Edu.uz
158K subscribers
18.6K photos
3.99K videos
232 files
11.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
PREZIDENT BILAN UCHRASHUV

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida “Fazman tekstil” korxonasida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishish davomida kasb-hunar maktabi o‘quvchilari bilan ham suhbatlashib, birgalikda suratga tushdi.

Namangan shahri va To‘raqo‘rg‘on tumanidagi kasb-hunar maktablari ushbu korxona bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, bugungi kunda 100 ga yaqin o‘quvchi bu yerda dual ta’lim shaklida ish o‘rganmoqda.

Maʼlumot oʼrnida, bugungi kunda viloyatda jami 62 ta professional taʼlim muassasasi boʼlib, shundan 11 tasida dual taʼlim asosida 422 nafar oʻquvchi kasb-hunar egallamoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashabbuskor_talaba

“Prezident bilan nafaqat uchrashish, balki taklifimni bildirish baxtiga ham muyassar boʻldim” — talaba

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Davlatobod tumanidagi kutubxonada yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazib, ular bilan loyihalar va tashabbuslar haqida muloqot qildi.

Unda ishtirok etgan Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi Oyshaxon Qodirova oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#foydali

8-DARS:
@eduuz tavsiya etadi

Obunachilarimiz taklifiga binoan, “Ibrat farzandlari” loyihasining Youtube platformasidagi bepul darslarini kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib bormoqdamiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha SAKKIZINCHI darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili; 👉 Nemis tili;

👉 Turk tili; 👉 Rus tili.

1-darslar:👉 https://t.me/eduuz/11826
2-darslar:👉
https://t.me/eduuz/11838
3-darslar:👉
https://t.me/eduuz/11852
4-darslar:
👉 https://t.me/eduuz/11871
5-darslar:
👉 https://t.me/eduuz/11917
6-darslar:
👉 https://t.me/eduuz/11928
7-darslar:
👉 https://t.me/eduuz/11941

Foydali bot:👉
@eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumot

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.

📌 Shu sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.

Hozirgi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot bazasini qabul qilib olish, u asosida axborot tizimi ishlab chiqish va uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

📋 Mazkur jarayonlar ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda ushbu xizmatlarni mart oyida ishga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika

edu.mininnovation.uz/ muloqot portali orqali oliy va professional ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohasi bo‘yicha kelib tushgan takliflar raqamlarda

Soha bo‘yicha fikrlaringiz bo‘lsa, siz ham tashabbus ko‘rsating!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

OTMlar orasida ilk bora Toshkent davlat yuridik universitetida “Elektron universitet” tizimi joriy etildi


📹 Tizim imkoniyatlari haqida batafsil “O‘zbekiston24” lavhasida

Впервые среди вузов страны в Ташкентском государственном юридическом университете внедрена система «Электронный университет»

📹
Подробнее о возможностях системы – в репортаже «Узбекистон 24»

For the first time among universities, the “Electronic University” system has been introduced at Tashkent State University of Law

📹
More about the capabilities of the system in the report “Uzbekiston24”

👉
https://youtu.be/DjL1AvKM-Wo

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Olimlar_minbari
#30.01—04.02.2023

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

➡️“Navoiy merosini teran oʻrganish yoʻlida” Gulchehra RIXSIYEVA, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori; Muhammad ALI, Boqijon TOʻXLIYEV, Qosimjon SODIQOV, Qudratulla OMONOV universitet professorlari;

➡️“Yetuk tibbiy kadrlar tayyorlash – bosh maqsadimiz” – Nodir HAYDAROV, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori;

➡️«От электронного – к цифровому правительству» – Музаффар ДЖАЛАЛОВ, и.о. ректора Университета Инха в Ташкенте;

➡️“Sogʻlom xalq – har bir davlatning muhim boyligi” – Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori;

➡️«ВИЭ: Дешево, безопасно, экологичеки често» – Алишер УСМАНКУЛОВ, ректор Джизакского политехнического института;

➡️«Подготовка специалистов – прочный фундамент на будущее» – Абдулла МАГРУПОВ, исполнительный директор Филиала нефти и газа имени И.М.Губкина в городе Ташкенте; Динара ТАКТАШЕВА, старший преподаватель Филиала;

➡️“Taʼlimdagi oʻziga xos koʻprik. Kadrlar sifati va raqobatbardoshligi shunga bogʻliq” – Abdugʻaffor JOʻRAYEV, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori v.b.;

➡️“Faol fuqarolik pozitsiyasi – jamiyat rivoji asosi” Nodir YUSUPOV, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori oʻrinbosari;

➡️“Innovatsion hududlar muammoni imkoniyatga aylantiruvchi drayver” – Oybek OTAMURATOV, Innovatsion rivojlanish agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi;

➡️«Качественное образование – залог успешного будущего» Барно АБДУЛЛАЕВА, проректор Ташкентского государственного педагогического университета;

➡️“Milliy birlik – yangi Oʻzbekistonni barpo etishning eng muhim ustuvor omili” – Abduxalil MAVRULOV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori;

➡️“Kasb-hunar egasi – jamiyat boyligi” – Rajabboy DOʻSTMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

➡️«Нацелены на достижение намеченных высот» – Юлдуз ЭРГАШЕВА, профессор Каршинского инженерно-экономического института;

➡️“Alisher Navoiyning xorijda saqlanayotgan qoʻlyozmalarini aniqlash va oʻrganish borasidagi ishlar qanday samara bermoqda?” – Gulnoza XOLLIYEVA, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori;

➡️«Реформирование судебно – правовой ситемы по принципу «Новый Узбекистан – новый суд» Бахтияр ХИДОЯТОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

➡️“Andijonda Bobur nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish katta imkoniyatlar eshigini ochadi” – Rustam SHAMSUTDINOV, Andijon davlat universiteti huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori, professor;

➡️“Oʻzbekiston taraqqiyotning yangi burilish nuqtasida” – Mansur MANSUROV, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kafedra mudiri, dotsent;

➡️«От границы мира – к безграничным перспективам» – Зиёдулла ПУЛАТХОДЖАЕВ, доктор философии по политическим наукам Университета мировой экономики и дипломатии;

➡️“Yoshlik dahosi barkamol avlod siyrati va tiynatida aks etsin”Bekzod NARIMONOV, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti;

➡️«Немеркнущая ценности наледия» – Маъмуржон САИДХОНОВ, доцент Андижанского государственного университета.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tolerantlik

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Millatlararo totuvlik va xalqlar doʻstligi” shiori ostida doʻstlik festivali boʻlib oʻtdi.

📹 Festivaldan videolavha

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda!

Tanlovda har bir jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashmoqdalar.

➡️Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvda Samarqand davlat universitetining “Behbudiy izdoshlari” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
🔴2-o‘rinni Samarqand davlat universiteti Urgut filiali jamoasi, 3-o‘rinni esa O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti jamoalari qo‘lga kiritdi.

➡️Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi bellashuv Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tdi va yakunda mezbon jamoa, “NamDU nihollari” 1-o‘rinni egallab keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🔴2-o‘rinni Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi, 3-o‘rinni esa Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan davlat chet tillari instituti jamoalari qo‘lga kiritdi.

➡️Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi bellashuvda esa Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Hurriyat” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ular ham keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.
🔴2-o‘rinni Toshkent davlat agrar universiteti “Maʼnaviyat yuragi” jamoasi, 3-o‘rinni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Texnika yulduzlari” jamoasi egalladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM