EduTests.uz
88K subscribers
359 photos
25 videos
79 files
429 links
TestPlatforma — professional testlar yechish va bilimlarni mustahkamlash uchun eng qulay muhit. Minglab savollar, real vaqt natijalari.
Download Telegram


👍“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilgan treningning yakunlash tadbiri tashkil etildi

💬 Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etib, mazkur tashabbusning ahamiyati, amalga osirilgan ishlar tahlili hamda istiqboldagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

U kasbiy rivojlanish jarayonining o‘qituvchilar malakasini oshirishda, zamonaviy ta’lim uslublarini keng joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbir yakunida treninglarda qatnashgan 264 nafar master-trenerlarga sertifikatlar topshirildi.

🔵Tadbirda fidoyi pedagog va master-trenerlar “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandilar.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
97👍20👏5❤‍🔥2🔥1👌1
Ҳар бир янги тонг бир имкониятдир. Бир йилда сизда 365 та имконият бор. Шундай экан ушбу берилган  имкониятлардан унумли фойдаланинг!

Бошланган янги кун беморлар дардига шифо, кексаларга роҳат, оилангизга бахт, хонадонингизга файз, танингизга саломатлик, дилингизга қувончу шодлик олиб келсин!

Хайрли тонг азизларим!

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official
164👍40👏11❤‍🔥8👌8🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таълим. Кеча ва бугун.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍7962🤩5🤝4🔥3👏1
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️6-yo’nalish uchun arizalar 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha qabul qilinadi

‼️O’tgan safar yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar uchun ham imkoniyat berilmoqda

#abituriyent

Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Bu imkoniyat 2 ta toifa abituriyentlar uchun beriladi:

1️⃣ 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmaganlar, ya’ni o’qishdan yiqilganlar;

2️⃣ roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan
abituriyentlar, ya’ni o’tgan safar turli sabablarga ko’ra yo’nalish tanlashni esdan chiqarib qo’yganlar.

Ushbu 2 ta toifa uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:

davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;

ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Qaysi yo’nalishda vakant joy borligini qayerdan bilsa bo’ladi?

Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Boshqacha aytganda, abituriyent 6-yo’nalishni tanlayotgan payti fanlar majmuasiga mos bo’lgan hamda vakant joyi mavjud bo’lgan yo’nalishlar ro’yxati avtomatik chiqadi. Qayerdandir tekshirib yurish shartmas. Agar tanlash uchun bironta yo’nalish chiqmasa, demak, o’sha fanlar majmuasiga mos keluvchi bironta vakant joy yo’q bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
177👍8👌2
340-B_15.09.2025_B2.pdf
64.8 KB
⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 340-son buyrug‘iga asosan B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilariga 1- va 2-chorakda ishlashga ruxsat berildi.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official
77👍1👏1🤩1
Endilikda musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham tegishli sertifikatlar asosida ustama beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi tegishli qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

➡️ 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:

💬 umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi amaliyotga joriy etiladi;

💬 A+, A, B+, B, C+, C darajali mazkur sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladi hamda 3 yil muddatga amal qiladi;

🟢 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
🟢 65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
🟢 60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
🟢 55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
🟢 50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
🟢 46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi;

Amaliyotga joriy etilayotgan tartibga ko‘ra:

👉 B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi;

Nizomga asosan:

🟢 bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun tuziladigan test savollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar tomonidan tavsiya etilgan fan mutaxassislari ishtirokida Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi;

🟢 sertifikat olishga talabgorlar test sinovida qatnashish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim;

🟢 test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali e’lon qilinadi.

➡️ Qarorning to‘liq matni

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
264👍42🤩11❤‍🔥10👏10🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сунъий_интеллект
#AI_прокурор

Сунъий интеллект асосида “AI прокурор” лойиҳаси ишга туширилди

🎓 Академия қонун устуворлигини таъминлаш мақсадида сунъий интеллект асосида ишлаб чиқилган инновацион ечимларни амалиётга изчил татбиқ этмоқда.

📌 Шу доирада янги лойиҳа сифатида турли тилларда сўзлай оладиган “AI прокурор” яратилди. У бир вақтнинг ўзида бир нечта тилда қонунлар моҳиятини ҳар бир аудитория учун тушунарли тарзда етказиш имконини беради.

🧠 “AI прокурор” прокурор ва терговчиларни тайёрлаш ҳамда малакасини ошириш жараёнини замонавий рақамли ёндашувлар асосида янги босқичга олиб чиқувчи инновацион ечими сифатида татбиқ этилмоқда.

🌍 Мазкур ташаббус Академияни Марказий Осиё ва глобал миқёсда кўп тилли рақамли таълим хаби сифатида шакллантириш йўлида стратегик замин яратишга хизмат қилади.

Каналга уланиш учун:👇
https://t.me/Mikrotalim
112👍17
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️#DasturxonPODKAST

✍️Таълим ва ҳаёт, касб-ҳунар ва даромад, қўрқув ва фобия мавзулари атрофида Сирдарё вилояти Педагогик маҳорат маркази раҳбари Гуласал Бердалиева билан дастурхон атрофида суҳбатлашдик.

Тўлиқ видеони кўриш
👇👇👇
https://youtu.be/Wo76bOJNqIw?si=sSZ25lBmKQOFZcfv
45🔥3👏2
Forwarded from SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI (O'ktam Ahmadov)
#PODKAST

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori G.Berdaliyeva “Dasturxon” podkast loyihasida mehmon sifatida ishtirok etib, ta’lim va hayot uyg‘unligi, rahbarlik mas’uliyati, shaxsiy rivojlanish hamda jamiyat taraqqiyotida ta’limning o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

▶️ Podkastni YouTube orqali tomosha qilish: https://youtu.be/Wo76bOJNqIw?si=sSZ25lBmKQOFZcfv

🎙Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
📱Telegram|📱Facebook |🌐 Website | ▶️YouTube | 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
59👏7🔥4🤩2👌2👍1😘1
PROFI universiteti hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

SCIENCE AND EDUCATION NEWS
Ilmiy jurnali

Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 24-may kuni № 454068-sonli guvohnoma bilan roʻyxatga olingan.


Jurnal OAK Rayosatining 25.08.2025 y., №374/5
-sonli qaroriga asosan dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan.
📤ISSN: 3093-8694

13.00.00-Pedagogika fanlari
19.00.00-Psixologiya fanlari

🫠Maqola matni “MS Word” dasturida “Times New Roman” shiriftida 14 pt o‘lchamda, hajmi 1,5 intervalda 6-10 bet bo‘lishi kerak. Varaq o‘lchami 210x297 mm (A4-format), matn chegara o‘lchamlari barcha tomondan 2sm bo‘lishi lozim.

Maqola uchun talablar!!!

📢Maqolalar
🇺🇿o‘zbek,🇷🇺rus, 🇺🇸ingliz, 🇰🇿qozoq, 🇰🇬qirg‘iz, 🇹🇯tojik, qoraqalpoq tillarida tillarida taqdim etiladi

📞Murojaat uchun:
@fan_va_TY_OAK

Kanalga ulanish:
https://t.me/saen_2024
54❤‍🔥1
Channel name was changed to «EduTests.uz»
Channel photo updated
🎓 EduTests.uz — bilimingizni sinab ko'ring!

Attestatsiyaga tayyorlanayapsizmi? Menejerlik kursini tugatyapsizmi? Endi tayyorgarlik osonroq!

EduTests.uz da tayyor test to'plamlari bilan real imtihon muhitida mashq qiling:
📚 Pedagoglar uchun toifa sinovi attestatsiyasi — 44 ta bo'lim
📚 Menejerlik kurslari (maktab va MTT)
📚 Qayta tayyorlov imtihon savollari
📊 34 400+ savollar bazasi
⏱️ Taymer bilan real imtihon muhiti
📱 Telefon, planshet, kompyuterda ishlaydi
📈 Har bir urinish saqlanadi — o'sishingizni kuzating.

Natija va batafsil tahlil darhol chiqadi.

Ro'yxatdan o'ting va hoziroq boshlang!
👉 edutests.uz

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 @edutestsuz
49🔥7👌1
🎁 DO'STINGIZNI TAKLIF QILING — KREDIT YUTING!

Endi EduTests.uz da do'stingizni taklif qilib
bepul kredit olishingiz mumkin 💚

Do'stingiz sizning havolangiz orqali ro'yxatdan o'tib
kredit sotib olsa — sizga 5% kredit avtomatik tushadi.

Cheklanmagan Darhol hisobga

👉 Batafsil ma'lumot uchun profilingizga kiring!
🔗 edutests.uz

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 @edutestsuz
23🔥2👏2❤‍🔥1🤩1
🎓 Pedagog kasbiy sertifikati testlariga tayyormisiz?

edutests.uz platformasida “Kasbiy sertifikat” bo‘limi orqali tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

📚 Platformada:
19 ta fan bo‘yicha testlar
2200+ savol bazasi
Y1, Y2, Y3 formatidagi savollar
50 savol: 40 ta mutaxassislik + 10 ta pedagogik mahorat
120 daqiqa vaqt me’yori
Qayta yechish bepul



🚀 Hozirdanoq ro‘yxatdan o‘ting va imtihonlarga tizimli tayyorlaning!

🌐 Sayt: https://edutests.uz

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄•••
🪀 @edutestsuz
37🔥6👍4👌4💯2