Edu.uz
163K subscribers
18.9K photos
4.04K videos
232 files
11.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Marafon_LIVE

⚡️Yangi nafas” yugurish marafoni

🇺🇿Ayni daqiqa 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan respublikamizning 15 ta (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Chirchiq, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Urganch, Nukus, Toshkent) shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

«1 ta vatanda 1 ta vaqtda, 1 ta masofaga, 1 ta maqsadda – Birga yuguramiz» shiori ostidagi mazkur o‘ziga xos aksiyada 85 ta oliy ta’lim muassasasining 27 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashmoqda.

Toshkent shahrining «Humo Arena» muz saroyi hududida o‘tkazilayotgan tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, sport sohasidagi bir qator mas'ullar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ham ishtirok etmoqda.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Marafon_LIVE

⚡️“Yangi nafas” yugurish marafoni

Ayni vaqtda “Yangi nafas” yugurish musobaqasi tadbirida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov nutq so‘zlab, tadbir ishtirokchilariga marafonning talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdagi ahamiyati, bugun sport, jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish masalalariga davlatimiz rahbari va hukumat darajasida alohida e’tibor qaratilayotganini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, bu kabi tadbirlar yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanib, ishtirokchilarga omad tilandi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Marafon_LIVE
#Yangi_nafas

“Oʻylaymanki, anʼanaviy tus olgan ushbu marafon yil sayin juda koʻplab yoshlar va vatandoshlarimizni o‘z atrofida birlashtiradi” – A.Toshqulov.

Vazirning “Yangi nafas” yugurish musobaqasi tadbirida so‘zlagan nutqi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Marafon
#Yangi_nafas

Respublika miqyosida 30 mingdan ziyod ko‘ngillilar ishtirok etgan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” shiori ostida o‘tgan “Yangi nafas” marafonidan videolavha

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#MUHIM

⚡️Magistraturaga kirolmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq joriy oʻquv yilida faqatgina davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga С1, В2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega boʻlib, hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba boʻlolmaganlarga belgilangan bazaviy toʻlov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi toʻlov asosida magistraturada oʻqish imkoniyati yaratildi.

Oʻqish istagini bildirganlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUHIM

⚡️Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning tegishli qaroriga koʻra abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi belgilangan.

👉Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Edu.uz pinned a photo
​​#Professor_minbari
#07.11 — 12.11.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

🟢“Osiyo universitetlari reytingi OTMning xalqaro miqyosdagi nufuziga, ilmiy salohiyatiga ko‘zgudir”Abdug‘affor QIRG‘IZBOYEV, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori;

🟠“Raqamlashtirish sohasida o‘zaro hamkorlik turkiy davlatlar o‘rtasida aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga zamin yaratadi” Muzaffar JALOLOV, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori;

🔵 “O‘zbekistonning turkiy dunyo va Yevroosiyo barqarorligidagi o‘rni” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori;

😀“Davlat va xususiy ta’lim tengligi kafolatlanmoqda” — Sobitxon TURG‘UNOV, Namangan davlat universiteti rektori;

🟢“Milliy ta’lim jahon ilm-fani va amaliyotiga integratsiya qilinishi zarur”Akmal SIDIQOV, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori;

🟠“Ekin yetishtirish smartfonda boshqariladi. Qishloq xo‘jaligida raqamli transformatsiyani joriy etish natijalari”Shavkat HASANOV, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali direktori;

🔵“O‘zbekiston OTMlari nufuzli reytingda. Ular Osiyoning eng yetakchi universitetlari qatoridan joy egalladi”Raima SHIRINOVA, O‘zbekiston milliy universiteti prorektori;

😀«Самаркандский саммит ОТГ: Новые тенденции и стратегически важные задачи» Нодир АБДУЛЛАЕВ, проректор Ташкентского государственного университета востоковедения;

🟢 “Ona tilimizning nufuzini oshirish har birimizga bog‘liq”Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori;

🟠“Milliy nomlarimiz yurtimiz ko‘rkiga aylanadi” — Inomjon AZIMOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi markaz direktori; Muyassar SAPARNIYAZOVA, universitet dotsenti;

🔵“Oziq-ovqat xavsizligini ta’minlash – hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi” — Laylo TOSHPO‘LATOVA, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi markaz rahbari;

😀 “Turk” so‘zi ilk bor qo‘llanilgan toshbitik” — Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori;

🟢«Цифровая трансформация и обновленный вектор развития организации тюркских государств» — Абдулазиз РАСУЛЕВ, заместитель директора Исследовательского института при Министерстве юстиции; Шохжахон ХУЖАЕВ, заведующий кафедрой Ташкентского государственного юридического университета;

🟠 “Farg‘onaning betakror san’at maktabi” Sultonali MANNOPOV, Farg‘ona davlat universiteti kafedra mudiri;

🔵«Широкий диапазон приложения сил»Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор Ташкентский государственный юридический университет;

😀«В духе времени: правовое регулирование применения электронной цифровой подписи»Лейла БУРХАНОВА, доцент Ташкентский государственный юридический университет;

🟢“Tashkilot salohiyatining yanada kengayishi institutsional o‘zgarishlarga bog‘liq” — Bekzod NARIMONOV, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti;

🟠 “O‘zbekiston haqiqatan ham qisqa vaqt ichida hayratlanarli taraqqiyotga erisha oladigan mamlakatga aylanmoqda” — Shuhrat TOG‘AYEV, AQShning Kolumbiya universiteti doktoranti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_safari

Yoshlarni ish bilan ta’minlash asosiy maqsadimiz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar va ta’lim mazmuni bilan tanishish hamda yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash maqsadida Andijon viloyatida bo‘lib qaytdi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muqobil_energiya

Namangan davlat universiteti binosida quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Ushbu stansiya universitetning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘la qoplamoqda.

Shuningdek, talabalar turar joyiga 2 000 litrli quyosh kollektorlari o‘rnatildi.

📹 Batafsil ushbu reportajda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube