Edu.uz
163K subscribers
18.9K photos
4.04K videos
232 files
11.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining 2023-yilgi rejalari muhokama qilindi

6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilgan yig‘ilishda paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar, xususiy urug‘chilik korxonalari, klaster xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishga Paxtachilik kengashi raisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.

_ _ _ _ _ _
6 января текущего года состоялось заседание Совета по хлопководству при Президенте Республики Узбекистан. В совещании, проходившем в формате онлайн и офлайн, приняли участие руководители НИИ хлопководства, ученые, руководители частных семеноводческих предприятий, руководители кластерных хозяйств. Заседание вел председатель Совета по хлопководству, министр высшего образования, науки и инноваций, академик Иброхим Абдурахмонов.

@Ibrokhim_Abdurakhmonov

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
#Infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan yangi
edu.mininnovation.uz/ muloqot portaliga bir sutka davomida 283 taklif kelib tushdi.

Oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar sohasi bo‘yicha fikrlaringiz bo‘lsa, siz ham tashabbus ko‘rsating!
_ _ _ _ _ _ _

На вновь созданный портал коммуникаций Министерства высшего образования, науки и инноваций edu.mininnovation.uz/ поступило 283 обращения за сутки.

Если у вас есть предложения в сферах высшего образования, науки и инноваций, проявите инициативу и оставьте их по указанной ссылке.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
MUNOSABAT

Kun.uz saytida  “Oʻzbekiston eng innovatsion mamlakatlar reytingida 82-oʻrinda qayd etildi” sarlavha bilan chop etilgan maqola “Oʻzbekiston 132 ta mamlakat ichida eng quyi oʻrinlarni egalladi” degan gap bilan boshlanib, unda turli mamlakatlarning ushbu reytingdagi oʻrinlari sanab oʻtilgan. Aynan mana shu birinchi gap oʻquvchiga noxolis maʼlumot berishga xizmat qilib, Oʻzbekistonning Global innovatsion indeksda soʻnggi yillarda erishgan natijalarini kamsitishga xizmat qilyapti, deb hisoblaymiz.

Avvalambor, Oʻzbekiston mazkur reytingda 2015-yilga nisbatan 40 pogʻona koʻtarilganini taʼkidlab oʻtishimiz kerak. Hozirda yurtimiz mazkur reytingda 82-oʻrinni egallagan va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish strategiyasida 2030-yilda mamlakatimiz mazkur reytingning 50 ta eng yaxshi davlatlari qatoriga kirishni maqsad qilgan.

GII tadqiqotning 2022-yilgi maʼruzasida yurtimizning ilmiy va innovatsion faoliyati tahlili ham keltirilgan (https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/wipo_pub_2000_2022/uz.pdf). Aynan shu yili mintaqalar kesimida 3 tadan mamlakat “2022-yilda innovatsiyalar boʻyicha global yetakchilar” sifatida alohida qayd etildi – Oʻzbekiston ilk bora mana shu eʼtirof etilgan mamlakatlar safidan oʻrin oldi. Yaʼni Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida Hindiston va Erondan keyin innovatsiyalar boʻyicha top-3 davlatlardan biri boʻldi.

2020-yildan buyon aholi jon boshiga oʻrtacha daromaddan past mamlakatlar guruhidan Oʻzbekiston ham ushbu roʻyxatga kiritilgan. Shu munosabat bilan aholi jon boshiga oʻrtacha daromadi past boʻlgan mamlakatlarni sarhisob qilish ushbu guruhdagi eng rivojlanayotgan mamlakatlarni aniqlash imkonini beradi. 2022-yilda Oʻzbekiston GII reytingi tarixida birinchi marta aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotda innovatsiyalarga sarflangan mablagʻlar darajasidan qatʼi nazar, innovatsion rivojlanish boʻyicha kutilganidan yuqori yutuqlarga erishgan davlatlarning TOP-10 taligiga kirdi.

GII reytingida 40 pogʻona oʻsishimiz aynan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida roʻy berdi. Va buni inkor qilish, “eng quyi oʻrinlarni egalladi” deyish haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Yurtimiz innovatsion rivojlanishi koʻrsatkichlari keng qamrovli boʻlib, uni takomillashtirish uchun turli sohalarni yanada rivojlantirish talab etiladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi yangi vazirlik – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi agentlik boʻlib faoliyatini davom ettirarkan, oʻz oldiga katta marralarni qoʻygan – 2022–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalar bajarilmoqda. Mazkur strategiyani amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlarining birinchisi ham Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilashdir.

