Edu.uz
158K subscribers
18.1K photos
3.88K videos
231 files
11.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
🟢Rektorlarning Qashqadaryo safaridan

Qashqadaryoning Koʻkdala pedagogika kollejida “Yashil makon” umummilliy dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish jarayonidan fotolavha.

Eslatib oʻtamiz,
ushbu kollej bogʻida 100 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxtlar oʻtqazilgan.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

✔️ Qirg‘iziston bilan ta'lim sohasida hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qirg‘iziston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Musa Djamanbayevni qabul qildi.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning oliy ta’lim sohasidagi hamkorligi, erishilgan yutuqlar hamda munosabatlarni kengaytirish borasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Batafsil ushbu ➡️ havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR

⚡️ Oʻzbek dzyudosida tarixiy natija qayd etildi!

Xabaringiz bor, ilk bor yurtimizda sportning dzyudo turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

O‘z tarxida 35-marotaba o‘tkazilayotgan dunyo birinchiligida 84 davlatdan jami 575 nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun kurashishmoqda.

Bugun musobaqaning oltinchi kungi bahslarida -100 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Muzaffarbek To‘raboyev yurtimizga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

Natijada ilk bor terma jamoamiz o‘z tarixida dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida 2 ta oltin medalga sazovor boʻlmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, -90 kg vaznda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Davlat Bobonov ham Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi hisoblanadi.

💐 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jamoasi ushbu tarixiy g‘alaba bilan sportchi talabalarimizni samimiy qutlaydi!

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

✔️ 2022/2023-o‘quv yilida istisno tariqasida 1-bosqich talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladigan bo‘ldi

Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

📹 Batafsil videosharhda
➡️ Matn shaklda o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Edu.uz pinned a video
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda taʼlimga oid, texnik ixtisosliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida, kuni kecha Tatariston Prezidenti Jizzaxda Qozon federal universiteti filialining tantanali ochilish marosimida ham ishtirok etgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov #yil_talabasi

✅️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️ Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
🟢Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥 Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🔖 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

🧊 Yuqorida “Yil talabasi – 2021” gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifalarimizda berib boriladi: sahifalarimiz:
Telegram |🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR

⚡️28 ta OTM World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi

🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi.

👏E’tiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.

➡️ Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

☑️ Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

📌Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.

👉@eduuz
Edu.uz pinned a photo
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🧊 Imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlov!

✅️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.

➡️Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
🟢birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
🟢respublika final bosqichi.

👉 Tanlov nizomi batafsil

💠Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliygoh rektoratining faxriy yorligʻi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi BHMning 10 barobari, 2-oʻrin 8 barobari va 3-oʻrin 6 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

➡️Respublika bosqichining 1-oʻrin sohibi esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar 2022-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifamizda:
https://t.me/+VnxqO-c0cBb_ZWhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vodiydagi oliy taʼlim muassasalari tyutorlari Namangan davlat universitetida jam boʻldi.

💠 Maʼlumot oʻrnida oʻquv-seminarda Fargʻona vodiysidagi 20 ta davlat oliy taʼlim muassasasidan 150 nafar tyutor hamda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshliqlari ishtirok etdi.

🟢Oʻquv-seminarni tashkil etishdan maqsad Oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar faoliyatini yanada jadallashtirish, ularning bugungi kunda dunyoda kechayotgan geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oshirishdan iborat.

©️Namangan davlat universiteti «Press klub»

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlim sifatini taʼminlashda muammoning kichigi boʻlmaydi – Vazir

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilishni takomillashtirish boʻyicha ekspertlar va tegishli rahbar masʼullar ishtirokida videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

👉Batafsil ushbu havolada

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube