PIRLS-2021: boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning savodi xalqaro tashkilot tomonidan tekshiriladi
Batafsil: http://edunews.uz/news/841
Batafsil: http://edunews.uz/news/841
Toshkentda texnologiyalar yo‘nalishida yangi universitet ochiladi
Batafsil: http://edunews.uz/news/845
Batafsil: http://edunews.uz/news/845
Bolalar personajlarini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bosh sovrin — 10 mln so‘m
Batafsil: http://edunews.uz/news/853
Batafsil: http://edunews.uz/news/853
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harflarni lotindan kirilga, kirildan lotinga o‘g‘iramiz. Kompyuterga yangi macrosni o‘rnatish
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Kompyuterga qanday qilib yangi macros ni o‘rnatishni ushbu video darsim orqali bilib olasiz!
Macrosni esa mana bu https://bit.ly/2SwOMqW (hajmi: 3.5 kb )manzil orqali yuklab olishingiz mumkin.
__________________________________
Sayt: https://ildambek.uz
Youtube.com: Ildambek Valijonov
Telegram: t.me/ildambekuz

Forwarded from Ildambek Valijonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ms Power point dasturida animatsiya bilan ishlash
_________________________
Kanaldan uzoqlashmang↩️
🌐Sayt: https://ildambek.uz
🎥Youtube: Ildambek Valijonov
📎Telegram: t.me/ildambekuz
_________________________
Kanaldan uzoqlashmang↩️
🌐Sayt: https://ildambek.uz
🎥Youtube: Ildambek Valijonov
📎Telegram: t.me/ildambekuz
Forwarded from Ildambek Valijonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegramdagi foydali va kerakli botlar haqida qisqacha dars
________________________
Kanaldan uzoqlashmang↩️
Sayt: https://ildambek.uz
Youtube: Ildambek Valijonov
Telegram: t.me/ildambekuz
__________________________
________________________
Kanaldan uzoqlashmang↩️
Sayt: https://ildambek.uz
Youtube: Ildambek Valijonov
Telegram: t.me/ildambekuz
__________________________
Forwarded from Ildambek.uz (EDUNEWS.UZ DEVELOPMENT▪️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳужжат топшираётган абитуриентлардан 1 минимал иш ҳаққи (202 730 сўм) тўлови ундирилади !
https://t.me/joinchat/AAAAAERbwqdQftayma3-zQ
https://t.me/joinchat/AAAAAERbwqdQftayma3-zQ
Forwarded from Ildambek Valijonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Recuva: O‘chib ketgan fayllarni tiklash
_______________________
Kanaldan uzoqlashmang↩️
Sayt: https://ildambek.uz
Youtube: Ildambek Valijonov
Telegram: t.me/ildambekuz
_______________________
_______________________
Kanaldan uzoqlashmang↩️
Sayt: https://ildambek.uz
Youtube: Ildambek Valijonov
Telegram: t.me/ildambekuz
_______________________
Forwarded from Ildambek.uz (EDUNEWS.UZ)
Tarixda ilk bor! INHA bitiruvchilari 2 ta diplomli bo‘lishdi (foto)
Bugun Toshkent shahridagi INHA universiteti tashkil etilganining besh yilligi hamda ilk bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi katta tantana bilan nishonlandi. Marosimga Koreya Respublikasidagi INHA universiteti prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Kongratbay Sharipov hamda tegishli vazirlik va idoralar, respublikamizdagi texnologik kompaniyalar rahbarlari, bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
«Bu yil 242 nafar talabadan 88 nafari axborot va kommunikatsiya injiniringi fakultetini, 114 nafari esa informatika va dasturiy ta’minot fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi. Ular barcha kurslarni tugatishdi va Koreyadagi INHA universiteti hamda IUT tomonidan qo‘yilgan har qanday talabga javob bera oladigan mutaxassis bo‘lib yetishishdi. Fursatdan foydalanib, men INHA universitetiga hamda O‘zbekiston AKTni rivojlantirish vaziriga Toshkent shahridagi INHA universitetini rivojlantirishga doimiy ravishda hissa qo‘shgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman», dedi INHA universiteti prezidenti Myong Vu Cho.
«Qadrli bitiruvchilar! Sizlarga qarab ayni damda, qani edi yoshlik davrim qaytib kelsa-yu sizlar kabi shunday imkoniyatlardan foydalangan holda zamonaviy bilimlarni o‘qib-o‘rgansam, degan fikr o‘tdi xayolimdan. Sizlar eng baxtli insonsizlar, sababi siz egallagan mutaxassislik bugun jamiyatimizning har bir sohasida suv va havodek zarur, taraqqiyotni belgilab beruvchi kuchga aylangan. IUT – O‘zbekiston va Koreya hukumatlari, shuningdek, INHA universiteti tomonidan ta’lim sohasida yaratilgan dunyo miqyosidagi hamkorlikka aylandi», dedi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov.
«Men ham INHA universitetining mexanik injiniring mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchisiman. Aziz bitiruvchilar, qo‘lingizdagi INHA universiteti diplomi bilan endilikda siz ikki universitet bitiruvchisi bo‘ldingiz. Universitetda o‘rgangan bilimlaringiz bilan jamiyat rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz kerakligini va ikki universitet yanada gullab-yashnashda davom etishini duo qilishni unutmang. Biz sizlarni qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamaymiz», dedi Koreya Milliy Assambleyasining ta’lim qo‘mitasi raisi Li Chan Yol.
Marosimda bitiruvchilar IUT tarixida birinchi marotaba ikkita – INHA universiteti (Koreya Respublikasi) va Toshkent shahridagi INHA universiteti diplomlariga ega bo‘lishdi. Diplomlarni ularga INHA universiteti prezidenti Myong Vu Cho hamda IUT rektori v.b. Muzaffar Jalolov tantanali topshirdi.
Shuningdek, o‘qish davomida tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatgan bir necha talabalar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
https://t.me/joinchat/AAAAAERbwqdyN5nwc0DjyQ

Toshkent shahridagi o‘qituvchilarning maoshi 1,5 barobargacha oshiriladi
Xalq ta’limi muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha «Toshkent tajribasi»ni joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi(quyida ilova qilingan) muhokamaga qo‘yilgan
Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi Moliya vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari bazaviy tarif stavkalarining:
ikkinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,1 baravar;
birinchi toifali o‘qituvchi uchun 1,25 baravar;
oliy toifali o‘qituvchi uchun 1,5 baravar miqdorlarida qo‘shimcha rag‘batlantirish oylik ustamalarini to‘lash tartibi joriy etilishi belgilangan.

Telegram
attach 📎
Prezident bog‘cha bolalariga sovg‘alar topshirdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan maktabgacha ta’lim tizimini yuksaltirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy bog‘chalar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Surxondaryo viloyatida o‘tgan yili 288 maktabgacha ta’lim muassasasida 3-7 yoshli bolalarning 11,6 foizi qamrab olingan bo‘lsa, ayni paytda 355 ta davlat va 177 ta nodavlat bog‘chada jami bolalarning 24,3 foizi tarbiyalanmoqda. Yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni 32,3 foizga yetkazib, 74 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy bog‘chalarga qamrab olish rejalashtirilgan.
Denov tumanidagi Bog‘i Eram mahallasida «Mehnat farovon hayot» fermer xo‘jaligi tomonidan 150 o‘rinli «Smart kids» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etildi. Ikki qavatli mazkur bog‘cha chet tillarga ixtisoslashgan bo‘lib, bolalar ingliz, rus va koreys tillari bo‘yicha beshta guruhda tarbiyalanadi. Bundan tashqari, bog‘chada sport, musiqa va san’at turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasida asosan shu hududdagi harbiy shaharchada yashayotgan harbiylarning, shuningdek, mahalliy aholining farzandlari tarbiyalanmoqda. Bog‘chaga ishga qabul qilingan 22 tarbiyachining 14 nafari harbiylarning turmush o‘rtoqlaridir.
Davlatimiz rahbari bog‘chada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, tarbiyachilar bilan muloqot qildi. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari Prezidentimizga Beshta tashabbus haqida she’r aytib berdi. Davlatimiz rahbari bolalarga sovg‘alar topshirdi.
Prezidentimiz bog‘chalarda bolalar ma’naviy boy bo‘lib ulg‘ayishiga ko‘proq e’tibor qaratish, bog‘chani qurgan tadbirkorning xayrli ishini keng targ‘ib qilish kerakligini ta’kidladi.
– Tadbirkorlarimizning sharoitni tushunib bog‘chalar qurayotgani hozirgi siyosatimizga ko‘mak, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bunday bog‘chalar asosiy e’tiborni bola tarbiyasiga qaratadi, davlat bog‘chalari bilan raqobatda ishlaydi.
Shu yerda Maktabgacha ta’lim vazirligi va «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil va modul bog‘chalar taqdimoti o‘tkazildi.
Ma’lumki, olis va chekka hududlardagi kam xonadonli aholi punktlarida bog‘chalar qurish o‘zini oqlamaydi. Shuni hisobga olib, mobil bog‘chalar taklif qilinmoqda. Buning uchun «Isuzu» avtobusi bog‘cha xonasi ko‘rinishida modernizatsiya qilinib, jihozlandi. «Aqlvoy» deb nomlangan mobil bog‘chalar chekka hududlarga borib, bolalarga kunduz kuni ta’lim-tarbiya beradi. Yana bir jihati, mobil bog‘chalar uchun 2 sotix yerda o‘yin maydonchasi barpo etiladi. Bu bolalarga an’anaviy bog‘chalardagidek sharoitda tarbiyalanish imkonini beradi.
Dengiz konteynerlaridan qurilgan modul bog‘chalarda 90 nafargacha bolani qamrab olish mumkin. Bunday bog‘chalar sirti issiq va sovuq o‘tkazmaydigan material bilan qoplangan, uning ichida ham zamonaviy bog‘chalardagi kabi sharoitlar yaratilgan. Bolalarning ta’lim olishi, turli o‘yinlar o‘ynashi, uxlashi uchun yaratilgan qulayliklar chet el tajribasiga to‘la mos keladi.
Yangi loyihalarni maktabgacha ta’lim tizimida keng yoyish, mamlakatimizda bog‘chalar qamrovini kelasi yilda 50 foizga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

TDTU hududida 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi
Kadrlar tayyorlashda ish beruvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish, o‘quv jarayonlarini bevosita amaliyot bilan uyg‘un tashkil etish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yurtimizdagi ishlab chiqaruvchilar va xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
Vazirlik «O‘zeltexsanoat» uyushmasi va «CHINT Electric» O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika universiteti hududida 10 kVa/soat quvvatiga ega 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi.
Loyiha doirasida universitetning Energetika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari uchun «Elektr uskunalarini tekshirish va nazorat qilishni innovatsion boshqarish o‘quv-laboratoriya xonasi» ham to‘liq jihozlab berildi.
Zamonaviy jihozlangan laboratoriyada talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va ixtirolarini sinovdan o‘tkazish, elektr uskunalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa elektrotexnika sanoati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Urganchdagi bog‘chada bolalar kaltaklanmoqda
Xorazm viloyatining Urganch tuman markazida joylashgan 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi S.Sultonova keyingi 10 kun davomida bolalarni kaltaklab kelgan.
Tarbiyachiga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan onalar videokuzatuvga muhrlangan tasvirlarni dalil sifatida keltirmoqda. Unda tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgan holati aks etgan.
S.Sultonova muassasaning 4 yashar bolalar guruhiga tarbiyachilik qiladi. Videotasvirlarda u bolalarni chizg‘ich bilan urishi, qattiq chimchilashi, shuningdek, ovqat bermasdan, soatlab telefonda gaplashib o‘tirishi aks etgan.
«Xorazm new» axborot telegram kanali bugungi xabarlarini «Davlat bog‘chalarida bunday tarbiyachi bizga kerakmi? Nima, bolalarni, kaltaklash uchun bog‘chaga beramizmi? Xaliyam bizda kamera bor. Hech bir rasmiy tashkilot bu bo‘yicha fikr bildirmabdi, yana aytaman, bunday tarbiyachilar bizga kerakmi?» degan iddaolar bilan boshlagan.
Odilbek Ne’mat

Xalq ta’limi sohasidagi qator xodimlarning oyligi oshiriladi

O‘zbekistonda xalq ta’limi boshqarmalari va bo‘limlaridagi «metodist» lavozimi o‘rniga «mentor» lavozimi joriy etiladi. Bu haqda prezidentning «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida»gi qarori loyihasida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra:
respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi umumta’lim fanlari bo‘yicha «metodist» lavozimi o‘rniga «mentor» lavozimini joriy etish;
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar tuzilmasidagi metodik xizmat bo‘limlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi tumanlararo umumta’lim muassasalarini metodik ta’minlash markazlarini tugatgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining mentorlik xizmati bo‘limlarini, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining mentorlik xizmati sho‘’balarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Quyidagilar xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz ta’limini tashkil etish bo‘yicha mentorning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tayanch maktablar negizida malaka oshirish tadbirlarini (kurslar, o‘quvlar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, tajriba almashish darslari) tashkil qilish;
ta’lim jarayonida ilmiy, pedagogik, psixologik, didaktik va metodik usullardan foydalanishidagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish;
ta’lim jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, metodlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini joriy etishda ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglarga ko‘maklashish;
maktab rahbarlari va o‘qituvchilarga maktabda samarali ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va ta’lim sifatini oshirish borasida metodik maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar berish;
maktab rahbarlari va o‘qituvchilarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishlariga metodik yordam ko‘rsatish, ularni litsenziyalash jarayonlariga tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
Mentorlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga nisbatan quyidagicha nisbatda:
respublika darajasidagi – 1,35 baravarga;
viloyat darajasidagi – 1,25 baravarga;
tuman (shahar) darajasidagi – 1,15 baravargacha oshirish belgilanadi.
O‘qituvchi kanali

Pedagoglar faoliyati talabalar tomonidan anonim tarzda baholanishi mumkin
Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, lavozimlarni egallashning besh yillik muddati davrida rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasi komissiyasi tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha barcha pedagog xodimlar faoliyati muvofiq keltirilgan mezonlar asosida atroflicha o‘rganib chiqiladi va baholanadi, tugallangan fan o‘qituvchilarining dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim tarzda baholanadi.
Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish va baholash hamda tugallangan fan o‘qituvchilarining dars berish samaradorligini anonim tarzda baholash tartiblari oliy ta’lim muassasasining kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish va baholash hamda tugallangan fan o‘qituvchilarining dars berish samaradorligini anonim tarzda baholash natijalari oliy ta’lim muassasasi kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
O‘rganish natijalari asosida oliy ta’lim muassasasi kengashi qaroriga muvofiq pedagog xodimlar rag‘batlantiriladi, ularni egallab turgan lavozimi yoki undan yuqorilariga muvofiqligi bo‘yicha tavsiya beriladi, shuningdek pedagog xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli o‘quv-metodik, ilmiy, tarbiyaviy ishlari sifati, o‘qitgan talabalarining o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan taqdirda, tanlovni o‘tkazish tartibida belgilab qo‘yilgan muddatdan qat’iy nazar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Taʼlimni boshqarish boʻyicha axborot tizimi – OpenEMISni Oʻzbekistonda tatbiq etish masalasi muhokama qilindi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev YUNESKO tashkilot vakillari bilan uchrashdi.
YUNESKO taʼlim sektori rahbari Gvang Chol Chang, ekspert Piyer Chapelet va milliy kordinator Baxtiyor Namozov hamda taʼlim inspeksiyaning tegishli boshqarmalari rahbarlari ishtirokida YUNESKOnung dasturiy mahsuloti hisoblagan Taʼlimni boshqarish boʻyicha axborot tizimi – OpenEMIS (Yedusation Management Ipformation System)ni Oʻzbekistonda tatbiq etish masalasi muhokama qilindi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrif mobaynida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, Oʻzbekiston bilan YUNESKO oʻrtasidagi 2018-2021-yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasini tasdiqlagan edi.
Mazkur hujjatga asosan munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish, tomonlar oldida turgan vazifalarni birgalikda innovatsiyalar orqali hal etish va barcha yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash belgilangan.
Yuqoridagi kelishuvga asosan YUNESKOnung dasturuy mahsuloti hisoblangan OpenEMIS Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. Mazkur dastur oʻquv muassasalarida oʻquvchilar soni, davomati, faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilar, sinflar, darsliklar, infratuzilma, moliya va oʻquv natijalari kabi keng qamrovli maʼlumotlarni boshqarish imkonini beradi.
Ulugʻbek Tashkenbayev xalqaro tashkilot vakillariga inspeksiya tomonidan taʼlim sifati baholash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berar ekan, ushbu jarayonda xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng, YUNESKO ekspert janob Piyer Chapelet Taʼlimni boshqarish boʻyicha axborot tizimi – EMIS haqida taqdimot oʻtkazib, ushbu tizimning afzalliklari va undan unumli foydalanib kelayotgan mamlakatlar tajribasi va erishilgan natijalar haqida maʼlumot berdi.
YUNESKO taʼlim sektori rahbari janob Gvang Chol Chang ushbu tizimni tatbiq etishning afzalliklari haqida gapirar ekan uning taʼlim sifatini monitoring qilish va baholab borishda qulayliklar yaratishini aytib oʻtdi.
Hozirgi kunda mazkur platformaning ayrim imkoniyatlari Maktabgacha taʼlim va Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarida qoʻllanib kelinmoqda. Xalqaro tashkilot vakillari ushbu dasturni Oʻzbekistonda joriy etishdagi muammoli jihatlar boʻyicha yaʼni maktabgacha, xalq taʼlimi va oliy taʼlim tizimlari oʻrtasida uzluksizlikni taʼminlash, oʻzaro integratsiya qilish, maʼlumotlarning ishonchliligi va xavfsizligini taʼminlash kabi masalalarda Taʼlim inspeksiyasidan hamkorlik qilishni soʻrashdi.
Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi ushbu loyiha yurtimizda taʼlim tizimi isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xalq taʼlimi va oliy taʼlimi tizimini rivojlantirish konsepsiyalarida koʻrsatilgan vazifalarga mos tushishini taʼkidlar ekan, tizimga kiritiladigan maʼlumotlar haqqoniyligini taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish, turli vazirlik va idoralar tasarrufidagi taʼlim muassasalari tomonidan kiritilayotgan maʼlumotlarni yagona standartlar asosida joylashtirish, axborotlarni integratsiya qilish lozimligini maʼlum qildi. Shuningdek, ushbu tizimni doimiy hamkorlikda ishlashi uchun barcha taʼlim vazirliklari va Taʼlim inspeksiyasi ekspertlaridan tashkil topgan muvofiqlashtiruvchi kengash (koordinatsion komitet)tashkil qilish taklifi bildirildi.
Yakunda tomonlar OpenEMISni yurtimizda tatbiq etish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha oʻzaro fikr almashish turishga kelishib olishdi, deya xabar beradi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati.
OʻzA

Oʻzbekiston – Yaponiya: taʼlim sohasida hamkorlik
Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida koʻplab sohalar qatori madaniy-gumanitar, taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ayni jarayonga faol hissa qoʻshayotgan Oʻzbekistonning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri.
Mazkur taʼlim dargohida ikki mamlakat yoshlari muloqotini har tomonlama faollashtirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 6-noyabr kuni tashkil etilib, unda universitet yoshlari kunchiqar yurt madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.
Tadbirda Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinori ishtirok etib, rivojlanayotgan Oʻzbekiston – Yaponiya munosabatlari haqida toʻxtaldi. Oʻzbekiston yoshlarining zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishga intilishi, yapon tili va madaniyatini oʻrganishga ishtiyoqini yuqori baholadi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yapon tili boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyilgan. Malakali oʻqituvchilar, xususan, Yaponiyadan kelgan mutaxassislar 60 dan ziyod talabaga yapon tilidan saboq bermoqda. Universitet bilan Yaponiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida talabalar almashuvi dasturlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirda talabalarning yapon tili va adabiyoti boʻyicha bilimi sinovdan oʻtkazildi. Gʻolib yoshlarga elchixona, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Nagoya universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi esdalik sovgʻalari topshirildi.
Malohat HUSANOVA, OʻzA