Edu.uz
141K subscribers
15K photos
2.92K videos
205 files
10.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Sh.Mirziyoyev: yoshlar bilan ishlashda Navoiy tajribasi yaratiladi

Bu yil navoiylik yoshlar OTMlarga kirish boʻyicha respublikada birinchi oʻrinni egallashdi.

Shuningdek, sharoiti ogʻir talabalarga 6,5 milliard soʻm kontrakt pullari toʻlab berilgan.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev navoiylik yoshlar bilan boʻlgan muloqotda maʼlum qildi.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari taʼlimga Finlyandiya tajribasining joriy etilishi haqida

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
#Bilasizmi

2021-yilgi milliy reytingda qaysi akademik litseylar TOP-5 talikdan joy olgan?

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil yakunlari boʻyicha e'lon qilingan milliy reytingda yurtimizning 5 ta akademik litseyi 4 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatib, TOP-5 talikdan o‘rin oldi. Ular:

➡️“TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining “International house Tashkent" akademik litseyi;
➡️Toshkent xalqaro vestminster universiteti akademik litseyi;
➡️Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi;
➡️Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi;
➡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi.

Maʼlumot o‘rnida, milliy reytingda 65 ta akademik litseyning 7 ta indikator bo‘yicha faoliyati samaradorligi baholangan.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Professional ta’lim muassasalari o‘tgan ikki oyda qo‘shimcha 100 mingdan ortiq yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlandi

Joriy yil yakuniga qadar yana 38 nomdagi 29 874 nusxada o‘quv adabiyotlarni chop etish ishlari yakunlanib, professional ta’lim muassasalariga yetkazish rejalashtirilgan.

➡️ Batafsil ushbu havolada

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_forum

Parijda Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumi boʻlib oʻtadi

Joriy yil 28–30-noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumi boʻlib oʻtadi. Ushbu forumda ishtirok etish maqsadida hozirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi bir guruh oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Parijda boʻlib turibdi.

Quvonarlisi, ushbu forum shu kunlarda Fransiya poytaxtida har yili anʼanaviy tarzda oʻtadigan “Campus France–2022 uchrashuvlari” doirasida boʻlib oʻtmoqda. Fransiya universitetlaridan 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari, professorlar ishtirok etishi koʻzda tutilgan mazkur xalqaro tadbir fransuz oliy taʼlimi va xorijdagi tadqiqotlar jozibadorligini oshirishga yordam beradigan maxsus muloqot maydoni hisoblanadi.

Tashrif doirasida ikki davlat oliy taʼlim sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bir qator kelishuvlarga erishish hamda yakkama-yakka muloqotlar olib borish, mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari va Fransiya taʼlim maskanlari bilan hamkorlikda madaniy tadbirlar ham oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijlik fuqarolar uchun “O‘zbek maktabi” ochildi

Shuningdek, tadbir doirasida universitet o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Xorijliklar uchun o‘zbek tili”darsligining taqdimoti ham bo‘ldi.

A1 daraja uchun mo‘ljallangan ushbu darslik oddiydan murakkabga tomon mantiqan uzviylikda tuzilgan 12 mavzudan iborat bo‘lib, tinglovchi harflardan jumla tuzishgacha bo‘lgan yozish (writing), gapirish (speaking), o‘qish (reading), tinglash (listening) ko‘nikmalarni egallashga imkon yaratadi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
#Xalqaro_forum

Birozdan soʻng Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumi oʻz ishini boshlaydi. Xalqaro anjumanda Fransiya tomonidan 152 ta va Oʻzbekiston tomonidan 20 ta oliy taʼlim muassasasi rahbarlari, shuningdek vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.

Navbatdagi forum ishida Fransiya universitetlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, bir qator yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim va ikki tomonlama diplom beruvchi dasturlarni yoʻlga qoʻyish, fransuz mutaxassislarini Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli maʼruza oʻqish, seminarlarni tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Forum doirasida B2B formatida rektorlar uchrashuvi oʻtkazilishi, anglashuv memorandumi, bitim hamda yoʻl xaritalari imzolanishi kutilmoqda. Imzolanajak hujjatlar asosan yurtimizdagi qator taʼlim maskanlarida “Xalqaro mehmonxona menejmenti” magistratura dasturini yoʻlga qoʻyish, pedagogik kadrlar malakasini oshirish, tibbiyot sohasida simulyatsion taʼlimni joriy etishga xizmat qiladi.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlikning_amaliy_ijrosi

Sh.Qudratxo‘ja: qachonki ilm-fan bo‘lsa, taraqqiyot bo‘ladi

Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri boshchiligidagi 20 ta OTM rektori xalqaro forum doirasida Fransiyada bo‘lib turibdi

Xalqaro press-klubning “O‘zbekiston – Fransiya: ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi sessiyasidan

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
#Xalqaro_forum

Fransiya-Oʻzbekiston forumi: oliy taʼlimdagi samarali hamkorlikning muhim omili

Fransiya poytaxtida 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari va professorlarni jamlagan “Campus France–2022” hamda Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Forumni “Campus France” tashkiloti rahbari Donatyen Issard xonim kirish soʻzi bilan ochib, taʼlim sohasida yaqindan hamkorlik oʻrnatish maqsadida tashrif buyurgan Oʻzbekiston delegatsiyasiga alohida minnatdorlik bildirdi. Soʻzga chiqqanlar ikki davlat hamkorligi, jumladan oliy taʼlim sohasidagi aloqalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda soʻz olgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov uchrashuv har ikkala tomon uchun ham gʻoyat muhim va ahamiyatli ekani, oʻz navbatida, ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik yildan yilga kengayib, mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.

"Ushbu forum universitetlararo yangi toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar bogʻlash, kadrlar tayyorlash, taʼlim va ilm-fan sohalarida olib borilayotgan jarayonlar borasida fikr-mulohaza va tajriba almashishga xizmat qiladi, – dedi A.Toshqulov.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xalqaro hamkorlikda 100 dan ortiq xorijiy, jumladan AQSH, Germaniya, Rossiya, Belorus, Gollandiya, Isroil, Italiya, Finlyandiya, Chexiya, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi davlatlarining nufuzli universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatib, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlab kelmoqda.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari Fransiyaning Parij xalqaro moda akademiyasi, “Vatel” mehmonxona va turizm biznes maktabi, ENAC (ENAK) Milliy aviatsiya maktabi, Panteon-Sarbonna, Strasburg, Serji Pontuaz, Bordo, Puatye, Lotaringiya universitetlari bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Forum ishida universitetlararo ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish boʻyicha samarali munozara, tajriba almashish va istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube