IT taʼlim
21.2K subscribers
2.15K photos
2.74K videos
3.86K files
2.9K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#RTM_munosabat_bildiradi
5-sinf “Ona tili” darsligi yuzasidan e`tirozlar tasdig`ini topmadi

2020-2021-oʻquv yili uchun chop etilgan 5-sinf “Ona tili” darsligi yuzasidan Telegram tarmog'idagi "Fikrat" kanali tarqatayotgan eʼtirozlar Respublika taʼlim markazi tomonidan oʻrganildi. Kanal ma'muriyatining shov-shuv ko'tarish maqsadida tayyorlagan asossiz iddaolari tasdig'ini topmadi. Quyida bu xususda batafsil to'xtalamiz.

1. "Fikrat" kanali ijodkorlariga ko'ra, darslikda suiiste'mol so'zi "suiste'mol", televideniye so'zi "televideniya" deb yozilishi kerak ekan. Ya'ni, ular bu so'zlarning aslida qanday yozilishidan bexabar ekanlar. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” ,“Oʻzbek tilining imlo lugʻati” (2003-yil, Sh. Rahmatullayev), “Oʻzbek tilining imlo lugʻati” ( 2013-yil,v”Akademnashr”)ga koʻra, darslikda keltirilgan “suiisteʼmol” va “televideniye” soʻzlarida imloviy xatoliklar yoʻq.

2. Kanal xabarida go'yoki xatolik tarzida keltirilgan “yozing”, “matnga”, “namoyish”, “unutmadim” soʻzlarini boʻgʻinga koʻchirishdagi texnik xatoliklar haqiqiy nashrda toʻgʻrilangan va ushbu soʻzlar boʻgʻinga koʻchirilmay joylashtirilgan.

3. Darslikning original nashrida “muallif” va “qisqartirib” soʻzlaridagi texnik holatda yoʻlga qoʻyilgan imloviy xatoliklar bartaraf etilgan. Aslida o'zbek tilida "qisqartib" so'zining ishlatilishini ham unutmaslik joizdir.

4. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ga koʻra, buxgalter (nem.buch-kitob+halter-olib yuruvchi, tutib turuvchi) "hisobchi" soʻzi aynan shu tarzda berilgan.

Fikrat - tafakkur qilish, demakdir. Shunday ekan, kanal ijodkorlaridan birovning mehnatiga qora chaplashdan avval bo'htonlarni tafakkur chig'irig'idan o'tkazish va hech bo'lmasa, o'zlari bilmagan so'zlarni lug'atdan qarab ko'rishlarini so'rab qolamiz.

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi darsliklar yuzasidan har qanday asosli va konstruktiv fikr-mulohazalarni koʻrib chiqishga tayyor ekanligini bildiradi.

Murojaat uchun: @darslikka_taklif_bot

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram