Toshkent davlat pedagogika universiteti Belarus pedagogika universiteti bilan hamkorlik qiladi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.
18-21-sentabr kunlari Belarus davlat pedagogika universiteti vakillarining universitetga tashrifi rejalashtirilgan. Mazkur tashrif davomida Oʻzbek-Belarus ilmiy markazini tashkil etish va universitetlar hamkorligida qoʻshma fakultet taʼsis etish masalalari koʻrib chiqiladi. Mazkur markazda taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻzaro fikr almashadi, hamkorlikda seminar hamda konferensiyalar tashkil etiladi. Qoʻshma fakultet esa hamkorlikda pedagog kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi.
Ayni vaqtda logopediya taʼlim yoʻnalishida bakalavr hamda magistrlar tayyorlash boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi. Shuningdek, kelajakda mazkur fakultet faoliyatini kengaytirib, psixologiya hamda maktabgacha taʼlim sohalarida mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda.
OʻzA
•••┄┄┄༻❅༺┄┄┄••
Eng so‘ngi Ta’lim yangliklari kanaliga obuna bo‘ling

“Talabalar shukronasi...”
Toshkent shahar Yoshlar markazida 1-bosqich talabalarini “Yoshlik” talabalar shaharchasi hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Talabalar shukronasi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi Qahramon Shonazarov, Toshkent shahar 1-sonli IIB boʻlimi boshligʻi Shavkat Mirzajonov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi shaharcha kengashi raisi Oʻtkir Mahkamovlar ishtirok etib, yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida samarali ishlar qilinayotganini alohida taʼkidlashdi.
Davlat rahbarining 2017 yil 6 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni mazkur ishlar rivojida dasturilamal boʻlmoqda.
Aytish joizki, “Yoshlik” talabalar shaharchasida mamlakatimizdagi eng yirik oliygohlar, jumladan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlari joylashgan. Mazkur oliy oʻquv yurtlarida jami 22 ming 8 yuz 26 nafar talaba tahsil oladi.
Shuningdek, mazkur muassasalarga va yana shaharcha hududidan tashqarida joylashgan Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya universiteti hamda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga qarashli jami 29 talabalar turar joylari mavjud.
Tadbirda yil davomida talabalar shaharchasida amalga oshirilgan loyihalar, jamoatchilik xavfsizligi, jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha qilinishi kerak boʻlgan ishlar va bu borada talabalarning vazifasi qanday boʻlishi xususida maʼlumotlar berildi.
Mazkur talabalar shaharchasi huzuridagi toʻlovlarsiz amalga oshiriladigan toʻgaraklar va shu kabi mavzularda taqdimotlar oʻtkazildi.
Tadbir soʻngida sanʼatkorlar ijrosida yangragan kuy-qoʻshiqlar bayramga yanada zavq bagʻishladi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA
┄┅✯┅★✯★┅✯┅┄

10-11 sinf oʻquvchilari uchun harbiy-sport musobaqasi
Poytaxtimizdagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ilk bor “Temurbeklar” harbiy-sport oʻyinlari musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilgan festivalda Toshkent shahridagi barcha tumanlardan 10-11 sinf oʻquvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.
Ertangi kunimiz egalari hisoblangan yoshlar safda shaxdam qadamlar bilan yurish, vatanparvarlik qoʻshiqlarini kuylash, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, arqon tortish, yugurish, umuman, sportning bir necha turlari boʻyicha bellashdi.
Qizgʻin va murosasiz qarama-qarshiliklarga boy boʻlgan ushbu tadbirda birinchi oʻrinni Chilonzor, ikkinchi oʻrinni Yunusobod hamda uchinchi oʻrinni Mirzo Ulugʻbek tumanlari yoshlar jamoalari egalladi. Gʻolib jamoalarga kubok, shuningdek, harbiy-sport musobaqasida faol ishtirok etgan yoshlarga tadbir tashkilotchilarining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, davlatimiz rahbarining joriy yil 4 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan har haftaning jumasi “Maʼnaviy yuksalish va Vatanparvarlik kuni” deb eʼlon qilingan.
Mazkur harbiy-sport musobaqasi ham yoshlarning fuqarolik burchi, shaxsiy masʼuliyatini oshirish, shu yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish, qatʼiy eʼtiqodini mustahkamlash, eng muhimi, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
OʻzA
══════ ❁✿❁ ══════
Eng ishonchli Ta’lim yangliklari kanaliga obuna bo‘ling

Namangandagi institutda amerikalik professorlar dars bermoqda
Namangan muhandislik-texnologiya institutiga AQSh nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan ikki nafar malakali professor va ekspert taklif etildi. Jumladan, Texas xalqaro ta’lim markazi professori Ravi Prokash Dani institutning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash soxasi talabalari uchun “O‘simlikshunoslik va paxtachilik” fanidan 40 soatlik dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Shuningdek, amerikalik olim Dani agrar soha professor-o‘qituvchilari uchun o‘z tajribalaridan kelib chiqib master-klass o‘tib berdi. Dars mashg‘ulotlari bilan birgalikda AQSh va Hindistonning yetakchi olim ta’lim muassasalari va institut o‘rtasida video-konferensiya ham o‘tkazilib, o‘zaro tajriba va fikrlar almashildi, deya xabar berdi Namangan muhandislik-texnologiya instituti matbuot xizmati.
Bundan tashqari, AQShning Kolumbiya universitetidan taklif etilgan ekspert-o‘qituvchi Benjamin Arensteyn bir yil davomida institut talabalariga ingliz tili fanidan saboq beradi hamda professor-o‘qituvchilar uchun master-klasslar mashg‘ulotlarini tashkil etib boradi.
Ma’lumot uchun, joriy yil davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutiga Malayziya, Rossiya, Janubiy Koreya, Italiya, Portugaliya kabi davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassalari hamda ilmiy tadqiqot markazlaridan o‘nga yaqin olimlar tashrif buyurishdi.

135 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etiladi
Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumani “Mirzadala“ mahallasida tadbirkor Amirilla Joʻraboyev sobiq maishiy xizmat uyining boʻsh turgan binosini “nol” qiymatda olib xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi barpo etdi. Loyiha qiymati 4 milliard 367 million boʻlgan muassasa 135 nafar kichkintoy uchun moʻljallangan.
– Xalq taʼlimi tizimida koʻp yillardan buyon ishlab kelayotganim tufayli Prezidentimizning maktabgacha taʼlim muassasalarga berayotgan katta eʼtiboridan ruhlanib, ushbu loyihani amalga oshirishga kirishdim, – deydi Amirilla aka. – Loyihani amalga oshirishda “Transbank”ning 3 milliard 270 ming soʻmlik kreditidan foydalanish shartnomamiz bor. Bu kredit bosqima-bosqich ajratilayotir. Hozirgacha inshootni toʻliq rekonstruksiya qildik, qoʻshimcha bino qurdik. Qurilish-taʼmirlash, jihozlash ishlarini 1 oktyabrgacha toʻliq yakunlab, muassasani ishga tushirish niyatidamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi PQ-3651-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatda jami 135 ta nodavlat-davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etilishi belgilangan.
– Hozirgacha jami 40 ta nodavlat xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari va oilaviy uy bogʻchalari tashkil qilindi, – deydi viloyat hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy maʼrifiy masalalar boʻyicha kotibiyati bosh mutaxassisi Azamat Darxonov. – Ularning 15 tasi xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi, 25 tasi esa nodavlat oilaviy uy bogʻchalaridir. Nodavlat va oilaviy bogʻchalarga jami 985 nafar kichkintoylar jalb etildi. Yangi tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalaridagi 53 ta guruhda jami 123 nafar pedagog va ishchilar faoliyat koʻrsatayotir.
Ayni paytda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari qurish uchun tashabbuskorlarga imtiyozli kredit ajratish boʻyicha tarmoq jadvallari ishlab chiqildi va yer maydoni, boʻsh turgan bino ajratish boʻyicha tuman, shahar hokimlarining qarorlari qabul qilindi.
Ushbu maktabgacha taʼlim muassasalarini bank kreditlari bilan taʼminlash uchun 75 ta maktabgacha taʼlim muassasalariga “Qishloqqurilishbank“ hamda 65 ta maktabgacha taʼlim muassasalariga “Trast bank“ masʼul etib biriktirilgan.
“Qishloqqurilishbank“ bilan bitim shartnomasi imzolagan 38 nafar tadbirkorlarning 17 nafariga 13 milliard 500 million soʻm, “Trastbank“ bilan bitim imzolagan 16 nafar tadbirkorlarning 9 nafariga 4 milliard 826 million soʻm, jami 18 milliard 326 million soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etmoqchi boʻlgan 81 nafar tadbirkordan 11 nafar tadbirkorga ajratilgan yer maydonlari tanlovga qoʻyildi. 8 nafar tadbirkorlarning hujjatlari Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim qilindi. Yana 62 nafar tadbirkorlarning hujjatlaridagi kamchiliklari toʻgʻrilanmoqda.
Toshqul Beknazarov, OʻzA
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
Kanalimizga obuna bo‘lish esdan chiqmasin!

TATU va BDIRU qoʻshma fakultet ochish toʻgʻrisida kelishib oldi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) Axborot texnologiyalari qoʻshma fakulteti (ATQF TATU-BDIRU)ni tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
Hujjat TATU rektori T.Teshaboyev va BDIRU rektori V. Bogush tomonidan Belarus delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifi doirasida imzolandi.
Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maʼlumotlariga koʻra, qoʻshma fakultet bitiruvchilariga ikkita diplom ( TATU va BDIRU) beriladi. Bunda ular BDIRU yoki TATU magistraturasida magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish va “magistr” akademik darajasini olgan holda taʼlimni davom ettirish huquqiga ega boʻladi. Yangi fakultetda mutaxassislarni tayyorlash Belarus Respublikasida belgilangan va BDIRUda joriy qilingan taʼlim mutaxassisligi va yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladi. Shunday qilib, TATUda uchta yangi taʼlim yoʻnalishi: axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti, mobil dasturlash tizimlari va sunʼiy intellekt kabi yoʻnalishlar yaratildi. Yangi fakultetga oʻqishga kirish uchun rus tilini bilish zarur. Chunki, barcha oʻquv dasturlari BDIRU tomonidan ishlab chiqilgan. Taʼlim ikki bosqichda olib boriladi. Uning dastlabki ikki yili TATUda, qolgan ikki yili BDIRUda oʻtadi va shu yerda tegishli malakani egallagan bitiruvchilarning diplom loyihasi himoyasi boʻlib oʻtadi.
Yangi fakultet mamlakat dasturchilarini tayyorlash sifati va mahalliy AT-kadrlarining ixtisoslashuv darajasini oshirish imkonini beradi.
Roman Bondarchuk, OʻzA

Sherzod Shermatov: Har bir viloyatda 50 tadan xususiy maktab quriladi
“Turon 24”ning “Facebook” sahifasida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan jonli efirda muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonning har bir viloyatida 50 tadan xususiy maktab qurilishini ma’lum qilgan. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu haqda topshiriq bergan. Hozirgi kunda xalq ta’limi tizimidagi xususiy maktablar miqdori 0,6 foizni tashkil qiladi”— deyiladi xabarda.
https://t.me/joinchat/AAAAAEc2tjdcw4KTCShHIg

Oʻzbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Institutiga “Universitet” maqomi berildi
15-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning yangi oʻquv binosini foydalanishga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368–son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga “Universitet” maqomi berilgan edi.
Bugungi kunda universitetda isteʼdodli yoshlarni saralab olish, respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya hamda milliy sport turlari boʻyicha talabalar sport klublari va jamoalarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Universitetda 5 ta fakultet mavjud boʻlib, bakalavr bosqichida 3335 nafar, magistratura bosqichida 50 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, 18 ta kafedra, 9 boʻlim mavjud. Taʼlim-tarbiya va oʻquv jarayoni 333 nafar yuqori malakali mutaxassislar, jumladan, 21 nafar fan doktori, professor, 56 nafar fan nomzodi, dotsent tomonidan olib borilmoqda.
5 ta oʻquv binosi, 2 ta talabalar turar joyi, 2 ta oshxona va axborot-resurs markazi, manej, boks, taekvondo, yozgi va qishki suzish havzalari, gimnastika va sport gimnastika, ogʻir atletika zallari, tennis, nayza uloqtirish maydonlari, futbol oʻyingohi faoliyat koʻrsatmoqda.
Universitet bugungi kunga qadar 30 mingga yaqin oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorladi. Talabalarning aksariyat qismi sport ustalari, xalqaro toifadagi sport ustalari, xizmat koʻrsatgan sport ustalari unvonlariga sazovor boʻlishgan. Ular mamlakatimiz terma jamoalari aʼzolari tarkibida Olimpiada, Osiyo oʻyinlari va jahon chempionatlarida ishtirok etib kelishmoqda.
Hozirgi paytda Universitet tomonidan Xitoy jismoniy tarbiya va sport universiteti, Moldava davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti, Rossiyaning Pavoljiya davlat jismoniy madaniyat, sport va turizm akademiyasi, Sibir davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti, Koreya Respublikasining “Dankuk” universiteti, Germaniyaning Nemis maslahat va kouching institutlari bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Universitetda 6 nafar xorij talabasi (Rossiya, Qozogʻiston) turli sport turlari yoʻnalishida tahsil olmoqda.
Kelajakda universitet hududida 1600 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi, 600 oʻrinli oʻquv binosiga ega boʻlgan gimnastika zali, 3 ta sport inshooti qurib bitkazish hamda futbol maydoni va uning maʼmuriy binosini qayta rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
O'zA

Angorga kitob do'koni kerakmi yoki aroq do'koni? - Tuman mutasaddilari qay birini tanlashmoqda?🎥(video)
Surxondaryo viloyati Angor tumanidan tahririyatimizga jo'natilgan murojaatnoma o'zining antiqaligi, tumandagi mutasaddilarning kitobga, ilmga va ma`rifatga bepisandligi bilan bizni lol qoldirdi.
Angor shaharchasi «Navro'z» mahallasida yashovchi yosh, yakka tartibdagi tadbirkor Madinabonu Jo'rayeva 2017 yil 2 iyun kuni Surxondaryo viloyatining (o'sha paytdagi) hokimi Erkinjon Turdimovning qabuliga borib, tuman markazida «Kitob olami» do'koni va o'quv zali qurish g'oyasi borligini ma`lum qiladi.
Bunday tashabbus viloyat rahbari tomonidan qo'llab-quvvatlanib, tuman hokimiga topshiriq beriladi va tuman hokimi B.Ibatovning shu kungi 1282-sonli qarori bilan sobiq avtoshohbekat o'rnidan 200 kvadrat metr yer maydoni ajratiladi.
Yer maydoni ajratilgach, uch oy davomida kerakli hujjatlar tayyorlanib, bino loyihalashtirilib, uning poydevorini tiklash ishlari olib boriladi.
Biroq oradan ko'p o'tmasdan, 2018 yilning 5 mayiga kelib Angor tuman prokuraturasi tuman hokimi qaroriga nisbatan protest e`lon qiladi. Sabab sifatida qurilish hujjatlari qonun talablariga muvofiqlashtirilmaganligi ko'rsatib o'tiladi.
Lekin tuman prokurori protestida e`tiroz o'laroq tilga olingan barcha xulosalar bor. Taqdim etilgan. Hattoki viloyat adliya boshqarmasining qurilishni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar aniqlanmagani haqidagi xati ham bor!
Bizga hikoya qilishlaricha, Prezidentning davlat maslahatchisi T.Xudoybergenovning sayyor qabuli chog'ida sobiq Avtoshohbekat hududida spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchilar yolg'on ko'rsatma bilan, «bir boyvachcha bizning do'konlarimizni to'sib, katta gipermarket quryapti», degan vajni keltirishadi va davlat maslahatchisi vaziyatni o'rganib chiqish vazifasini topshiradi. Vaziyat esa bunaqa tus oladi.
Aslida, qurilayotgan kitob olami do'koni o'sha aroq-vino mahsulotlari omborlariga xalaqit bermaydi. Chunki orada keraklicha masofa saqlangan. Boz ustiga, qurilish uchun Jo'rayevlarda yetarli mablag' yo'q, ular u qadar boyvachcha ham emas, bankdan kredit olib qurilishni yakunlashni maqsad qilishgan.
Madina Jo'rayevaning otasi Botir Jo'rayevning aytishicha, tuman hokimligi «Kitob olami» do'konini qurish uchun tumanda boshqa joydan yer ajratishni taklif etgan. Biroq taklif etilayotgan yerlar shaharchadan chekkada, kitob do'koni esa aholi gavjum markazda qurilmasa — u yerga odamlarning ataylab kitob uchun borishlari dargumon.
Spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do'konchalarning ahvoli esa mana bunday…
Surxondaryo viloyatida eng yirik «Kitob olami» do'koni bo'luvchi qurilish esa to'xtab qolgan. Jo'rayevlar oilasi hozircha o'z uyidan savdo qilib turishibdi. Xaridorlar gavjum. Bino qurilishi uchun armatura karkaslar ham o'sha uyda saqlanmoqda.
Vaziyatni qarang. Tuman prokuraturasi hujjatlarda kamchilik bor, deb tuman hokimining yer ajratish to'g'risidagi qarorini bekor qilmoqda. Bu orada qurilishning ost qismi deyarli tugab qolgan. Tadbirkor hujjatlardagi kamchilikni bartaraf etgan. Endi tuman hokimligi o'sha yerni yana qaytadan ularga xatlab berishni istashmayapti. Qilingan xarajatlar uchun 100 million so'm kompensatsiya va boshqa, tuman markazidan uzoqroq bir necha joylardan yer taklif qilayapti.
Angor tuman hokimligiga savol: NeGA HUJJATLARDAGI PROKURATURA PROTeSTIDA KO'RSATIB KAMChILIKLARNI BARTARAF ETGAN TADBIRKORLARGA AYNAN O'ShA JOY UChUN QAYTA QAROR ChIQARIB BeRILMAYaPTI?! NeGA?! Bu savolga Angor tuman hokimligining javob berishi juda qiyin bo'ladi.
Qiziq, eplasholarmikan?
Xullas, ezgu tashabbus bilan bunyod etilishi ko'zlangan, viloyat rahbaridan oq fotiha olingan qurilish Angor tumanidagi yuqori martabali mansabdorlar tomonidan qandaydir shubhali tadbirkorlarning manfaatini ko'zlab, to'xtatib qo'yilmoqda.
O'zi Angorga kitob do'koni kerakmi yoki aroq do'koni?
Kanalga obuna bo‘ling

Telegram
Edunews.uz
@edunewsuz
Sherzod Shermatov “O‘zbekiston 24”dagi ko‘rsatuv haqida: Sivilizatsiyalashgan jamiyatda shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas!
O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbekiston 24” telekanali orqali maktab formasi haqida namoyish etilgan videolavha yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Lavhada yosh-yosh o‘quvchi qizlarning yubkalari kaltaligidan tortib, o‘qituvchilarning formasi yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilgan.
“Xalq ta’limi vazirligidagi faoliyatimning boshidayoq formadan ko‘ra ancha muhimroq boshqa muammolar borligi haqida gapirib o‘tgan edim. Ammo afsuski, haligacha ko‘pchilik faqat shu haqda gapirib, shunga chalg‘ib qolmoqda”, — deb yozdi vazir Facebook’dagi sahifasida.
“Hammamiz o‘qituvchilar obro‘sini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilayotgan bir paytda o‘quvchilar formasi masalasidan o‘qituvchining kiyimiga o‘tish noto‘g‘ri bo‘ldi, deb o‘ylayman. Hozir yuqori malakali o‘qituvchilarni topish shunday ham qiyin”, — dedi Sherzod Shermatov.
“Bundan tashqari, televideniye orqali kimnidir uning roziligisiz salbiy ma’noda ko‘rsatayotgan paytda ularni tanib olish mumkin bo‘lmasligi uchun, yuzlarini yopish zarur. Sivilizatsiyalashgan jamiyatda shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas!” — deb yozdi vazir.
Sherzod Shermatov jurnalistlar kelajakda bunday muhim jihatlarni e’tiborga olishiga umid qilib qoldi.

Ukraina: o‘qituvchi bo‘lishni istovchilar juda oz
«Regnum» axborot agentligi yozishicha, Ukraina pedagogiga oliy o‘quv yurtlarida fizika, kimyo, matematika va informatika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni istovchi talabalar topilmayapti. Bu haqda Ukraina ta’lim va fan vazirligi direktorati direktori Oleg Sharov «Zerkalo nedeli»ga ma’lum qilgan.
O‘tgan kirish imtihonlarida budjet o‘rinlarining yarmi ham to‘lmadi, ta’lim muassasalari davlat buyurtmasini bajara olmaydi, deya ta’kidladi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 3-sentyabr kuni Ukraina ta’lim vaziri Liliya Grinevich o‘qituvchilar 2019-yilda maoshlari oshishiga umid qilishmasa ham bo‘ladi, degandi.
Bizga Obuna bo‘ling!

Har birimiz oʻqituvchi degan sharafli nomga munosib boʻlaylik!
Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminar ishtirokchilari viloyatdagi barcha oʻqituvchilarga ana shu daʼvat bilan murojaat qabul qildi.
Viloyat xalq taʼlimi tizimidagi muassasalar rahbarlari va tajribali oʻqituvchilar ishtirok etgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalq taʼlimi sohasiga oid farmon va qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, taʼlimi sifati va samaradorligiga erishishda pedagoglar oldida turgan masalalar muhokama etildi.
Bugungi kunda Samarqand viloyati xalq taʼlimi tizimida 1207 ta umumtaʼlim maktabi, 9 ta maxsus maktab-internat, 2 ta Mehribonlik uyi, 17 ta “Barkamol avlod” markazlari, 17 ta axborot-resurs markazi faoliyat yuritmoqda. Viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida 683 ming 663 nafar oʻquvchiga 47 ming 267 nafar oʻqituvchi taʼlim-tarbiya bermoqda.
Har bir oʻquvchiga oʻz farzandimiz, jigarbandimizdek munosabatda boʻlib, ularga oʻz ota-onasidek gʻamxoʻrlik koʻrsataylik. Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganlaridek, tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot masalasi boʻlsin, deyiladi.
Gʻ.Hasanov, OʻzA
Kanalga obuna bo‘ling!

