O'qituvchilar eng ko'p maosh oladigan 17 mamlakat
O'qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog'liq bo'lgan xalqning savodli bo'lishi uchun poydevorni aynan o'qituvchilar qo'yishadi. Ayrim mamlakatlarda o'qituvchilarning davlat rivoji uchun qo'shayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to'lanadi.
Quyida o'qituvchilar yiliga eng ko'p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.
17. Fransiya —31,421.49 dollar
Fransiyada école maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta`limdan keyin majburiy ta`lim tizimi uchta: école, collège va lycée bosqichlariga bo'lingan.
16. Portugaliya — 32,563.75 dollar
Portugaliyada maktabgacha ta`limdan oliy ta`limgacha bo'lgan davrda ta`lim olish uchun davlat yoki xususiy ta`lim muassasasidan birini tanlash mumkin.
15. Kosta-Rika — 33,519.29 dollar
Kosta-Rikada o'quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o'quvchilari bir xil libosda yurishlari shart.
14. Shvetsiya — 36,766.81 dollar
Shvetsiyada majburiy maktab ta`limi to'rt: maktabgacha, kichik, o'rta va katta ta`lim bosqichlariga bo'linadi.
13. Avstriya —37,122.44 dollar
Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta`lim tizimi joriy etilgan.
12. Finlyandiya — 37,728.28 dollar
Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to'lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.
11. Kanada — 39,071.90 dollar
Bu yerda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo'lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta`lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.
10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar
Niderlandiyada asosiy ta`lim tili golland tili bo'lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta`lim berishga o'tmoqda.
9. Avstraliya — 40,762.47 dollar
Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.
8. Ispaniya — 41,886.99 dollar
2008 yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori o'rinda turadi.
7. Meksika — 42,816.51 dollar
Meksikada aksariyat bolalar boshlang'ich maktabga borishadi, ammo 2011 yilda atigi 62 foiz bola o'rta maktabga kirgan.
6. AQSh — 43,556.76 dollar
2011 yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta`lim muassasasiga qatnagan bo'lsa, Yevropada bu ko'rsatkich 90 foizni tashkil etgan.
5. Daniya — 46,784.11 dollar
Daniyada ta`lim olish bepul bo'lib, bu yerda 9 yillik majburiy ta`lim joriy etilgan.
4. Norvegiya — 47,313.23 dollar
Norvegiyada emigrantlarning farzandlari uchun ta`lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko'rsatadi.
3. Germaniya — 61,418.47 dollar
Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o'qishadi.
2. Shveytsariya — 69,704.74 dollar
Shveytsariyada 26ta kanton majburiy ta`lim tizimi uchun mas`ul hisoblanadi.
1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar
Lyuksemburgda ta`lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.
Taqqoslash uchun: O'zbekistonda maktab o'qituvchilarining o'rtacha oylik maoshi 2018 yil 1 sentabrdan 1 mln 749 500 so'm (222,5 dollar, yiliga 2670 dollar)ni tashkil qiladi. 2019 yil 1 yanvardan esa ularning maoshini 2 mln 501 ming so'mga (318,1 dollar, yiliga 3817 dollar) yetkazish ko'zda tutilgan.
Ma`lumotlarga ko'ra, Qirg'izistonda maktab o'qituvchilarining maoshi 13600-13800 somni (199,6-202,5 dollar, yiliga 2395-2430 dollar), Tojikistonda 1051 somoniyni (111 dollar, yiliga 1332 dollar), Qozog'istonda 120-130 ming tengeni (320-347 dollar, yiliga 3840-4164 dollar) tashkil etadi.
Kanalga obuna bo‘ling

Oʻzbekistonda “Baxtli maktablar” tashkil etiladi
“Mustahkam oila” dasturi doirasida oʻtkazilayotgan seminarda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakili Ashita Mittal bu borada yurtimizda amalga oshiriladigan ishlar xususida toʻxtaldi:
– “Mustahkam oila” dasturi AQSH va Buyuk Britaniyada ilk bor amaliyotga tatbiq etilgan. Soʻng boshqa koʻplab rivojlangan mamlakatlarda bu loyiha qoʻllanilgan. Buni ishlab chiqish jarayonida har bir davlat oʻz milliy anʼanalari va mentalitetiga xos boʻlgan jihatlarga eʼtibor qaratadi. Oʻzbekiston ham oʻz pozitsiyasi va avlodlar munosabatidan kelib chiqib loyihani hayotga tatbiq etmoqda. Yetti qismdan iborat dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlar orasida giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki va alkogol mahsulotlari isteʼmol qilinishining oldini olish, ota-ona va farzand oʻrtasidagi munosabatlar mustahkamligiga erishishdan iborat. Biz Oʻzbekistonda trenerlar jamoasini tayyorlaymiz. Ular kelgusida tayanch maktab sifatida tashkil etiladigan maktablarda faoliyat yuritadi. Turli video materiallar, oʻyinlar orqali yosh avlod va ota-onalarning munosabatlarida muvozanatga erishish asosiy maqsaddir. Unda psixologlar, pedagoglar, mahalla faollari, taʼlim-tarbiyaga oid mutaxassislar ishtirok etadi. Ayni vaqtda Toshkent shahridagi 19 umumtaʼlim maktabida amaliyotga tatbiq etilgan dastur doirasida joriy yil oxirigacha namunaviy “Happy schools” (“Baxtli maktablar”) tashkil etiladi. Bugungi globallashuv davri ehtiyotkorlikni talab etmoqda. Mazkur maktablar zoʻravonlik, jinoyatchilik, zararli odatlardan xoli mustahkam oila va maktab hamkorligiga asoslangan xavfsiz maktablar boʻladi.
B.Meliqulova, F.Abdurasulov, OʻzA
Edunews.uz

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yil 17-sentabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq, respublika oliy ta’lim muassasalariga 2018/2019-o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018-yilning 30-sentabriga qadar uzaytirildi“, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, oldin bu muddat 15-sentabrgacha etib belgilangan edi.

Toshkentdagi maktablarga o‘quvchilar Davlat xizmatlari agentligi orqali qabul qilinadi
2019/2020-yilgi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan maktablarga qabul qilish Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligining yagona darcha markazi orqali amalga oshiriladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.
Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilarining qayd qilishicha, bu holat talab yuqori bo‘lgan maktablarda bolalarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda korrupsiya belgilarini yo‘qotish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu orqali noqonuniy harakatlarni amalga oshirayotgan rahbarlar va ularning vositachilari shaxsiy manfaatlari yo‘lidagi harakatlarga chek qo‘yish ko‘zda tutilgan.
══════ ❁✿❁ ══════
Eng ishonchli Ta’lim yangliklari kanaliga obuna bo‘ling

Yuridik adabiyotlarning umumiy buyurtma tizimini shakllantirishda qanday muammolar bor?
Toshkent davlat yuridik universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan “Yuridik adabiyotlar fondini kengaytirish va yangilab borishdagi muammolar hamda ularning yechimi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtmoqda.
Unda vazirlik, idora va muassasalarning mutaxassis va olimlari, professor-oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi bugungi kunda mamlakatimiz taʼlim muassasalarida ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotning zamonaviy talablarini, shuningdek, jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlarini hisobga olgan holda davlat talablariga javob beradigan oʻquv rejalari va dasturlari asosida mashgʻulotlar olib borilayotganini taʼkidladi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar, shuningdek oliy yuridik taʼlim muassasalarida huquqiy fanlar boʻyicha dars berayotgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular uchun zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan oʻquv adabiyotlari, oʻquv-metodik materiallar yaratish Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyat yoʻnalishlaridan biridir.
Buning uchun ushbu taʼlim muassasasida barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerdagi mavjud oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun ixtisoslashgan auditoriyalar, kompyuter va test sinflari, kutubxona va tegishli kafedralarning barchasi zamonaviy oʻquv-uslubiy hamda elektron texnika vositalari bilan jihozlangan.
Biroq, ijtimoiy soʻrovlar natijasi aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yuridik savodxonlikni oshirish jihatdan nashriyotlar tomonidan chiqariladigan aholining maʼnaviy-madaniy dunyoqarashini kengaytirishga doir yuridik adabiyotlarning umumiy buyurtma tizimini shakllantirish borasida qator kamchilik va muammolar borligini koʻrsatmoqda.
Mohigul Qosimova, OʻzA
┄┅✯┅★✯★┅✯┅┄
Eng so‘ngi Ta’lim yangliklari kanaliga obuna bo‘ling

“Taʼlim va mutaxassislik” XIX xalqaro koʻrgazmasi ish boshladi
Bugun Yoshlar ijod saroyida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Taʼlim va mutaxassislik” XIX Xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Koʻrgazma 2 yoʻnalishda, yaʼni taʼlim va bandlik yoʻnalishlarida tashkil etilmoqda. Unda AQSH, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Latviya, Chexiya, Angliya, Malayziya, Vengriya, Ispaniya, Rossiya, Kanada, Shveysariya, Singapur kabi davlatlardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlari va ularning Oʻzbekistondagi filiallari, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari, xorijda taʼlim olishga koʻmaklashuvchi tashkilotlar, nodavlat taʼlim muassasalari hamda oʻquv kurslari ishtirok etmoqda.
Koʻrgazmadan asosiy maqsad mamlakatimizdagi hamda dunyodagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida mavjud boʻlgan kasb va mutaxassislik yoʻnalishlari bilan yoshlarni tanishtirish, kasb tanlashga koʻmaklashish, hukumatimiz tomonidan taʼlim sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni targʻib qilish, boʻsh ish oʻrinlari haqida yoshlarga maʼlumotlar berish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashishdan iborat.
Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar oʻquv yurtlarida mavjud mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim olishning imkoniyatlari, qoʻshimcha hunar oʻrganish yoki malaka oshirish istagida boʻlgan yoshlarga respublikamizda faoliyat olib borayotgan oʻquv markazlari hamda ulardagi mavjud yoʻnalishlar haqida maʼlumot olish mumkin.
Bundan tashqari, oʻquv yurtlarini jihozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik vositalar, oʻquv-metodologik adabiyotlar, mebel-jihozlar va kompyuterlashtirishning eng oxirgi yutuqlari bilan tanishtirish, mamlakatimiz va xorijdagi oliy oʻquv yurtlari, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, xususiy maktablar, til markazlari, respublikamizdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot beriladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi markazlar tomonidan yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish va xorijiy tillarni oʻrgatishga qaratilgan bepul toʻgaraklar va oʻquv kurslarida taʼlim olish toʻgʻrisidagi taqdimotlar ishtirokchi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Eslatib oʻtamiz mazkur koʻrgazma 3 kun davom etadi.
I.Ahatova, OʻzA

Koʻzi ojizlar kutubxonasining filiallari tashkil etiladi
Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda koʻzi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda koʻzi ojizlar kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturga binoan, maxsus axborot-kutubxona muassasalari tomonidan axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish uchun nogironligi boʻlgan shaxslar toʻliq qamrab olinishi maqsadida respublikadagi 1, 2 va 3-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxati shakllantiriladi hamda har uch yilda yangilab boriladi.
Shakllantirilgan roʻyxat asosida 250 nafar koʻzi ojiz shaxslar yashaydigan tuman (shahar)larda yangi koʻzi ojizlar kutubxonasi filiallarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, nogironligi boʻlgan kitobxonlar oʻrtasida “Eng faol kitobxon”, “Brayl yozuvida tez va ifodali oʻquvchi kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi koʻrik-tanlovlarni muntazam va bosqichma-bosqich oʻtkazib borish, shuningdek, Markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasida Brayl yozuvida adabiyotlar chop etish uchun tipografiya hamda audio kitoblar yaratish maqsadida ovoz yozish studiyasini ochish rejalashtirilgan.
Qaror bilan axborot-kutubxona muassasalariga kelishga imkoniyati yoʻq foydalanuvchilar uchun Internet orqali audio kitoblardan foydalanish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda koʻchma kutubxonalar tashkil etish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
OʻzA

2-mutaxassislik bo'yicha o'qiyotganlarga o'qishni sirtqi ta`lim shakliga o'tkazishga ruxsat berildi
O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq oliy ta`lim muassasalari hamda fuqarolarning ko'plab murojaatlari inobatga olingan holda ikkinchi oliy ta`lim bo'yicha bakalavriatning kunduzgi ta`lim shaklida 3- va 4- kurslarda ta`lim olayotgan talabalarning o'qishini ularning arizalariga ko'ra sirtqi ta`lim shakliga o'tkazishga ruxsat berildi.
Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi xabariga ko'ra, bunda filologiya va tillarni o'qitish (xorijiy tillar bo'yicha, shu jumladan, rus tili), Xorijiy til va adabiyoti (tillar o'yicha), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o'zga tilli guruhlarda) ta`lim yo'nalishlari, shuningdek, tibbiyot oliy ta`lim muassasalari istisno ekanligi, oliy ta`lim muassasasi bo'yicha har bir ta`lim yo'nalishi kesimida (ta`lim tili) ariza topshirganlar soni 7 nafardan kam bo'lgan holda talabalar sirtqi ta`lim shakliga o'tkazish, aks holda rad etish belgilandi.
Kunduzgi ta`lim shaklidan sirtqi ta`lim shakliga o'tkazilgan talabalar uchun to'lov-kontrakt miqdori 2018/2019 o'quv yilida 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar uchun bir xil etib belgilanadi.

Qanday qilib bolani yozishga o'rgatish mumkin?
Maktabgacha yoshdagi farzandlari bo'lgan ota-onalarga pedagog va ruhshunoslardan maslahatlar.
Umumiy qoidalar
Kuniga 15 daqiqadan ortiq shug'ullantirmang
Yozuv – qo'llarning mutanosiblikdagi harakati, rivojlangan ko'rish xotirasi, diqqat va o'tirib ishlashni talab etadigan murakkab ko'nikma. Maktab yoshidagi bola uchun uni darhol o'zlashtirish mushkul. Shuning uchun bir qoidaga rioya qiling: biroz yozamiz – dam olamiz. Zo'riqishni oshirib yuborish bola organizmi rivojlanishiga qattiq ta`sir qiladi.
Shoshirmang
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, bolalar o'qishni bilish bilmasligidan qat`i-nazar, uch yoshidan boshlab so'zlar va rasmlar o'rtasidagi farqni ko'ra boshlaydi. Biroq bola bunday erta yoshda yozishga tayyor bo'lmaydi: ularning miyasi kerakli ko'nikmalarni 5-7 yoshga kelib shakllantiradi.
Yozishga tayyorlikni quyidagicha tekshirish mumkin:
Bolaga bir varaq qog'oz berib, biror narsa chizishni taklif qiling.
Rasmning bir qismini bo'yashni so'rang.
Agar bola qog'ozni doimiy ravishda aylantirib, chiziqlar yo'nalishini bazo'r o'zgartirsa, demak, u harflarni yozishga hali tayyor emas.
Majburlamang
Agar bola harflarni o'rganishni istamasa, uni majburlamang. Yaxshisi kichik motorika va xotirani rivojlantiradigan mashqlar bilan shug'ullaning.
Bo'lajak birinchi sinf o'quvchisiga “yozishni bilish” rasmiy talabi mavjud emas. 5-7 yoshda maktabda yozish uchun qo'lni tayyorlab borishga e`tibor berish kerak.
Marina Suzdaleva, ruhshunos, erta rivojlantirish pedagogi, ota-onalar uchun kitob muallifi, onalar uchun klub asoschisi
Ma`lumotni o'yin tariqasida yetkazing
Mashg'ulotlarni - majburiyatga, o'zingizni esa jiddiy o'qituvchiga aylantirmang. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'qib-o'rganishi qiziq o'yinni yodga solishi lozim.
Marina Suzdalevaning so'zlariga ko'ra, hech qanday salbiy hislar, baho va tanqiddan foydalanmaslik zarur.
Yozma harflarni o'rgatmang
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari ota-onalardan mana shuni iltimos qilishadi. Gap shundaki, o'quv qo'llanmalarda harflarni yozish usullari bir-biridan farq qiladi.
Agar ota-onalar, eng muhimi kichkintoylarda kalligrafiyani o'zlashtirishga qiziqish bo'lsa, harflar elementlari ustida ishlashingiz mumkin. Bunday mashqlarni maktabgacha yoshdagi bolalarning yozuv daftarlarida uchratish mumkin.
3-5 yoshdagi tayyorgarlik
Mayda motorikani rivojlantiring
Bola yozishni o'rganishi uchun uning mayda motorikasini rivojlantirish kerak. Bu uning katta bo'lmagan buyumlarni qiyinchiliksiz boshqarish va ko'z hamda qo'llarning muvofiq harakatini talab etadigan harakatlarni bajara olishini anglatadi. Masalan, xamirdan narsalar yasash yoki rasmlar chizish.
Maktabgacha yoshdagi bolaning qo'lini yozishga tayyorlash uchun quyidagi mashqlarni bajarib ko'ring:
Qog'ozdan chiziq bo'ylab shakllarni qirqing.
Rangli qalam, flomaster va bo'yoqlar yordamida chizing va bo'yang.
Xamir va plastilindan narsalar yasang.
Konstruktordan modellar yig'ing.
Mozaikalar bilan ishlang.
Ilmoqda to'qing.
Mashqlarni doimiy tarzda bolaga qulay tezlikda kattalar bilan birgalikda bajarish lozim.
Aytgancha, barmoqlar harakatida miyaning nutq uchun javob beradigan peshona va chekka qismlari faoliyati kuchayadi: motorikasi rivojlangan bolalar yaxshi gapiradi.
Elementlar va bosma harflarni o'rgatish – 5-7-yosh
Barmoqlar bilan chizing
Harflarni ko'pik, patnisga yoyilgan don-dun, terlagan oyna, havoda, asfalt ustida bo'r bilan yoki barmoq bo'yoqlari bilan qog'ozda yozishni o'rganish mumkin. Ularni poliz ekinlari urug'laridan terib chiqish va plastilindan yasash mumkin. Harflarni aytayotganda unga muvofiq tovushlar hamda u bilan boshlanadigan so'zlarni yodga olish kerak

Kitob o‘qish uchun besh daqiqa
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Davlat xizmatlari markazida ajoyib tajriba yo‘lga qo‘yilibdi. Bu yerga biron yumush bilan keluvchilarning sheriklari zerikib qolmasliklari uchun ularga kitob o‘qish tavsiya va taklif etilyapti.
Kitoblar juda ko‘p bo‘lmasa-da — durdona asarlar: Amir Temur hayoti, «Qobusnoma», o‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti. Kuniga keluvchilardan 100 nafari erinmasdan shu kitoblardan birini varaqlab ko‘rsa va keyinchalik shulardan 10 nafari boshlab qo‘ygan kitobini davom ettirish uchun do‘kondan kitob sotib olsa yoki kutubxonadan olib o‘qisa — buyam progress.
Nima bo‘lgandayam, bekor o‘tirgandan kitob varaqlagan afzal, nima deysiz! Ajabmas, boshqa idoralar ham shunaqangi tajribalarni boshlab yuborishsa.

O‘zbekistondagi 9 ta OTMga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun qo‘shimcha kvotalar berildi
Respublikadagi 9 ta oliy ta’lim muassasasiga xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun qo‘shimcha kvotalar berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Foto: TIV matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yilda 17-sentabrdagi 9-sonli bayoni bilan 9 ta oliy ta’lim muassasasiga 2018/2019-o‘quv yili uchun qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi.
Bular:
Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat);
Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura);
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura);
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat);
Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat);
Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat);
Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2018 yil 28—30-sentabr kunlari o‘tkaziladi.
O‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida 2018-yilning 2-oktabridan boshlanadi.
Kirish sinovlari natijasi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018- yil 31-oktabr etib belgilandi.

Farg‘onada kollej o‘quvchisi kursdoshiga pichoq urdi
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 2018-yilning 22-sentabr kuni vaqtincha “A.T.Xo‘qandiy” dahasida yashovchi Politexnika kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi I.I. o‘zaro janjal sabab shu kollejning 2-bosqich o‘quvchisi E.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada E.M. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.I. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekistonda abituriyentlar bir nechta OTMga hujjat topshirishi mumkin bo'ladi, qabul kvotalari bekor qilinadi
O'zbekiston prezidenti oliy o'quv yurtlariga qabul qilish uchun kvotalar belgilamaydi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan.
Davlat rahbari Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligiga 2019 yil 1 aprelga qadar talabalarni oliy o'quv yurtlariga to'lov-kontrakt asosda qabul qilish uchun kvotalarni bosqichma-bosqich bekor qilishni nazar tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.
Hujjatga ko'ra, oliy o'quv yurtlariga ta`lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda talabalarni qabul qilish uchun kvotalarni mustaqil ravishda belgilash huquqi beriladi.
Yana bir muhim yangilikka - abituriyentlarga birdaniga bir nechta ta`lim muassasalariga o'qishga kirish uchun ruxsat berilishi aylanadi.
Kutilishicha, mamlakatda yangi oliy o'quv yurtlari, jumladan, xorijiy va nodavlat OTMni tashkil etish hisobidan oliy ta`limga qamrab olish darajasi ancha yuqorilaydi.

Suratda kimni ko‘ryapsiz? Eng mashhur optik illyuziyalardan birining siri ochildi
Flinders universiteti va Janubiy Avstraliya universiteti olimlari inson optik illyuziyani qanday qabul qilishi uning yoshiga bog‘liq degan to‘xtamga kelishdi. Tadqiqot natijalari «Scientific Reports» jurnalida chiqdi.
«Mening xotinim, mening qaynonam» optik illyuziyasining o‘ziga xosligi shuki, bitta qiyofada ikki nafar: yosh ayol (boshi xiyol teskari burilgan — tomoshabinga uning burni, ko‘zi qisman, qulog‘i va marjon taqilgan bo‘yni ko‘rinib turibdi) va keksa ayol (tomoshabinga yuzi yon tomondan (profil) ko‘rinadi, shuningdek, ikki ko‘zi, do‘ng burni, og‘zi va iyagi namoyon bo‘ladi) tasvirlangan.
Olimlar «Mening xotinim, mening qaynonam» optik illyuziyasi ustida sinov o‘tkazish uchun 22 mamlakatdan 18 yoshdan 68 yoshgacha bo‘lgan 666 nafar kishini jalb etishdi.
Qizig‘i, 30 yoshgacha bo‘lganlar yosh ayol, 30 yoshdan kattalar esa keksa ayol tasvirini tezroq ilg‘ashgan.
«Mening xotinim, mening qaynonam» surati ilk marotaba nemis otkritkasida 1888-yili paydo bo‘lgan. Keyinchalik. 1915-yilda karikaturachi rassom Uilyam Eli Hill o‘z talqinini taqdim etdi va bu optik iilyuziyaning mumtoz namunasiga aylandi.

Turkiyada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi
Turkiyaning shimoliy-g‘arbidagi Kojaeli viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi.
Turkiyaning shimoliy-g‘arbidagi Kojaeli viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.
Avtobus Istanbuldagi Oqsaroy shahridan o‘quvchilarni aviashouga olib ketayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lganlar: bir o‘quvchi va bir o‘qituvchi. Tan jarohati olganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Avariya yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga avtobusning shinasi yorilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ilm-fan iqtisodiyotga naf berayaptimi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining ilm-fanning iqtisodiyot real sektoriga yoʻnaltirilgani va integratsiyasini taʼminlashning dolzarb vazifalari yuzasidan axborotlari eshitildi.
Oʻtgan vaqt mobaynida iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishning maqsadli dasturlarini joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va diversifikatsiyalashga ilmiy izlanishlarni yoʻnaltirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Ilmiy-tadqiqot institutlari, banklar va investorlar uchun birgalikda ishlashning huquqiy asoslari yaratilgan. Qonun hujjatlarida intellektual mulk obyektlari mualliflari va biznes sektori vakillarini ragʻbatlantirishga qaratilgan qator yengilliklar va soliq imtiyozlari berish nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 17 ilmiy-tadqiqot institutining tijoratlashtirish mumkin boʻlgan ishlanmalari namoyishi tashkil etilgan. Tahlillar 400 dan ortiq ilmiy ishlanmalardan 62 tasini ishlab chiqarishga joriy etish mumkinligini koʻrsatmoqda. Bu ishlanmalarni sanoatga joriy qilish va tijoratlashtirish uchun kamida 13 milliard soʻm, 16 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya talab qilinadi.
Ayni paytda 43 ishlanmani tijoratlashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tijoratlashtirish ishlarini samarali boshlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining eng ilgʻor 10 ilmiy-tadqiqot instituti 3 yetakchi bankka biriktirilgan. Umumiy qiymati 80,3 milliard soʻm boʻlgan 16 ishlanma banklar tomonidan tanlab olingan. Bu loyihalarni amalga oshirishda intellektual mulk shaklida ilmiy-tadqiqot institutlari 14,5 milliard soʻm, banklar esa 58,5 milliard soʻm investitsiya bilan hamkorlik oʻrnatgan.
Loyihalarni tijoratlashtirishdan olinadigan yillik daromad 123 milliard soʻm boʻlib, ilmiy-tadqiqot institutlariga yiliga 25 milliard soʻm sof daromad tushirilishi rejalashtirilgan. Qator istiqbolli ishlanmalarning bozori banklar bilan hamkorlikda oʻrganib chiqilishi yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 14 ilmiy tadqiqot muassasalari bazasida yaratilgan boʻlajak sarmoyadorlar uchun ilmiy ishlanmalardan eng istiqbolli 33 tasi aniqlangan.
Hududlarda innovatsion faollikni oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga mos ilmiy ishlanmalar yaratishni yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hududiy Innovatsion markazlar tashkil etish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilayapti. Hozirda Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida shunday markaz qurish ishlari boshlab yuborilgan.
Tadbirda muhokama etilgan masalalar borasida yechimini kutayotgan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy yoʻnalishdagi dolzarb vazifalar ham mavjudligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, deputatlar fikricha, “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini yakuniga yetkazish zarur. Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirish, ilmiy ishlar natijalarini aniq maqsadlarga yoʻnaltirish, ishlanmalarni tijoratlashtirish yagona markazini tuzishning huquqiy asoslarini qabul qilish dolzarb boʻlib qolmoqda.
Taʼkidlanganidek, hududlarda innovatsiyaviy faollikni oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga mos ilmiy ishlanmalar yaratishni yoʻlga qoʻyishda sovuqqonlik bilan qarash holatlari uchraydi. Masalan, Fargʻona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida markaz qurilishi uchun investorlarga yer ajratish va innovatsion markazlar barpo etish boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan aniq amaliy choralar koʻrilmagan.
Yigʻilishda mutasaddi rahbarlarning axborotlari atroflicha muhokama etildi.
Nurillo Nasriyev, OʻzA

Qancha kitob o‘qish kerakmi, qanday kitobni o‘qish kerak?
Kitob mutolaasi ko‘ngil xohishi bilan bog‘liq mashg‘ulot. Albatta, hech kim birovni kitob o‘qishga majburlay olmaydi. Aksincha, mutolaaga da’vat etish mumkin xolos. Ammo Eduar Labule: «Taraqqiyotning umumiy ko‘lamida har bir xalqning o‘rni o‘sha xalq o‘qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi», – deb yozadi.
Kitob o‘qimagan odam yashay olmaydi degan gap yo‘q, ammo yashashda ham yashash bor-da! Kitoblar insonga o‘zlikni, dunyoni anglash, hayot mazmunini tushunish imkonini beradi. Badiiy adabiyotsiz fikriy teranlikka erishib bo‘lmaydi. «Radio, televideniye, internet bor-ku, ular ma’naviy ehtiyojimizni qondirolmaydimi?», – dersiz. Ular hech qachon kitobning o‘rnini bosolmaydi. Badiiy adabiyot va mutolaa haqida ko‘p va uzoq gapirish mumkin. Agar qisqagina xulosa qiladigan bo‘lsak, adabiyot insonning badiiy tafakkuri mahsulidir. Kitob esa insonning tabiati, mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk mo‘’jiza. Inson bor ekan, adabiyot va kitob yashashda davom etaveradi.
Ko‘pchilik kitob o‘qishni bilmaydi va ko‘p kishilar nima uchun o‘qiyotganini tuzukroq tushunmaydilar. Ba’zilar buni o‘qimishli bo‘lishning qiyin, biroq yagona yo‘li deb biladi. Ular uchun har qanday kitob kishini «o‘qimishli» qiladi. Boshqa birovlar uchun esa o‘qish — dam olish, shunchaki vaqtni o‘tkazish va ularga nimani (maqola, roman, she’r, xabar va hokazo) o‘qish baribir, zerikarli bo‘lmasa bas. Har birimiz, qaysi kasb egasi bo‘lmaylik, imkon va sharoitimizdan kelib chiqib kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo‘lamiz. O‘lchovli hayotimizning ma’lum bir qismini shunga sarf qilamiz. Ammo qanday kitob o‘qish, uning ta’sir va oqibatlari, umuman, nega kitob o‘qiymiz, shu haqda barchamiz ham chuqurroq o‘ylab ko‘rmaymiz.
O‘tgan asrning mashhur adiblaridan biri Herman Hessi kitob mutoalasi haqida shunday yozadi: «Shunchaki dam olish, vaqt o‘tkazishni istagan va «o‘qimishli» bo‘lish haqidagina qayg‘urgan kitobxon kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir noma’lum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga o‘xshaydi, ya’ni aynan qaysi dori kerakligini tushunmasdan, har bir qutichadagidan tatib ko‘ra boshlaydi. Aslida mutolaa borasida ham har bir kishi o‘zi uchun zarur bo‘lgan, yangi kuch hamda ruhiy ta’sir baxsh etadigan kitoblarni topa bilishi kerak emasmi?».
Faylasuf Lebbon: «Bobolarimiz kitob topishga qiynalar edilar: hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa uchun juda ziyrak bo‘lmoq kerak» deganda naqadar haq ekanligiga men yaqinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘tkazib kelinayotgan «Yosh kitobxon» respublika tanlovi uchun tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxatini ko‘zdan kechirib amin bo‘ldim.
Kitob targ‘iboti, uning ma’naviy yuksalishimizdagi o‘rni haqida qancha gapirsak kam. Ammo kitob mutolaasi xo‘jako‘rsinga, tanlovlarda g‘oliblik uchun bo‘lsa-chi? Kitobdan oladigan zavq-shavqni tuymay, shunchaki tezroq o‘qisamu asar haqida pala-partish ma’lumotga ega bo‘lsam bo‘ldi deb o‘ylaydigan, «men – kitobxonman!» deb ko‘ksiga uradigan yoshlardan haybarakallachilar guruhi shakllanadi xolos. O‘zim ham kasbim taqozosiga ko‘ra viloyat miqyosida tashkil etilgan bu kabi tanlovlarda ishtirok etib, to‘g‘risi, so‘zamol, asarlarni o‘qimay turib, badiiyat qo‘rg‘oni atrofida aravani quruq olib qochadigan, adabiyotdan zavqlanish o‘rniga ma’lumotlar bazasini to‘ldirish uchun yelib-yugurayotgan «kitobxon»larnigina kashf eta oldim.
Davomini o‘qish...
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Yoshlar ittifoqi tavsiya etgan kitoblar ro‘yxati uch qismga bo‘lingan: 10-14 yoshlilar uchun, 15-19 yoshlilar uchun va 20-30 yoshlilar uchun. Ro‘yxatdan xalqimizning dostonlari, nodir va tarixiy asarlari, shuningdek jahon adabiyotining eng sara kitoblari o‘rin olgan. Uni kim tuzganini bilmadim, ammo ayrim jihatlarni e’tiborga olganida ma’qul bo‘lar edi. Masalan, kitoblarni tavsiya qilishda o‘quvchining yoshi, asarni idrok etishi nazardan chetda qolgan. «Alpomish», «Rustamxon» kabi o‘ta milliy va jiddiy masalalar ilgari surilgan dostonlarni 4-5-sinf bolasi idrok eta oladimi? Axir maktab darsliklarini tuzgan pedagog-olimlarimiz ham 9-sinf adabiyot darslarida «Alpomish» dostonini, 10-sinfda esa «Rustamxon»ni o‘qib-o‘rganishni tavsiya etishgan-ku!
Katta yoshli kitobxonlar uchun Alisher Navoiy «Xamsa»sining nasriy bayonini o‘qish tavsiya etilgan. O‘ylab qolasan, Navoiy «Xamsa»ni nasrda yaratmagan-ku! Nasriy variantlarning yaratilishi asliyatni o‘qimasa ham bo‘ladi degani emasligini nahot anglamasak? Bu holda biz qachon Navoiyni anglab yetamiz?!
Shu toifadagi kitobsevarlar uchun keyingi yillarda o‘zbek adabiyotida yaratilgan sara asarlar tavsiya qilingani yaxshi bo‘lgan. Tog‘ay Murod, Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Isajon Sulton kabi nosirlar, Xurshid Davron, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid, Eshqobil Shukur, Iqbol Mirzo, Nodira Afoqova kabi shoirlarning asarlarini 15-19 yoshli kitobxonlarga ham o‘qitsak, bugungi adabiy jarayon bilan tanishtirsak, bugun ham yaxshi-yaxshi asarlar yaratilayotganidan voqif qilsak, yanada yaxshi bo‘lar edi.
Fikrimiz so‘ngida mashhur rus adibi Boris Pasternakning «Buyuk kitobxonlar paydo bo‘lgandagina buyuk adabiyot paydo bo‘ladi» degan gapini keltirishni joiz deb bildim. Yurtimizda kitobga, kitobxonlikka e’tibor yuksalayotganidan xursandmiz.
Zarif Quvonov Navoiy shahri

Talabaga konspekt kerakmi?
Bir o‘qituvchimiz bor. Talaba kamida 10-12 bet (5-6 varoq) konspekt qilishi kerak, bu uning bilim darajasini belgilaydi, deydilar. Bu to‘g‘rimi? Umuman, siz konspekt deganda nimani xayolingizdan o‘tkazasiz?
Masalan, men berilgan mavzuning birinchi varog‘idan boshlab to belgilangan “limit”dagi varoq to‘lguncha ko‘chirishni konspekt qilish deb bilaman va shunga amal qilaman. Qo‘limda sezgan og‘rig‘im esa yozayotgan narsamni tafakkur etishga ham yo‘l qo‘ymaydi (!)
Shu o‘rinda bir kichik savolga javob topamiz. Xo‘sh, konspekt o‘zi nima? Ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘qib o‘rgangan ma’lumotlaringizdan o‘zingiz uchun yangilik va muhim hisoblanganingizni qayd etib borish. Bu talabaning o‘zi uchun. Agar o‘sha ma’lumotni qayd etishga ehtiyoj ko‘rmasa, marhamat!
Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida konspekt deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Talabalar o‘zlashtirgan mavzularini asosan prezentatsiya (taqdimot), amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rsatib beradilar.
Xo‘sh, bizda nega unday emas? O‘quv xonalarida yuqorida ko‘rsatilgan misollar - prezentatsiya yoki amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun kerakli sharoitlar bormi?
Shunday o‘qituvchilar borki, yozgan konspektingning kam yoki ko‘pligiga qarab bilim darajangni baholaydi. 2 varoq konspekt yozgansan, lekin senda bilim yetarli - sen yaxshi baho ololmaysan, lekin kitobdagi matndan 5-6 varoq konspektni (o‘qib o‘qimay) yozib kelsang, omadingni bersin, senga - a’lo!
Biz talabalarda baho katta moddiy ahamiyat kasb etishini hisobga olsak, biz konspekt qilishimiz kerak, ko‘p-ko‘p yozishimiz (aslida, ko‘chirishimiz) kerak! Menda bir fikr bor - iloji bo‘lsa kitobni daftaringizga boshqatdan ko‘chirib chiqing! A’lo olasiz!
Dilbar Ismatullayeva
Manba: @Dilbar\_Ismatullayeva

O‘zbekistonda «Bolalar kitobi» respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
Shu yilning 25-26 sentyabr kunlari O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar Axborot kutubxonalarida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan «Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!» shiori ostida «Bolalar kitobi» respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Festival O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
«Bolalar kitobi» respublika festivalini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – bolalar o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib etish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish hamda ularni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar va bolalar nashriyotlari bilan yaqindan tanishtirish.
Festival doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesi va o‘qish zallarida kutubxona fondidan joy olgan bolalar adabiyoti namunalari ko‘rgazmasi, mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan nashr etilgan bolalar kitoblari, jumladan, mumtoz adabiyot namunalari, eng sara badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, ensiklopedik kitoblar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi, chegirmali kitob savdosi tashkil etiladi. Yosh kitobxonlarni bolalar shoiri Dilshod Rajab va Raim Farhadi, bolalar adabiyoti nashriyotlarining noshirlari bilan ijodiy uchrashuvlar kutmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondida saqlanuvchi nodir qo‘lyozmalar va mumtoz adabiyot namoyandalari asarlari bilan jihozlangan «Navoiy» o‘qish zalida Alisher Navoiy ijodi asosida, yosh avlodning Navoiy ijodini qay darajada bilishini aniqlash maqsadida, ularda mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodiga iftihor tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida adabiy viktorina bo‘lib o‘tadi. Jajji kitobxonalar uchun bolalar asarlari bo‘yicha tayyorlangan qiziqarli topshiriq va sarguzashtlarga boy kvest-o‘yinlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Festivalning badiiy qismida «Kitoblarni qutlaymiz!» mavzusida teatrlashtirilgan konsert dasturi o‘rin olgan. «Bolalar kitobi» respublika festivali mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi Axborot kutubxonalarida bo‘lib o‘tadi.