Shuningdek, 2022-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi milliy maʼruzasida (https://online.pubhtml5.com/fkya/kovr/) Global innovatsion indeks tahlili va shu sohalardagi dinamikani koʻrishingiz mumkin.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

👉Tanlovda ishtirok etish: https://t.me/kitobtanlovbot?start=1

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jinoyat va jazo.pdf
21.1 MB
📚 “Kitobxon yoshlar” tanlovida vazifa qilib berilgan kitoblarning elektron variantlari

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
#Olimlar_minbari
#26.12.2022—01.01.2023

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

➡️“Kreativ iqtisodiyot – yaratuvchanlikka tayangan iqtisodiyot” Ibrohim ABDURAHMONOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik;

➡️“Prezident Murojaatnomasi – mamlakat taraqqiyotining yangi davri dasturi”Sodiq SAFOYEV, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori, Senat raisining birinchi oʻrinbosari;

➡️“Xalqimiz – beqiyos boyligimiz, uning salohiyati yuqori daromadli, intellekttalab ishga munosib”Sherzodxon QUDRATXOʻJA, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor;

➡️“Biz orzu qilgan muhandis xalqimiz koʻnglidagi jamiyatni qurishda ishtirok etadi”Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor;

➡️“Zamonaviy oʻqituvchilar yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari safida turadi”Abdugʻaffor QIRGʻIZBOYEV, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori;

➡️“Yechim – illatning oʻzi bilan emas, sababi bilan kurashishda” Akromjon YOʻLDOSHEV, Andijon davlat universiteti rektori;

➡️“Milliy yuksalish uchun muhim dastur”Sobitxon TURGʻUNOV, Namangan davlat universiteti rektori;

➡️“Xalqimiz orzusining yorqin ifodasi”Ahmed REYMOV, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, professor;

➡️“Taʼlim va tibbiyot uygʻunligi zimmamizdagi masʼuliyatni ikki karra oshiradi”Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor;

➡️“Ixcham va samarali davlat boshqaruvi tizimiga oʻtish davr talabi” Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;

➡️“Barqarorlik uchun doim ogohlik kerak”Aziz AMONOV, Buxoro davlat universiteti prorektori;

➡️“Yurt kelajagini malakali kadrlar belgilaydi” Mustafoqul OʻROZOV, Termiz muhandislik-texnologiya instituti prorektori;

➡️“Yangi Oʻzbekiston renessans muzeyi xalqimizning noyob tarixiy merosi, betakror madaniyati va ilm-fan yutuqlarining chinakam koʻzgusiga aylanadi”Bakriddin ZARIPOV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori;

➡️“Ham olima, ham tadbirkor sifatida kashf etildim” Dilfuza AZIMOVA, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti;

➡️“Jamiyatning yangi qiyofasi taʼlim-tarbiya va ilm-fan ruhi bilan shakllanmoqda” Jamshid YUSUPOV, Oʻzbekiston milliy universiteti dotsenti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#04.01—07.01.2023

➡️“Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat”Toʻlqin TESHABOYEV, Toshkent moliya instituti rektori, professor;

➡️«Ташкентская медицинская академия: гуманные традиции на протяжении вековой истории» Алишер ШАДМАНОВ, ректор Ташкентской медицинской академии; Гульнара РАХИМБАЕВА, советник ректора;

➡️«Ключ к процветанию – в образовании, воспитании, знаниях»Музаффар ДЖАЛАЛОВ, и.о. ректора университета Инха в Ташкенте;

➡️“Jamiyatning tayanch nuqtasi – taʼlim” Oʻktam SALOMOV, Fargʻona politexnika instituti rektori;

➡️«Ключ к процветанию»Собитхон ТУРГУНОВ, ректор Наманганского государственного университета;

➡️«Условия обеспечат качество» Бахром АБДУЛЛАЕВ, ректор Ургенчского государственного университета;

➡️“2023-yil – Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili – zamonaviy ilm-fan rivojiga mustahkam asos”Olim TOʻRAQULOV, Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali direktori;

➡️«Выпускники АГМИ – в первых рядах созидателей нового Узбекистана» Мадамин МАДАЗИМОВ, Андижанского государственного медицинского института;

➡️“Akademik halollik zamonaviy tamoyillar va maqsadlarga uygʻun” Nodirbek SALAYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

➡️“Ilm-fan taraqqiyotning jon ila tani” Baxtiyor ABDUSHUKUROV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori;

➡️“Taʼlim sifati, pedagog masʼuliyati Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotini ildamlatuvchi muhim drayver”Saidahror GʻULOMOV, akademik; Mamayunus PARDAYEV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori;

➡️“Bioiqtisodiyot – bilimga asoslangan sanoat” Hulkar TUROBOVA, Buxoro davlat universiteti dotsenti;

➡️«Нужна мобильность новых идей»Феруза ФАИЗОВА, доктор философии (PhD) по филологическим наукам Национального университета Узбекистана.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E’lon

Qishki ta’tilni “Zakovat” bilan o‘tkazing!

Barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til muddati uzaytirilgani sababli, o‘quvchilar va talabalarning, umuman, barcha aholining vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Zakovat viktorinasi” tashkil etilmoqda!

🔛Viktorinada ertadan, 10-yanvardan boshlab 6 kun davomida har kuni 5 tadan mantiqiy savollar berib boriladi.

Savollar @zakovat telegram kanalida har kuni soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da bittadan e’lon qilib boriladi.

Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchiga 1 ball beriladi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lishlari uchun o‘z hisoblariga imkon qadar ko‘proq ball to‘plashlari lozim bo‘ladi. 6 kun davomida jami 30 ta savol o‘ynalganidan keyin ballar bo‘yicha “Kuchli uchlik”ka kirgan ishtirokchilarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilinadi!

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi: 👉@zakovat_intellektual_bot

❗️Eslatma: Viktorina ishtirokchilariga hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lib, unda barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Talabalar uchun mustaqil bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi onlayn loyihalar tavsiya etiladi.

👉 Onlayndarslar.uz — IT va dasturlash, kompyuter grafikasi, moliya va biznes hamda xorijiy tillar yo‘nalishlarida kurslar jamlanmasi https://onlinedars.uz/;

👉 e-kasb.uz kasb-hunar platformasi — 24 ta mutaxassislik bo‘yicha bepul onlayn darslar https://e-kasb.uz;

👉 Millionga yaqin elektron kitoblarni jamlagan “Kutubxona” ilovasi. Ushbu ilova orqali kitob o‘qigan holda pul topish imkoniyatlari ham mavjud https://play.google.com/store/apps/details?id=com.uzxteam.kutubxona;

👉 “Google education” — individual ta’lim olish imkoniyatini beruvchi platforlarma https://edu.google.com;

👉 “Men kimman” — kasblar to‘g‘risida eng qiziqarli ma’lumotlar beruvchi loyiha https://www.youtube.com/watch?v=RUw2ZVkg9P0&list=RDCMUCISTK0a6OXQcNREzF82XRaA&index=12.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Infografika

Oliy ta’limga oid muammo va takliflar o‘rganilmoqda

edu.mininnovation.uz/ muloqot portali orqali oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar sohasi bo‘yicha fikrlaringiz bo‘lsa, siz ham tashabbus ko‘rsating!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabaga_qulaylik

HEMISda
talaba uchun yana bir qulaylik

Talaba kabinetining asosiy sahifasidagi tezkor murojaat ikonkalaridan qulay foydalanish uchun ular 4 guruhga ajratildi:

1️⃣ Fanlar va resurslar — bu guruhda oʻquv reja, dars va nazorat jadvallari, fan tanlovi va fan resurslaridan foydalanish mumkin.

2️⃣ Oʻquv faoliyati — bu guruhda talabaning davomat va oʻzlashtirishi, imtihonlar va reyting daftarchasidan foydalanish mumkin.

3️⃣ Qayta oʻqish — bu guruhda qayta oʻqishga ariza berish, qayta oʻqishning dars va nazorat jadvali hamda oʻzlashtirish natijasidan foydalanish mumkin.

4️⃣ Hujjatlar roʻyxati — bu guruhda talaba faoliyatida zarur boʻladigan hujjatlarga soʻrov berish va hujjatlardan foydalanish mumkin.

Ma’lumot oʻrnida, oliy ta’limni raqamlashtirish orqali oʻquv jarayoniga taalluqli 30 ga yaqin qogʻoz hujjat elektron shaklga oʻtkazilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oliy taʼlim tizimining rivoji uchun yangi imkoniyatlar
———
Новые возможности для развития системы высшего образования

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishga tushirilgan https://edu.mininnovation.uz/ platformasida “Professional ta’lim” bo‘limi ham qo‘shildi.

Endi siz texnikum, kollej va kasb-hunar maktablaridagi taʼlim sifatini yanada oshirish borasidagi muammolar, shuningdek, sohaga doir taklif va tashabbuslarni yuborishingiz mumkin.

📝Bildirilgan takliflar vazirlik mutaxassislari tomonidan oʻrganiladi, ular asosida muammolar hal etilib, yangi tashabbuslar joriy etiladi.

🤝Taʼlim tizimini birgalikda isloh etaylik!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Misr universitetlari oʻrtasida aloqalar yanada mustahkamlanadi

Ushbu mavzuda fikr almashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Misr Arab Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

👉На русском
👉In English

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube