Edu.uz
141K subscribers
14.9K photos
2.9K videos
205 files
10K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Professional_ta'lim

Professional taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova professional taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabini borib koʻrdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Sayyor_qabul

Yunusobod tumanida oliy taʼlim boʻyicha ommaviy qabul oʻtkazildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi “Oʻzekspomarkaz” xiyobonida tashkil etilgan ommaviy qabulda oliy taʼlim sohasiga oid aholi murojaatini tinglab, masalalar yuzasidan yechim berdi.

Aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot davomida boshqa hududga turmushga chiqqan fuqaro oʻqishini bir oliygohdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha murojaati joyida hal etildi.

Shuningdek, fuqarolarning fanlardagi akademik qarzdorligi, magistraturaga oʻqishga kirishda sertifikat talab qilinishi, taʼlim muasassasiga kirish imtihonidan past ball toʻplaganligi boʻyicha murojaatlarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. 3 ta murojaat koʻrib chiqilishi vazirlik tomonidan nazoratga olindi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professor_minbari
#08.08 — 13.08.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda:

🔹
Вакцина честности в образовании и воспитании” — ЛАЗИЗ МИНГИШОВ, Начальник управления духовно-нравственного воспитания МВССО;

🔸Davlat boshqaruvidagi yangi tizim” — TO‘LQIN TESHABOYEV, Toshkent moliya instituti rektori, professor;

🔹Milliy moliyaviy xatarlarning oldini olish sharti” — ILHOM ALIMARDONOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti fakultet dekani, dotsent;

🔸Inson qadrini ulug‘lash — rivojlanishning eng muhim tamoyili” — BEKZOD NARIMONOV, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri;

🔹Shakar iste’molini qanday cheklash mumkin” — GULI SHAYXOVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi professori, tibbiyot fanlari doktori;

🔸Elektron ta’lim imkoniyatlari” — XURSHIDA ABZALOVA,Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

🔹Zulmat zamonni yoritgan nur” — ABDULLA ULUG‘OV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

🔸Права на частную жизнь: обеспечение интересов граждан” — СУННАТ МАХМУДОВ, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#O‘qishini_ko‘chirish

⚡️Xorijdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni tahrirlash va to‘lov uchun qo‘shimcha muddat berildi

📌 Ko‘p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash va belgilangan to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha bir kun berildi.

❗️Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16-avgust 18:00 ga qadar tahrirlab, to‘lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Edu.uz pinned a photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eksklyuziv_intervyu

— Soʻnggi besh yilda oʻqishni koʻchirish 22 barobarga koʻpaydi

Vazir Abduqodir Toshqulov
oʻqishni koʻchirish boʻyicha yangi tartibni tizimdagi adolatsizlik va korrupsiyaviy holatlarga chek qoʻyilishidagi asosiy omil sifatida izohladi

📹 TOʻLIQ VIDEO👈

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#dayjest
#08—13.08.2022

🇺🇿 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi eng muhim xabarlar videosharhi
—————
🇷🇺 Видеообзор самых важных новостей в системе Министерства высшего и среднего специального образования

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#O‘qishini_ko‘chirish

📌 DIQQAT, ESLATMA!

⚡️Xorijdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha
my.dtm.uz sayti orqali arizalarni tahrirlash va to‘lov uchun berilgan qo‘shimcha muddat tugashiga oz qoldi.

❗️Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni BUGUN 18:00 ga qadar tahrirlab, to‘lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, arizalari rad etilgan yoki belgilangan toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmagan talabgorlar Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlariga kiritilmaydi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
​​#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

🔰Vazirlar Mahkamasi qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

✔️Nizomga koʻra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

📝 Bunda:

➡️talabgor 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlari bundan mustasno) oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi;

➡️ arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqilib, roʻyxat shakllantiriladi;

➡️ umumlashtirilgan talabgorlar roʻyxati 5 ish kunida toʻlov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi;

➡️ talabgorlarga toʻlov-kontrakt summasini qoplab berish toʻgʻrisida joriy oʻquv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrugʻi qabul qilinadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Davlat xizmatchisining huquq va majburiyatlari belgilangan qonun targ‘iboti doirasida

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Markaziy apparat xodimlari uchun “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi, uning mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari ishtirok etib, xodimlarga ushbu qonunning zaruriyati, ijtimoiy ahamiyati, predmeti haqida keng, batafsil tushuntirish berildi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔰 Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.

Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «​#Qabul2022 |#Akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!! 🔰 Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan…»