Ta’lim va tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi
14-16-noyabr kunlari Toshkentda YUNESKOning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga bag‘ishlangan II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda YUNESKO Bosh kotibi Odre Azule konferensiya ochilishida ishtirok etib, nutq so‘zladi.
“O‘zbekistonda olib borayotgan demokratik islohotlarimiz jarayonida ta’lim tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.
Jumladan, so‘nggi yillarda oliy o‘quv muassasalari soni qariyb 2,5 barobar ko‘payib, 186 taga yetdi. Ularning 31 tasi dunyodagi yetakchi universitet va institutlarning filiallaridir.
Oliygohlarga qabul kvotasi 3,5 barobarga ortganini, oliy ta’lim qamrovi esa 9 foizdan 38 foizgacha oshganini qayd etish lozim.
Biz yurtimizda uchinchi renessansni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz.
Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz.
Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz” — dedi davlatimiz rahbari.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Xalqaro_hamkorlik
Oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashdi.
➡️ Batafsil ushbu havolada

S.Djannini: Oʻzbekistondagi oliy va professional taʼlim xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Bugun, shuningdek vazir A.Toshqulov YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi doirasida YUNESKO Bosh direktorining taʼlim masalalari boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Djannini xonim bilan ham uchrashib, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

#so‘rovnoma
OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?
📋 YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
📌 So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.
✅ So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.
So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring.
👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun 👈

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
🔥 O‘zMU talabasi Svetlana Osipova – Jahon chempiontida tarixiy natija ko‘rsatdi!
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan talabamiz Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etib, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kunda bayrog‘imizni Meksikada baland ko‘tardi🇺🇿
Dastlab AQSH vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 🥇oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Svetlana o‘zbek taekvondosi tarixidagi ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi!
🎉 Tarixiy g‘alaba muborak bo‘lsin!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥 O‘zMU talabasi Svetlana Osipova – Jahon chempiontida tarixiy natija ko‘rsatdi!
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan talabamiz Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etib, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kunda bayrog‘imizni Meksikada baland ko‘tardi
Dastlab AQSH vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 🥇oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Svetlana o‘zbek taekvondosi tarixidagi ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi!
🎉 Tarixiy g‘alaba muborak bo‘lsin!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Oʻzbekiston talabasi” jurnali chop etila boshlandi
Ushbu bosma nashr talabalar hayoti bilan bogʻliq bir-biridan qiziqarli maqola va xabarlarni oʻz ichiga oladi.
Ommabop nashrda, shuningdek, koʻpchilikka manzur boʻladigan materiallar ham joy olgan. Xususan, mamlakatimizdagi vazirlarning qaysi oliy oʻquv yurtida tahsil olgani, dunyo universitetlari reytingi, yaponiyalik yosh onaning hasratlari, Navoiy zamonidagi stipendiya, “Chilim, bu – sen yaqinlashayotgan oʻlim” hamda oʻzbek futbolining bugungi yosh yulduzi Eldor Shomurodovning muvaffaqiyat yoʻli kabi bir-biridan qiziq maqolalar katta ishtiyoq bilan oʻqiladi.
Bir soʻz bilan aytganda talabalarga oid eng sara maqola va xabarlar sizlarga manzur boʻladi.

#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i
🇺🇿 Xalqlar Do‘stligi san’at saroyi maydonida davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiridan videolavha
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿 Xalqlar Do‘stligi san’at saroyi maydonida davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiridan videolavha
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
Italiya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi
Shu kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Rahimjon Hakimov boshchiligidagi delegatsiya Italiyada safarda bo‘lib, doktoranturada sifatni ta’minlash tajribasini o‘rganish, ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim sohalarida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelishuvlarga erishish yuzasidan qator muzokaralar olib bormoqda.