtiyozdan foydalanishi mumkin

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Ushbu notoʻgʻri talqin qilinayotgan xabarlar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha tartib mavjud emas.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

Mazkur tartib 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan boʻlib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratildi.

Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Soʻng tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.

Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini toʻplab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlovda qatnashadi.

2023/2024-oʻquv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga koʻra tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Vaksinauz
COVID-19га қарши вакциналар – ҳозирги ҳолат ва истиқболлар

IntechOpen халқаро илмий адабиётлар нашриёти томонидан Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири, академик Иброҳим Абдураҳмонов таҳрири остида “COVID-19га қарши вакциналар – ҳозирги ҳолат ва истиқболлар» (“COVID-19 Vaccines – Current State and Perspectives”) номли китоби нашр этилди. Китобда коронавирусга қарши яратилган вакциналар тўғрисида сўнгги маълумотлар, тадқиқотлар натижалари, илмий хулосалар тақдим этилган.

👉 Батафсил: https://vaccination.uz/tpost/hadra49b11-covid-19ga-arshi-vaktsinalar-ozirgi-olat

_ _ _ _ _ _ _

Вакцины против Covid -19 - текущее положение и перспективы

Международным издательством InTechOpen опубликована книга "Вакцины против Covid -19 - текущее положение и перспективы" (“COVID-19 Vaccines – Current State and Perspectives”) под редакцией министра высшего образования, науки и инноваций Иброхима Абдурахмонова. В книге собраны результаты исследований, научных выводов по вакцинам против коронавируса.

👉Подробно: https://vaccination.uz/tpost/mo9s6dpfk1-vaktsini-protiv-covid-19-tekuschee-poloz

@vaksinauzb
#Olimlar_minbari
#20.02—25.02.2023

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

➡️«Высшее образование, наука и инновации – точка опоры поступательного развития Узбекистана»Комилжон КАРИМОВ, первый заместитель минстра высшего образования, науки и инноваций;

➡️“Buyuk bobolarimiz merosi – tayanch” – Isajon SULTON, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi;

➡️“Asriy ildizlarga ega yaqin rishtalar” – Gulchehra RIXSIYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori;

➡️“Yuqori ilmiy salohiyatga erishganimiz davlatimiz qaratgan e’tibor samarasidir” – Nodir HAYDAROV, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori, professor;

➡️“Alp – yog‘iyda, alchaq – yog‘ida” yoxud befarqlikka qarshi kurash – chinakam hayot-mamot masalasi” Eldor SHERMANOV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b.;

➡️“Misr tarixida o‘zbeklarning muhim o‘rni” – Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

➡️“Imkoniyat va sharoitdan samarali foydalanish lozim” – Shavkat SHARIPOV, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

➡️“Ehromlar o‘lkasi”dagi muloqotlar ilmning sarhadi keng ekanini namoyon etdi”Nodir ABDULLAYEV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori;

➡️“Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar” – Sanjarbek DAVLETOV, Urganch davlat universiteti birinchi prorektori, professor;

➡️«Профессия – фундамент самодостаточности» – Ражаббой ДУСТМУРАТОВ, профессор Тошкентского государственного экономического университета;

➡️“Yangi O‘zbekistonda demokratik jamiyat va rahbar mas’uliyati” – Shukritdin PAXRUTDINOV, O‘zbekiston milliy universiteti professori;

➡️“Vijdon azobisiz yashash lazzati” – Abduxalil MAVRULOV, O‘zbekiston milliy universiteti professori;

➡️“Pragmatizm — Yangi O‘zbekiston falsafasi” – Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

➡️“Musiqa muallimi qanday bo‘lishi kerak?” – Anvar LUTFULLAYEV, Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani, professor;

➡️“Jizzaxda ikki barobar arzon fotoelektr qurilmalari ishlab chiqariladi” – Urishboy YO‘LDOSHEV, Jizzax politexnika instituti professori;

➡️“Ta’lim – mamlakatni qudratli qiladigan beqiyos kuch” – Akrom KARIMOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

➡️“Munosabatlar doim iliq bo‘lgan” – Ahmad Muhammad Aziz ISMOIL, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri;

➡️«Парадигма динамики действий» – Бобир НАМОЗОВ, заведующий кафедрой Бухарского государственного университета;

➡️“Qadim Buxoro madrasalari bugungi universitetlarning ilk ko‘rinishimi?” – Farrux TEMIROV, Buxoro davlat universiteti kafedra mudiri, dotsent;

➡️«Формирование профессиональных компетенций: обучение в формате «4+2» – Шахзода АБДУЛЛАЕВА, декан факультета ТГПУ имени Низами, профессор; Зарина БАБАЕВА, заведующая кафедрой, и. о. доцента;

➡️«Международный коммерческий суд – нововведение для Узбекистана» Сохиба ИНОЯТОВА, доцент кафедры Ташкентского государственного юридического университета;

➡️«Новое учебное здание института» – Самаркандского государственного института иностранных языков.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektologiya magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Bu haqda Prezidentning 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Bunda, o‘qitish davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

2023/2024-o‘quv yilgi qabul jarayonidan boshlab qabul tartibi, test sinovlari to‘g‘risida abituriyentlarga ma’lumot berish uchun tayyorlanadigan materiallar nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay formatda bo‘lishi, jumladan, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilandi.

Nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun ularning oila a’zosi yoki boshqa shaxslarga oliy ta’lim muassasasida birga bo‘lishiga sharoit yaratiladi.

Shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, ta’lim muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida (joyida) ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslari) qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyoz beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам расширения использования возобновляемых источников энергии.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi

Bu bo‘yicha Prezidentning 2023-yil 24-fevralda “Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–73-son qarori qabul qilindi.

Shunga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli OTMlarning “Ipakchilik va tutchilik” va “Ipakchilik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ushbu fakultetga o‘tkaziladi.

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli OTMlarda qabul to‘xtatiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ta’lim olish muddatiga mos ravishda davom ettiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yengillik

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xotin-qizlarni oliy ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi

Bu haqida batafsil “O‘zbekiston24” reportajida ma’lumot olishingiz mumkin👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Xushxabar

👏 Talabalar “Yosh kitobxon” tanlovi sovrindorlari bo‘lishdi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining so‘nggi 20-30 yosh toifasi bo‘yicha bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Safoyeva Iroda Foziljon qizi 224 ball bilan ikkinchi o‘rinni egallab, 50.000.000 so‘m va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Fayzullayev Azamat Abdullo o‘g‘li 213,6 ball bilan uchinchi o‘ringa loyiq deb topilib, 30.000.000 so‘m pul mukofoti sohibi bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu loyihaning 15-19 yosh toifasi bo‘yicha Samarqand davlat universiteti talabasi Prezident sovg‘asi “Spark” avtomobili sohibasi bo‘lgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

❗️Bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

👉Ro‘yxatni yuklab olish

⚡️Утвержден очередной список группы студентов, которым в порядке исключения разрешено перевести обучение из 8 регионов, граничащих с Украиной

Студентам, включенным в настоящий список, необходимо встретиться с уполномоченными лицами по переводу высшего учебного заведения, в которое они подали заявление.

❗️Это не окончательный список. В ближайшие дни будет объявлена дополнительная информация.

👉Скачать список

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube