#Ustozimga_maktub
Maqsadimni oʻzgartirgan varaq
Har bir inson biror hunar yoki kasbni mahkam ushlasagina, u chin baxtga erishadi. Men ham shifokor boʻlishni bolaligimdan orzu qilib, astoydil tayyorlanganman. Ota-onam turli qoʻllanmalar, adabiyotlarni topib, meni ragʻbatlantirishgan. Ammo, bir voqea yuz berdiyu...men oʻqituvchi boʻlishni istab qoldim.
Maktabni bitirayotganimizda biz uchun kecha tashkil etildi. Kechaga boshlangʻich sinfda oʻqitgan ustozimizni ham taklif qildik. Ustoz koʻplar qatori bizga sogʻliq, mustaqil hayotda zafarlar tilab, qoʻlimizga varaqlar tarqatdi. Qiziqib, qarasak varaqlarda mashina, samolyot, tank, uy va baʼzi tushunarli, tushunarsiz soʻz va belgilar. Ular bizning birinchi sinfga qadam qoʻygan kunimizdagi “ijodimiz” ekan.
Meni oʻsha paytda gullar chizgan ekanman. Rasmni koʻrdim-u, ustozimni qiynaganlarim, darslarga kech qolganlarim, ustozimning dars tushuntirayotib qizarib ketishlari, jahlini chiqarsak “Hay, seni qarab tur!” deb yuzimizga yengil shapalatib qoʻyishlari esimga tushdi. Oʻshandayoq qaysi kasbimni tanlashim boʻyicha fikrim qatʼiylashdi.
Oltin medalli shahodatnomani olgach, institutga kirdim. Birinchi kurs oxirida ustozimiz “Mening birinchi oʻqituvchim” mavzusida insho tanlovi oʻtkazdi. Shunda tushundimki, men oʻsha varaqqa gullarni bejiz chizmagan va bekorga pedagogika oliygohini tanlamabman. Baxtimga turmush oʻrtogʻim shifokor. Ular bilan oʻttiz yildan beri yashab kelmoqdaman. Deyarli har kuni oʻqituvchilikni tanlaganimga shukr, shu kasbni tanlashimga turtki boʻlgan ustozlarimga rahmat aytaman! Ularning yoʻlini berganiga shukur!
©️Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 51-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati rus tili fani oʻqituvchisi Saidaxon Rizayeva.
Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram

Assalomu alaykum men uchun qadrli va mehribon fransuz tili ustozim Charos opa Suyunova! Maktab quchogʻidan katta hayotga qadam qoʻyar ekanman, sizning gaplaringiz qulogʻim ostida jaranglab turibdi. “Inson umri 70-80 yillik vaqt bilan oʻlchangan. Ana shu muddat chin insoniy sifatlarni oʻzimizda paydo qilish, rivojlantirishga berilgan ekan, uni toʻgʻrilab boʻlmas xatoliklar sodir etib, bekorga sarflash oʻta mantiqsizlik”dir degan edingiz. Men kabi oʻquvchilaringiz har doim yuzingizni yorugʻ, mehnatingiz natijasi besamar ketmasligi uchun harakat qilamiz.
©️Nafisa Tifliyeva, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani 23-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi.

Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi 1- oktabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni bayrami munosabat bilan oʻtkazilgan “Ustozimga maktub” loyihasi doirasida hayotda oʻz oʻrniga ega insonlarning muvaffaqiyatlariga sababchi boʻlgan ustozlar haqida tayyorlangan turkum videoroliklarni namoyish etishni boshlaydi.
Yosh tadbirkor Jahongir Pulatov bilan tayyorlangan “Har qanday muvaffaqiyat taʼlim va mehnat mevasi” nomli ushbu videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz.
Yaxshi muallim tushuntiradi. Isteʼdodli ustoz esa amalda koʻrsatadi. Shubhasizki, buyuk oʻqituvchi esa oʻquvchilarini ruhlantiradi, olgʻa borishga chorlaydi.
©️Jahongir Pulatov

#ustozimga_maktub
Avval ham aytgandim. Bu voqeani takror va takror aytishdan charchamayman!
Adashmasam, 2005 yoki 2006-yillarning kuzi edi. “Andijon voqealari” dan ozroq vaqt oʻtgandi. Paxta rejasini bajarish har qachongidan ham kuchli davlat siyosatiga aylantirilgandi. Tuman markazidagi bozorda oʻqituvchi va oʻquvchilarning ota-onalari paxta chanogʻi qoʻlni yirtmasligi uchun qoʻlqop, shamollamaslik uchun issiq kiyimlar sotib olish bilan band edi.
Shunaqa vaqtlardan birida, katta tanaffus vaqtigacha kutmay, oʻqituvchidan ruxsat soʻrab, maktab hovlisidagi oshxonaga otlandim. Qornim ozroq ochqab qolgandi. Direktorimiz Homid domlaning xonalari yonidan oʻtayotib, telefon orqali boʻlayotgan muloqotni eshitib qoldim:
“Bilaman, bilaman hokim buva, paxta davlat siyosati. Lekin ertaga vatanni rivojlantiradigan yoshlarni tarbiyalashimiz ham kerak. Keling, bizning oʻqituvchilar, oʻquvchilarimizni paxtaga chiqarmang, iltimos. Paxta rejasini ilojini qilib texnik xodimlar va homiylarimiz bilan birga bajararmiz, sotib olarmiz, balki. Keling endi, iltimos...”
Bu suhbatni mendan boshqa hech kim eshitmadi. Ana shunda direktorimizga hurmatim yana-da oshdi. Menga shu suhbat orqali yana bir dars bergandi. Doim iloji topiladi, faqat xohish boʻlsa bas. Unga yuqoridan buyruq deb, hammani paxtaga haydash qulay edi. Lekin u millatning kelajagi — oʻquvchilarini oʻyladi. Tushundingiza, nima demoqchiligimni?
1998-yili Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Hamza (hozirda Tinchlik) shaharchasidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab internatiga imtihon asosida qabul qilinib, 11 yil davomida tahsil oldim. Biror marta paxtaga chiqmadik. Sovuq chanoqlarni qoʻlimiz tutmadi. Hozir ham Homid domla ushbu maktabda direktor, viloyatda domla va uning jamoasining obroʻsi katta.
Hozirda bu maktabni bitirganlar katta-katta dargohlarda ishlashmoqda. Bu hammasi mazkur maktab jamoasining mehnati evaziga boʻldi va boʻlmoqda. Qadrli ustozlar, murabbiylar! Barchangizni bayramingiz bilan tabriklayman. Sizlarga boshim yerga tekkunicha taʼzimdaman. Jamiyatda mavqeingiz doim yuksakda boʻlsin. Sizlar eng yaxshilariga munosibsiz. Boringizga shukr!
@Zafarbek_Solijonov

1-o`rin
✅Maktub: https://telegra.ph/Aziz-ustozim-boshim-yerga-tekkuncha-sizga-tazimdaman-10-03

Telegraph
Aziz ustozim, boshim yerga tekkuncha sizga ta'zimdaman!
Xotiralar... ularni eslasang ko‘zingga beixtiyor sog‘inch yoshlari quyuladi. Qadrdon ustozim, bugun sizni mehr bilan esladim va ko‘nglimning to‘ridagi shirin xotiralar bilan sirlashdim. Mehribonim, tushimga kiribsiz. Jannat bog‘i... atrof chiroyli, anvoyi…
#ustozimga_maktub
2-o`rin
✅Maktub: https://telegra.ph/MEN-NIMA-UCHUN-OQITUVCHI-BOLDIM-YOHUD-TOGRI-XULOSA-10-03

Men nima uchun o`qituvchi bo'ldim yohud to'g'ri xulosa
Har bir o'quvchidan tanlagan kasbi haqida so'rab boriladi. Mendan so'rashganda qiz bola bo’lsamda harbiy bo'lishni orzu qilardim. Sakkizinchi 8-sinfga o'tganimda nemis tili fanidan yangi ustoz o'ta boshladi. Men bu fanni juda yaxshi bilsamda yangi ustozga…