Oʻzbekistonda bir vaqtning oʻzida ikki diplomga ega boʻlish mumkin
Ural davlat iqtisodiyot universitetida kimlar oʻqiydi? Bu savol ayni vaqtda test sinovlarida qatnashayotgan har bir abituriyentni va ularning ota-onasini ham oʻylantirmoqda.
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida bakalavriat bosqichiga hujjatlar topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi.
2018/2019-oʻquv yili uchun ikki universitet oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturiga muvofiq, iqtisodiyot (korporativ iqtisodiyot va biznesni boshqarish), iqtisodiyot (iqtisodiyot va loyihalarni boshqarish), menejment (kichik biznesni boshqarish), savdo ishi (xalqaro tijorat) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 125 abituriyent talabalik baxtiga erishishi mumkin.
Bir yuz yigirma besh oʻringa ming nafarga yaqin yigit-qiz daʼvogarlik qilmoqda.
Oʻqish faqat rus tilida boʻladi. Test topshirish jarayonlari ham rus tilida tashkil etildi.
Test imtihonidan oʻtganlar joriy yilning 1 oktyabridan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kunduzgi shaklda toʻrt yil oʻqiydi. Test sinovlari ham rus tilida Ural davlat iqtisodiyot universiteti mutaxassislari tomonidan tayyorlangan. Jarayon ham ularning kuzatuvi ostida boʻlib oʻtmoqda.
Bakalavr bosqichini tamomlagan talabalar ikki universitet diplomiga ega boʻladi.
B.Meliqulova, OʻzA
Kanalimizga obuna bo‘ling!

Aziz Abduhakimov: «Maktabdagi ta`lim tizimini rivojlantirishda eng yaxshi jahon tajribasiga tenglashamiz»
Ba’tafsil o‘qish bu yerda!
@edunewsuz
Ba’tafsil o‘qish bu yerda!
@edunewsuz
Samarqandda Veterinariya meditsinasi instituti ochildi
Mehmonlar dastlab institutning “Yoshlar innovatsion markazi”da boʻlib, yangi loyihalar va bosh binosida tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdi.
– Kelgusida Oʻzbekiston veterinariyasi istiqboli yanada yuksaladi, – deydi institut professori “El-yurt hurmati” ordeni sohibi D. Abdukarimov. – Oliy dargohni bitirgan talabalar zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusi bilan yashaydigan, yetuk va tajribali mutaxassis boʻlib yetishadi. Ana shunda oradan yillar oʻtsa-da, veterinariya meditsinasi institutining tashkil etilishi veterinariya tarixida oʻchmas sahifa boʻlib qoladi.
Ushbu institutning ochilishiga sabab nima? Bundan qanday oʻzgarishlar yoki yutuqlar kutilmoqda?
Shu oʻrinda qayd etish joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yili 9 dekabrda Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida agrar sohada zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan kadrlar yetishmayotgani, ayniqsa, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida veterinar mutaxassislarga ehtiyoj katta ekanligi alohida qayd etilgan edi.
Chorva mollarining zotini yaxshilash, parrandalarda kasalliklarni erta aniqlash va davolash boʻyicha ilmiy izlanishlar deyarli olib borilmayotganligi, chorvachilik sohasida yetakchi boʻlib kelgan yurtimizda bugun zotdor mollarni faqat chetdan olib kelish bilan cheklanib qolayotganimizni hech nima bilan izohlab boʻlmasligiga toʻxtalib oʻtdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi va qatʼiy topshirigʻi asosida jahonning ilgʻor tajribalari oʻrganilgan holda takliflar tayyorlanib, sohaning zamon talablari asosida rivojlanishini hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida 2018 yil 8 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Institut oldiga, soha uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, rivojlangan xorijiy davlatlarning veterinariya va chorvachilik sohasi boʻyicha ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida taʼlim jarayonlariga tatbiq etish, taʼlim berish jarayonida nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash kabi bir qator vazifalar belgilab berildi.
Demak, kelgusida yurtimizda chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishida mazkur taʼlim dargohi muhim vazifalarni bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat veterinariya qoʻmitasi raisi B.Norqobilov, Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari R. Qobilov, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori X.Yunusovlar institut ochilish marosimining ramziy lentasini kesish jarayonida ishtirok etdi.
Sayyora Shoyeva, OʻzA

Dunyo fiziklari Samarqandda jam boʻldi
Samarqand davlat universitetida “Katta adron kollayderida fizika” XX anʼanaviy anjumani boʻlib oʻtdi.
Universitet axborot xizmatining xabar berishicha, anjumanda AQSH, Fransiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Hindiston, Rossiya, Ukraina va belaruslik olimlar, yuartimiz ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlarining yadro va elementar zarrachalar fizikasi sohasidagi mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiyaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yoʻldoshev, Samarqand davlat universiteti rektori rektori R.Xolmurodov va boshqalar Katta adron kollayderi loyihalari asosida muhim ilmiy natijalarga erishilayotgani, turli mamlakatlardagi mutaxassislar oʻrtasida hamkorlik mustahkamlanayotganini taʼkidladi.
Anjuman qatnashchilari Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy obidalarni tomosha qildi.
OʻzA
Bizga obuna bo‘ling!

Fargʻonada Belgorod davlat texnologiya universiteti bilan qoʻshma fakultet ochildi
Fargʻona politexnika instituti bugungi kunda oʻndan ortiq davlatlarning oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining kasb mahoratini yanada oshirish, taʼlim dasturlarini takomillashtirish, bu borada xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Fargʻona viloyatidagi oliy oʻquv yurtlari ham Rossiya, Germaniya, AQSH kabi davlatlarning oliy oʻquv dargohlari bilan xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha hamkorlik qilib kelmoqda.
Fargʻona politexnika institutida Vladimir Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda texnologik jihozlar va komplekslar qoʻshma fakulteti ochildi. Fakultetni tashkil etishdan maqsad oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli integratsion aloqalarni takomillashtirish asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.
Shuningdek, politexnika instituti Qirgʻizistonning Musa Adishev nomidagi Oʻsh texnologiya universiteti, Belarus davlat texnologiya universiteti va akademik Muhammad Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universiteti bilan talabalarni oʻqitish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish boʻyicha shartnoma tuzgan.
2018-2019 oʻquv yilida oʻquv jarayoniga 32 nafar xorijiy professor-oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarni tashrif jadvali shakllantirildi. V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti, Ufa davlat neft-texnika universiteti, Voronej davlat texnika universiteti, Novosibirsk davlat universiteti hamda Sankt-Peterburg fizika-texnika institutidan professorlar kelib, talaba va magistrlarga, ilmiy tadqiqotchilarga fizika, matematika, kimyo hamda texnika fanlarining zamonaviy yutuqlari haqida maʼruza qildi.
M.Sulaymonov, OʻzA

Toshkent shahridagi Yodju Texnika institutining imtihon natijalari eʼlon qilindi. 1000 nafar abituriyent talaba boʻldi
Avval xabar berganimizdek, 7-8 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Yodju Texnika institutiga qabul imtihonlari Xalq isteʼmol tovarlarining koʻrgazma-yarmarka savdosi binosida boʻlib oʻtdi.
Mazkur test sinovlarining natijalari 17-sentyabr kuni oliygohning rasmiy veb-saytida eʼlon qilindi. Natijalarni http://admission.ytit.uz/web/#/check/results havolasiga oʻtib, abituriyent ID kodi yoki variant nomerini kiritgan holda aniqlash mumkin.
Oliygoh mutasaddilarining ILM.UZʼga xabar berishicha, 2018/2019 oʻquv yili uchun 5 ta yoʻnalishda 200 nafardan jami 1000 nafar abituriyent talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlishgan.

OʻzMU qoshidagi davlat granti asosida tayyorlaydigan oʻquv kursga tinglovchilar qabul qilinadi
Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ga kirish sinovida maqsadli ishtirok etishga tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy Universitetida davlat granti asosidagi oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Oʻquv kurslariga fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega boʻlgan 100 nafar yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov rus tilida oʻtkaziladi.
Tanlovda abituriyentlar, maktab va litsey-kolledj bitiruvchilari qatnashishi mumkin. Undan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar yotoqxona bilan taʼminlanishi mumkin.
Oʻquv kurslari shu yilning 2 oktyabridan boshlanib 10 oy davom etadi hamda fizika, matematika va rus tili fanlaridan olib boriladi.
Hujjatlar shu yilning 25 sentyabrigacha qabul qilinadi. Nomzodlar Oʻzbkiston milliy universiteti (246-02-20)da tashkil etilgan qabul komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Maʼlumot uchun, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filiali ish boshlaydi.
Manba: Edu.uz

OLIMPIYA SPORT TURLARI BO‘YICHA MAKTAB-INTERNATLARGA O‘QUVCHILARNI QABUL QILISH TARTIBI QANDAY?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasi joylashtirildi.
Nizomga ko‘ra, maktab-internatga har yili umumta
d) o‘quvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar, agar mavjud bo‘lsa;
ye) o‘quvchining 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurati;
j) o‘quvchining sport pasporti nusxasi, agar mavjud bo‘lsa (hujjatlarni topshirish vaqtida uning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
z) o‘quvchining yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan ma
Hujjatlar har yili 25 iyundan 8 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Maktab-internat hududida tanlovdan oldingi o‘quv-mashq yig‘inlarida ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan sportga qobiliyati eng iqtidorli, sport turlari bo‘yicha umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ega o‘quvchilarni aniqlash tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tanlovni o‘tkazish uchun komissiya raisi tomonidan 5 kishidan iborat tarkibda Tanlovni o‘tkazish hay
O‘quvchilar maktab-internatga kirish uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ixtisoslik imtihonlarini (sinovlarini) topshiradi.
O‘quvchilarni tanlov asosida tanlab olish va qabul qilish mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq tasdiqlangan sport turlari bo‘yicha umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik talablari asosida o‘tkaziladi.Tanlab olish va qabul qilish 100 ballik tizimda (umumiy jismoniy tayyorgarlik 30 ball, maxsus jismoniy tayyorgarlik 70 ball) baholanadi.
Ixtisoslik imtihonlarini topshirishdan oldin o‘quvchilar har yili 9 – 10 avgust kunlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida tashkil etilgan tibbiy komissiya tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy komissiya tarkibiga maktab-internatning sport turlari bo‘yicha bir nafar treneri ham kiritiladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda o‘quvchining antropometrik ko‘rsatkichlari (tana vazni, bo‘yining uzunligi va ko‘krak qafasi aylanasi), funksional imkoniyatlari va sog‘lig‘idagi mavjud nuqsonlari aniqlanadi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEc2tjdcw4KTCShHIg
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasi joylashtirildi.
Nizomga ko‘ra, maktab-internatga har yili umumta
lim maktabining 4-sinfini tamomlaganligi to‘g‘risida baholar (o‘zlashtirish) tabeliga ega bo‘lgan, sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, sportga qobiliyati eng iqtidorli, olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning o‘yin turlari (sportning futbol turidan tashqari) bo‘yicha sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.
Maktab-internatda o‘qish muddati 7 yil va o‘quvchilar umumiy kontingenti 350 nafar bo‘lib, sportga qobiliyati eng iqtidorli 25-30 nafar (25 nafardan kam bo‘lmasligi lozim) o‘quvchilar tanlov natijalari asosida har yili 5-sinfga (o‘quvchilarning 50 foizi sportning olimpiya va milliy turlariga kiradigan sport yakka kurash turlari bo‘yicha, qolgan 50 foizi sportning olimpiya turlariga kiradigan o‘yin turlari bo‘yicha (sportning futbol turidan tashqari) qabul qilinadi.
Ota-onalar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) o‘quvchining ota-onasi nomidan maktab-internat direktori nomiga ushbu maktab-internatga o‘quvchini qabul qilish haqidagi ariza;
b) o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjatni topshirish vaqtida hujjatning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
v) o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli nusxasi (hujjatlarni topshirish uning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
g) 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma
lumotnoma hamda o‘quvchining umurtqasi rentgen tasviri;d) o‘quvchining sport musobaqalarida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar, agar mavjud bo‘lsa;
ye) o‘quvchining 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurati;
j) o‘quvchining sport pasporti nusxasi, agar mavjud bo‘lsa (hujjatlarni topshirish vaqtida uning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
z) o‘quvchining yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan ma
lumotnoma;
i) o‘quvchining psixologik-pedagogik diagnostika daftari (umumta
lim muassasasi psixologi yoki direktor va sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma).Hujjatlar har yili 25 iyundan 8 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Maktab-internat hududida tanlovdan oldingi o‘quv-mashq yig‘inlarida ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan sportga qobiliyati eng iqtidorli, sport turlari bo‘yicha umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ega o‘quvchilarni aniqlash tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tanlovni o‘tkazish uchun komissiya raisi tomonidan 5 kishidan iborat tarkibda Tanlovni o‘tkazish hay
ati (bundan buyon matnda hay
at deb yuritiladi) tashkil etiladi.O‘quvchilar maktab-internatga kirish uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ixtisoslik imtihonlarini (sinovlarini) topshiradi.