Edu.uz
153K subscribers
16.3K photos
3.34K videos
228 files
10.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qaqnus” koʻrsatuvining bayramona sonini oʻtkazib yubormang!

Adabiyot va sanʼat vakillari boʻlmish taniqli ijodkorlar Xosiyat Rustamova, Shodmonqul Salom, Shuhrat Daryo va Dilnoza Kubayevalar klub mehmoni boʻlishadi.

📺 "Qaqnus"
Bugun, soat 21:00.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbar soʻzining avvalida butun xalqimizni ulugʻ ayyom – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

“Oradan yillar, asrlar oʻtadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, oʻzligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini boʻlgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulugʻ, eng aziz bayram boʻlib qoladi”, – dedi Prezident.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Men doim aytganman va yana qaytaraman, biz uchun birinchi oʻrinda TAʼLIM, TAʼLIM va yana TAʼLIM turadi – Prezident

Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida davlatimizni rivojlantirishdagi 5 ta asosiy vazifalardan eng muhimi taʼlim ekanligini taʼkidladi.

"Farzandlarimiz zamonaviy bilim va koʻnikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz.

Buning uchun, maktablarning oʻquv dasturlari, oʻqitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Ushbu tizim avval ilgʻor xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilib, keyingina hayotga tadbiq etiladi.

Barcha hududlarimizda, ayniqsa qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor beramiz.

Ustoz va murabbiylar mehnatini ragʻbatlantirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga koʻtaramiz.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv taʼlimni har tomonlama rivojlantiramiz”, – dedi davlatimiz rahbari.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Xalqaro_hamkorlik

Universitet kampusi Wi-Fi zona bilan taʼminlanadi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati hamda “Huawei” kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi delegatsiya aʼzolari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda muassasada “Smart Library”, “Knowledge Centre” tashkil etish, “IT-Park”ni jihozlash, kampusni “Solar panel” hamda erkin Wi-Fi zona bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil ushbu havolada 👈

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Aziz vatandoshlar,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi jamoasi Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan barchangizni samimiy muborakbod etadi!

Tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik hamda xonadoningizdan to‘kin-sochinlik va fayzu-baraka arimasin!

Mustaqil Vatanimizning tinchligi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin!

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

👉@eduuz
Edu.uz pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillikning_31_yilligi

Eng ulug‘, eng aziz bayram muborak bo‘lsin!

➡️ShahDPI

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 31-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан

👉@eduuz
⚡️⚡️АБИТУРИЕНТЛАР ВА УЛАРНИНГ ОТА-ОНАЛАРИ УЧУН ЯНА БИР ЕНГИЛЛИК

🔰Барча давлат олий таълим муассасаларида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари 10 фоизга камайтирилди

Хабарингиз бор, давлатимиз раҳбари томонидан талаба-ёшларнинг олий таълим олиши учун яратиб берилаётган қулай имконият сабаб янги ўқув йилида барча олий таълим муассасаларида тўлов-контракт миқдорлари оширилмади.

Давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини мувофиқлаштириш бўйича давлат комиссияси қарорига мувофиқ 2022/2023 ўқув йили учун барча давлат олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари бўйича базавий тўлов-контракт қийматидан келиб чиқиб, фақат табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари 10 фоизга камайтириб белгиланди.

Қуйидаги жадвал орқали йўналишлар кесимидаги табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.

Юклаб олиш 👈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Edu.uz pinned a photo
#Talabaga_yengillik

⚡️Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Edu.uz pinned «#Talabaga_yengillik ⚡️Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
— Qizimni yotoqxonaga joylashtirgani keldik. Bugun yakshanba bo‘lganiga sarsongarchilik bo‘ladi, qabul qilmasa kerak deb o‘ylagandim

🏛 Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalar belgilangan mezonlar asosida yotoqxonaga qabul qilinmoqda.

📹 Ushbu jarayonlar haqida talabalar va ota-onalarning fikrlari bilan qiziqdik

✔️ Ma’lumot o‘rnida, institutda jami 2 ta 840 o‘rinli talabalar turar joyi bo‘lib, yotoqxonaga ehtiyoji mavjud talabalarning 72%i qamrab olinadi. Qolganlarini qulay ijara shartlari asosidagi uylarda joylashishiga ko‘mak beriladi.

👉@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugunning o‘zidayoq yotoqxonaga joylashdim. Ertadan xotirjam darslarni boshlashga tayyorman

🏛 Toshkent tibbiyot akademiyasida 2022/2023-o‘quv yili uchun jami 7 ta talabalar turar joyi ajratilgan bo‘lib, 3 310 o‘ringa mo‘ljallangan. Bugun yakshanba bo‘lishiga qaramasdan kun davomida 1 350 nafar talaba turar joyiga joylashdi.

Bunda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida bir vaqtning o‘zida 9 ta joyda ishchi guruh tarkibi ishladi.

👉@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining talabalarni kutib olishga tayyorgarlik holati

🎉🎊

👉@eduuz
#Yangi_o‘quv_yili

Bugundan oliygohlarda yangi oʻquv yili noan'anaviy tarzda boshlanadi

Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrilgan. Jumladan, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan “Talabalikka bagʻishlov” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etilmoqda.

Birozdan soʻng boshlanadigan tadbirni institut rektori kirish soʻzi bilan ochib berishi, shuningdek professor-oʻqituvchilar, talabalar va ota-onalarning chiqishlari koʻzda tutilgan.

Shuningdek, tadbirda institut faollari tomonidan badiiy qism ham tayyorlangan.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Tantanalar davom etmoqda

🏛 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Unda universitet jamoasi birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalarni samimiy qutladi. Eng ahamiyatlisi, bu yildan boshlab bitiruvchi talabalar ism familiyasi universitet maydonida ajratilgan alohida mis daftarda qayd etilishi ma’lum qilindi.

📹 Tadbirni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

👉@eduuztezkorxabarlar

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube