IT taʼlim
21.7K subscribers
2.12K photos
2.73K videos
3.86K files
2.89K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#mutaxassisdan_maslahat
#10_11_sinflar_uchun

Koʻpchilikda faqat IT sohasida oʻqiydiganlarda kompyuter dasturlari bilan ishlashi kerak, qolganlar uchun shart emas degan tushuncha mavjud.

Quyida Business va Economics sohasida oʻqiydiganlar uchun hozirgi mehnat bozori talab qiladigan va oylik maoshingizni bir necha bor oshirishga xizmat qiluvchi dasturlarning (hard skills) baʼzilarini keltiraman.

Hozir Data asrida yashayapmiz, bundan buyon qayerga ishga kirmang (davlat yoki xususiy sektor) Big Data bilan ishlashga majbur boʻlasiz.
👉Oʻrganishingiz shart boʻlgan dasturlar: Microsoft Excel (Advanced user), IBM SPSS, Python Numpy.
👉 Oʻrgansangiz ish topish imkoniyati va maoshingizga taʼsir qiluvchi dasturlar: STATA, MATLAB, IBM Amos, R Programming, Tableau Public, Python.

Yaxshi biznesmen mukammal muloqot koʻnikmalari va murakkab muammolarni qisqa, loʻnda va chiroyli prezentatsiya olish qobiliyatiga ega boʻlishi shart. Bunda quyidagi dasturlar asqotadi:
👉oʻrganishingiz shart boʻlgan dasturlar: Microsoft Power Point (Advanced user), Microsoft Team, Microsoft Publisher, Adobe Photoshop;
👉proektlarni boshqarish platformalari: Proofhub, Todo.vu, Zoho one. Scoro.

Marketing sohasida:
👉oʻrganishingiz shart boʻlgan dasturlar: Google Ads (Youtube, Banner ads, Mobile ads), Google Analytics, Facebook Business platformasi, Telegram Bots (Biznes uchun botlar yaratish va boshqarish);
👉oʻrgansangiz ish topish imkoniyati va maoshingizga taʼsir qiluvchi dasturlar: HTML, CSS, Wordpress, WIx kabi platformalarda erkin ishlay olish qobiliyati, Adobe Premiyer Pro, Final Cut, Adobe Illustrator or XD, iMoviye kabi tasvirli materiallar bilan erkin va ijodiy ishlash qobiliyati.

Mazkur dasturlar hali sizga notanish boʻlsa oʻqishni bitirguncha shulardan kamida yarmini oʻrganishni maqsad qiling va bunga hozirdan kirishing.

©️Otabek Juraev - Janubiy Koreyaning Sejong university doktoranti.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram