O‘zbek kinoijodkorlari AQSh kino maktabida mehmon bo‘lishdi (foto)
Bir guruh o‘zbek kinoijodkorlari AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan kinomatografiya maktabida mehmon bo‘lishdi. Bu haqda rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
‘O‘zbekkino’, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida AQSh kino maktablari, kompaniya hamda kino tashkilotlari bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida AQShga keldik.
Jamoamizda, delegatsiya boshlig‘i ‘O‘zbekkino’ tashqi aloqalarni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i G‘olib Ne’matov, prodyuser Zafar Yo‘ldoshev, operator Jahongir Ibragimovlar bor.
Safarimizni AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan kinomatografiya maktabida mehmon bo‘lishdan boshladik. Bu maktab bakalavr darajasini beradigan, to‘rt yo‘nalish bo‘yicha uch yil davomida o‘qitiladigan kino maktabi ekan. Ushbu kino maktabida to‘rt yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni kino prodyuserlik, kino rejissorlik, kino operatorlik va animatsiya bo‘yicha dars berilar ekan. Bizni qiziqtirgan jihati shu bo‘ldiki, mazkur maktabda dastlabki bir yarim yil davomida barcha talabalarga umumiy dars berilib, bir yarim yillik saboqdan so‘ng, qiziqishiga, qobilyatiga qarab, saralab kasbiy tomonlama yo‘nalishlarga ajratilar ekan.
Maktabning yana bir eng muhim jihati shundaki, ushbu maktab bitiruvchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri Gollywood’da ishlashga yo‘naltirilar ekan.
Kino maktabning o‘qituvchilari va rahbariyati bizni iliq kutib olishdi va o‘quv jarayonlari bilan to‘liq tanishtirishdi. Mazkur kino dargohida o‘zbek kinosining yosh avlodi ham tahsil olishi uchun barcha ma’lumotlarni, shart-sharoit hamda aloqalarni o‘rnatib qaytamiz.
Edunews.uz

Farg'onada Latviya universitetining filiali tashkil etiladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Farg'ona viloyatida Latviyadagi universitetning filiali tashkil etilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishcha, davlat rahbari 26 sentabr kuni tegishli qarorni imzolab, Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va Farg'ona viloyati hokimligining Farg'ona shahrida Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining filialini tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berildi.
Filial faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib respublikaning turizm tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha muhim vazifalarni hal qilishga qodir bo'lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta`lim standartlari darajasida tayyorlash, turizm va mehmonxona xo'jaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish va boshqalar belgilandi.
Filialda o'qitish to'lov-kontrakt asosida O'zbekiston Respublikasi davlat ta`lim standartlari talablarini e`tiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan o'quv reja va dasturlar bo'yicha ko'proq ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Mazkur Filialda oltita yo'nalishda bakalavr va ikkita mutaxassislikda magistrlar tayyorlanib, unga qabul kvotalari Oliy maktabning Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda tayyorlangan asosli takliflari bo'yicha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik hamda axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish, kutubxona fondini zamonaviy o'quv, o'quv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan shakllantirish va to'ldirishga ko'maklashadi.

Toshkentda bo‘lajak stomatologlarning qasamyodi bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat stomatologiya institutida «Talabalikka bag‘ishlov» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati xabar berdi. Tadbirda institutning 1-kurs talabalari talabalik qasamyodini qabul qildi.
Qayd etilishicha, 2018/2019 o‘quv yilida institutga 357 nafar talaba qabul qilingan. Institutda ayni paytda 1700 nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Toshkent shahridagi 4 stomatologiya poliklinikasi va klinik shifoxonalar hamda 20 dan ziyod yirik xususiy stomatologiya poliklinikasida klinik bazalar tashkil etilib, o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan birga zamonaviy simulyasion markaz tashkil qilinib, zamonaviy simulyatorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, institutda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab fakultetlarning barcha kurslarida ayrim mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Institut tomonidan so‘nggi uch yil mobaynida xorijiy mamlakatlarning ellikka yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolangan.
Avvalroq xabar berganimizdek, yurtimizdagi qator oliy o‘quv yurtlari safida Toshkent davlat stomatologiya institutiga ham 2018/2019 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi va to‘lov-kontrakt asosida yana 60 o‘rin ajratildi. Italiyaning Turin universiteti bilan “biotibbiy muxandislik” va Moskva Davlat tibbiyot stomatologiya universiteti bilan “stomatologiya” fakultetlari tashkil etildi.
Kanalga obuna bo‘ling

210-sonli umumtaʼlim maktab direktori Dilfuza Saidmurodova 56,5 mln soʻmga yaqin bajarilmagan ish hajmlarini qoʻshib yozgan
2018 - yilning 31 - avgust kuni Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Xalq bilan muloqot Dialog s narodom” guruhida Toshkent shahrida joylashgan 210-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisida yuk mashinasi darsliklarni xuddi oʻtinni tashlab ketganday qilib tashlashgani haqida maʼlumot chop etilgan edi.
Xalq taʼlimi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari ushbu holatni oʻrganib chiqdilar va oʻz ishiga masʼuliyatsiz munosabatda boʻlgan 210-sonli umumtaʼlim maktab direktori Dilfuza Saidmurodova oʻz lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligiaxborot xizmati maʼlum qildi.
Shu bilan birga, Xalq taʼlimi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasiga ushbu maktabda oʻtkazilgan taʼmirlash ishlari yuzasidan shikoyatlar ham kelib tushdi.
Tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, 210-sonli umumtaʼlim maktabida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda 56,5 mln soʻmga yaqin haqiqatda bajarilmagan ish hajmlarini qoʻshib yozilgani, shuningdek, endilikda sobiq maktab rahbari oʻquv muassasasi binosining buzilishidan chiqqan qurilish materiallarini va hududdagi daraxtlarni noqonuniy kesib, sotib yuborganligi holatlari aniqlangan.
Tekshirish natijasida aniqlangan faktlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga qonun doirasida koʻrib chiqish uchun yuborildi.
O'zA

Qarshida “bolalar kitoblari” koʻrgazmasi
Sayido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Bolalar kitobi” respublika festivali doirasida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada ijodkor yoshlar, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, “Nasaf” va “Qashqadaryo koʻzgusi” nashriyotlari hamda Qarshi shahridagi kitob savdosi doʻkonlari bolalar adabiyotlari bilan qatnashdi.
– Bunday tadbirlar yosh avlodning kitobga qiziqishini oshiradi, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltiradi, – deydi jurnalist Muso Murodov. – Ijodkorlar va kitobxonlar oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlaydi. Oʻquvchilarni yangi kitoblar bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Turmush tashvishlari bilan boʻlib, har doim ham kitob doʻkonlariga bora olmaysiz. Kitob yarmarkalari esa, kitob xarid qilish muhimligini yodga soladi. Qayerda yangi bozor ochilsa, albatta boramiz, lekin maʼnaviy ozuqa qidirib, kitob doʻkoniga yoki kutubxonaga kirmaymiz. Shu bois kitob yarmarkalarini muntazam tashkil etish samarali natija beradi, deb oʻylayman.
Koʻrgazma doirasida Qarshi shahridagi bolalar va oʻsmirlar musiqa maktablari tarbiyalanuvchilari ishtirokida badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Oʻlmas Barotov, OʻzA

Muallim martabasi – jamiyat yuzi
Dunyoda kasblar koʻp. Har bir kasbning oʻz oʻrni va ahamiyati bor. Ammo shunday bir kasb egalari borki, ularni barcha birdek eʼzozlaydi, ulugʻlaydi. Bu – oʻqituvchi va murabbiylik kasbi.
Burhoniddin Margʻinoniyning “Hidoya” asarida shunday hikoyat keltiriladi: Buxoro olimlaridan biri ilm dargohida shogirdlariga saboq berar ekan, dars asnosida goh-goh oʻrnidan turib, soʻng yana oʻtirardi. Bu hol bir necha bor qaytarilgandan soʻng, shogirdlari buning sababini soʻrashdi. U zot: “Ustozimning kichik oʻgʻli bolalar bilan koʻchada oʻynab yuribdi, gohida eshik oldiga kelayapti, har kelganida ustozimga hurmat yuzasidan oʻrnimdan turayapman”, deb javob bergan ekan.
Xalqimizning “Ustoz otangdek ulugʻ” degan ibratli naqli bejiz aytilmagan. Ota-ona farzandni dunyoga keltirib, uning jisman ulgʻayishiga imkoniyat yaratib bersa, ustoz-murabbiy ana shu dilbandlarning maʼnaviy kamoloti yuksalishiga sababchi boʻladi. Demak, oʻqituvchilik sharafli kasb, maktab esa muqaddas dargoh.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori taʼlim tizimida mutlaqo yangi islohotlarni boshlab berdi.
– Prezidentimiz tashabbusi bilan taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, tizimga yangicha yondashuvni shakllantirishga qaratilgan oʻnlab farmon va qarorlar qabul qilindi, – deydi Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Maʼrifjon Turdimatov. – Oʻqituvchi endi ortiqcha tashvishlardan qutildi. Uning qadr-qimmati ortib, ijtimoiy mavqei yuksalmoqda. Tizimda mavjud muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, taʼlim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oʻqituvchilik kasbining nufuzini oshirishga qaratilgan muhim ishlar olib borilmoqda. Avvalo, ularning ish haqi oshirilib, bir qator imtiyozlar joriy qilindi. Viloyatimizdagi 916 umumtaʼlim maktabida 44 mingdan ziyod pedagog yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, taʼlimga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish yoʻlida sidqidildan mehnat qilmoqda.
Albatta, bugungi oʻqituvchi zamon bilan hamnafas boʻlishi lozim. Oʻqituvchining pedagogik mahorati va malakasini oshirib borish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda, oʻqitishning ilgʻor uslublarini dars jarayoniga tatbiq etish borasida aniq tadbirlar belgilab olingan. Shahar va tumanlarda aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlariga doir 143 ta tayanch maktabi tashkil etildi. Bunday maktablarni belgilashda ularning har bir fan yoʻnalishi boʻyicha malakali kadrlar bilan taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan 20-25 yil avvalgi taʼlim muassasasi bilan bugungisini mutlaqo solishtirib boʻlmaydi. Ilgari maktab deyilsa, asosan pastqam va koʻrimsiz bino, shifti aftodahol, poli chirigan, aksariyatida isitish tizimi umuman yoʻq, borlari ham deyarli ishlamaydigan bir imorat koʻz oldimizga kelardi. Bugun esa butunlay boshqacha manzara. Birgina joriy yilda viloyatda investitsiya dasturi asosida 32 ta umumtaʼlim maktabida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Maktab binolari zamonaviy qiyofa kasb etishi barobarida, darsliklar taʼminoti, oʻqitish sifati ham tubdan yaxshilandi, oʻqituvchi va murabbiylar mehnati munosib ragʻbatlantirilmoqda.
– Oʻqituvchi va murabbiylarga, umuman, taʼlim tizimiga hech qachon bugungidek eʼtibor boʻlmagan, – deydi Toshloq tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi Ikromjon Marahimov. – Shu kasb etagini tutganimga 36 yil boʻldi. Muallimning obroʻsi, uning martabasi jamiyatning yuzi hisoblanadi. Keyingi bir yilda biz, oʻqituvchilarga qaratilayotgan eʼtibor, berilayotgan imkoniyatdan behad mamnun boʻlmoqdamiz.

Onasiga oʻxshashni istagan qizaloq
Termiz shahridagi 12-umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Shoira Yangiboyeva mehnat faoliyatini boshlaganiga 15 yil boʻldi. Nisbatan shu qisqa davrda u viloyat miqyosida tanilib ulgurdi, pedagoglar, ota-onalar va oʻquvchilar hurmat-eʼtiborini qozondi.
Aslida oʻz kasbiga fidoyi insonga obroʻ-eʼtibor topish, el olqishini olish uchun koʻp yil shart emas. Jamoada oʻz oʻrnini topishi, hurmat-ehtirom koʻrishi uchun tanlagan kasbiga mehr-muhabbat, bilim va mahorat, izlanuvchanlik va fidoyilik bilan yondashish lozim, xolos.
Bu yil 37 yoshni qarshi olgan Sh.Yangiboyeva ana shunday fazilatlarga ega ustoz. Vatanining, bolajonlarning istiqboliga befarq boʻlmagan muallima. Uning hayot yoʻliga nazar tashlasangiz, boshqa hamkasblaridan farqli jihatlar deyarli koʻzga tashlanmaydi. Bolalikdan qishloqda bir olam orzu bilan kamolga yetgan oddiy qiz.
Muzrabot tumanidagi Qahramon mahallasida unib-oʻsgan Shoira muallima boʻlishni koʻngliga tugib yurar edi. Bundan 19 yil muqaddam maktabni tugatib, Termiz pedagogika kollejiga oʻqishga kirdi. 2003 yil kollejni bitirib, oʻzi oʻqigan 50-umumtaʼlim maktabida ish faoliyatini boshladi. Shu yili Termiz davlat universitetining boshlangʻich taʼlim va sport yoʻnalishi boʻyicha sirtqi boʻlimiga ham hujjat topshirdi. Talabalar safiga qabul qilinib, oliy taʼlim muassasasini 2008 yilda muvaffaqiyatli tugatdi.
– Oʻquvchilik davrimdagi orzu-umidlarim roʻyobga chiqqanidan quvonchim cheksiz edi, – deydi Sh.Yangiboyeva. – Ikki yil oʻzim oʻqigan qadrdon maktabda saboq berdim. Keyin Denov tumaniga kelin boʻlib tushdim. Sirtdan taʼlim olish bilan birga, tumandagi 18-umumtaʼlim maktabida ishladim. Yangi mahalla, yangi jamoa – eplay olyapmanmi, degan hadik kuchli. Buni yengishimda onam oʻz maslahatlari bilan koʻp dalda boʻldi. Oʻquvchilarim fanlarni yaxshi oʻzlashtira boshladi, tez til topishdik.
Termiz davlat universitetini bitirgach, besh yil boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi boʻlib ishlagan yosh muallima Toshkent shahrida ingliz tili boʻyicha qayta tayyorlov kursida oʻqib, sertifikat oldi. Endi u yosh avlodga ingliz tilidan ham dars oʻta boshladi. Uch yildan buyon esa Termiz shahridagi 12-umumtaʼlim maktabida boshlangʻich taʼlim va ingliz tili oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoira ziyoli oilada kamolga yetgan. Otasi Isʼhoq Yangiboyev va onasi Oysuluv Yangiboyeva besh oʻgʻil, besh qizni voyaga yetkazdi. Isʼhoq bobo pensiyaga chiqqach, hisobchi boʻlib ishladi. Oysuluv momo muallimalik kasbiga borini bagʻishladi.
– Bolalikdan onamga oʻxshagim kelar, maktabda oʻqib yurgan kezlarimdayoq dars oʻtishga juda qiziqar edim, – deydi Shoira Yangiboyeva. – Endi shuni faxr bilan ayta olamanki, oʻqituvchidek sharafli kasbga mehr qoʻyishimga onam sababchi boʻlgan. Shu bois onam mening birinchi ustozim. Opam Gulbahor va ukam Oʻktamning pedagoglik sohasini tanlashida ham onamning alohida oʻrni bor. Shunday sharafli kasb egasi boʻlganimdan hamisha faxrlanaman. Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan pedagoglarga koʻrsatilayotgan eʼtibor bizni yanada samarali mehnat qilishga undaydi. Yaqinda maoshimiz oshirilgani ham bunga yaqqol dalildir. Endi biz shunga munosib mehnat qilishimiz lozim.
Fidoyi muallima ish faoliyati davomida boy tajriba orttirdi. Uning boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun tayyorlagan “Qaldirgʻoch” nomli dars ishlanmasi viloyat miqyosida keng ommalashtirildi. Oʻquvchilari turli tanlov va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Oʻtgan yili taʼlim sohasidagi yutuqlari Termiz shahar hokimi tomonidan munosib ragʻbatlantirilib, yuz dona badiiy, ijtimoiy-siyosiy kitob tuhfa qilindi.
Muallima Termiz shahrida oʻtkazilgan “Bolalar kitobi” festivalida ham bir guruh oʻquvchilari bilan ishtirok etdi. Festival doirasida tashkil etilgan mushoirada Shoira Yangiboyevaning shogirdlari eng koʻp sheʼr, gʻazal aytib, barchada havas uygʻotdi.
Xolmoʻmin Mamatrayimov, Jonibek Qoʻzimurodov (surat), OʻzA

1000 dan ziyod kitob bepul tarqatildi
“Bolalar kitobi” respublika festivali doirasidagi tadbirlar Andijon viloyati tuman va shaharlarida, taʼlim muassasalari, “Bolalar ijodiyoti” markazlarida yuqori saviyada boʻlib oʻtmoqda.
Viloyat hokimligi, viloyat matbuot va axborot, xalq taʼlimi boshqarmalari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan festivalda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yoshlar, kitob ixlosmandlari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda kitob targʻiboti orqali maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, kitob mahsulotlari chop etish va tarqatish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
– Festival doirasida adabiy-badiiy yarmarkalar, kitoblar taqdimoti, mushoiralar, oʻquvchilarning yozuvchi-shoirlar bilan uchrashuvlari, kitob targʻibotiga bagʻishlangan turli tanlovlar va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtmoqda, – deydi viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi A.Sultonov. – Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, yosh avlodning kitobga muhabbatini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashishdir.
Andijon viloyati “Kitobsavdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi savdo tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan kitoblar savdo yarmarkasi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasining kitoblar koʻrgazmalari koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi.
Yosh ijodkorlarning yangi kitoblari taqdimotida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani samarasida joriy yilda yurtimizdagi turli nashriyotlarda andijonlik yoshlarning 10 ga yaqin yangi kitob va toʻplamlari chop etilgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan oʻtkazilgan yosh ijodkorlar mushoirasida Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyotini chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari hamda “Bobur izdoshlari” yosh ijodkorlar toʻgaragi aʼzolarining chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.
Viloyat hokimining tashabbusi bilan festival tadbirlari davomida 20 million soʻmlik 1000 dan ziyod kitob oʻquvchilarga tarqatildi. Shuningdek,bibliobus – maxsus jihozlangan koʻchma kutubxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bundan buyon ushbubibliobusreja asosida viloyatning chekka qishloqlariga borib, kitobxonlarga, yoshlarga xizmat koʻrsatadi.
Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA
┄┅✯┅★✯★┅✯┅┄
Eng so‘ngi Ta’lim yangliklari kanaliga obuna bo‘ling

Besh foizli kvota asosida talabalikka qabul qilingan harbiy xizmatchilar farzandlarining ro'yxati e`lon qilindi
O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a`zolarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlari natijasi bo'yicha to'plangan ballardan kelib chiqqan holda taqsimlanishi belgilab qo'yilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 2018 yil 17 avgustdagi 6-son bayoni qaroriga bilan davlat grantining minimal o'tish bali 68,0 ball etib belgilangan.
To'liq ro'yxat bilan bu yerda
tanishish mumkin.

Dunyoning eng yaxshi universiteti qaysi?
Dunyo universitetlari reytingi (QS World University Rankings)ning ma’lum qilishicha, Oksford universiteti 77 davlatning 1258 universiteti orasida birinchi o‘ringa loyiq topildi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Oksforddan keyingi o‘rinni Angliyaning yana bir universiteti Kembridj egallagan. Uchinchi o‘rin esa AQShning Stenford universitetiga nasib etgan.
Dastlabki beshtalikka Massachusets texnologiyalar universiteti hamda Kaliforniya texnologiyalari instituti kirgan.

Davlat inspeksiyasi delegatsiyasi Rossiyaning PISA dasturidagi tajribasi bilan yaqindan tanishdi
Davlat inspeksiyasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida Jahon Bankining Moskvadagi ofisiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Jahon Bankining taʼlim boʻyicha bosh mutaxassisi janob Tigran Shmis, Rossiya taʼlim akademiyasi qoshidagi Taʼlim sifatini baholash milliy markazi (SOKO) direktori Kovaleva Galina Sergeyevna, Moskva shahri universiteti (Moscow City University) professori Shiyan Igor Bogdanovich hamda onlayn tarzda Jahon Bankining Vashingtondagi bosh ofisidan sogʻliqni saqlash boʻyicha bosh mutaxassis Syuzanna Ayrapityanlar qatnashdilar.
Janob Tigran Shmis Jahon Bankining Rossiya Federatsiyasida olib borayotgan taʼlim loyihalari haqida maʼlumot berar ekan, ular doirasida Oʻzbekistonning PISA 2021 baholash dasturidagi ishtirokini taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish imkoniyati haqida taʼkidlab oʻtdi. Xususan, Jahon Bankining READ dasturi doirasida rossiyalik tajribali ekspertlarni Davlat inspeksiyasi qoshida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan oʻquvchilar bilimini xalqaro hamda milliy dasturlar asosida baholash uchun masʼul Milliy baholash markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun jalb qilish orqali amaliy yordam koʻrsatilishi kelishib olindi.
Uchrashuv davomida maktabgacha taʼlim sohasida taʼlim olish sharoiti va taʼlim natijalariga baho berish boʻyicha Jahon Banki tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarni (ECERS, MELE, MELQ) Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari haqida professor Shiyan Igor maʼlumot berdi.
Shuningdek, Jahon Banki mutaxassisi Syuzanna Ayrapityan Davlat inspeksiyasining taʼlim sifatini baholash boʻyicha amalga oshirgan ishlari Jahon Banki tomonidan yuqori baholanganligi munosabati bilan Inspeksiya qoshida tashkil etilayotgan Milliy markaz uchun katta miqdordagi moliyaviy koʻmak ajratilishi ijobiy tasdiqlanganligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Jahon Banki markazning kelajakda nafaqat PISA dasturida balki TIMSS, EGRA, PIRLS kabi bir qator nufuzli xalqaro baholash dasturlarida qatnashishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashishini maʼlum qildi.
Uchrashuv soʻngida Rossiya taʼlim akademiyasi qoshidagi Taʼlim sifatini baholash milliy markazi (SOKO) direktori Kovaleva Galina Sergeyevna Rossiya Federatsiyasining xalqaro baholash dasturlarida ishtiroki haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Xususan, Rossiya PISA dasturida 2000 yildan boshlab faol qatnashib kelayotgani hamda natijalari muntazam ravishda oʻsib borayotganligi siri bilan oʻrtoqlashdi. Oʻzbekistonning PISA dasturida muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun muhim tavsiyalarni berdi va bu borada Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasidagi rasmiy tashrifi davom etmoqda...

OCHIQ TADBIRLAR KUNI
2018 yilning 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida “Ochiq tadbirlar kuni” tashkil etildi. Ushbu tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ijrochilar hamda aholini xabardor qilish sifatini oshirish” hamda “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”ning Davlat test markazida ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar va kelgusida bu boradagi ishlarni aniq mexanizmlar asosida tashkil qilishga qaratilgan ochiq davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda Yunusobod tuman prokuraturasi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari o‘z ma'ruzalari bilan ishtiroq etdilar.
Tadbirlarda Davlat test markazi xodimlariga normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash jarayonini soddalashtirish va to‘liq rasmiylashtirish bo‘yicha keng ma'lumotlar berildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan ishlar, tezkor tadbirlar, shuningdek, muassasada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, mavzuga oid tumanda olib borilayotgan ishlar xususida videolavhalar namoyish etildi. Tadbirlar jonli musohaba ruhida o‘tdi.
Shu kuni Davlat test markazida yana bir muhim tadbir o‘tkazildi. U Prezidentimizning 2018 yil 4 iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3837-son qarori ijrosini ta'minlashga bag‘ishlandi. Mazkur qarorda belgilangan talablarga muvofiq tarkibi Oliy Majlis qo‘mitasi rahbari, rahbar o‘rinbosari, boshqa xo‘jalik va davlat boshqaruvi, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ta'lim muassasalari, yoshlar ittifoqi, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlik sektori vakillari, mehnat faxriylari hisobiga shakllantirilgan Davlat test markazining Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat test markazi faoliyati bo‘yicha joriy yil yakunlari tahlili o‘rganildi va tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Kengash tomonidan keyingi yil ishlari rejalari belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida jamoatchilik fikrini o‘rganish, ular bilan aloqa sifatini ko‘tarish, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilib borilayotgan materiallar bilan muntazam tanishib borish va materiallar tayyorlash, shuningdek, bu borada tegishli tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.
Manba: dtm.uz

Agrar universitetnig 25 nafar talabasi Polsha bilan xamkorlikdagi loyihada ta’lim oladi
27-sentab kuni Polshaning Dombrova – Gurnich oliy biznes maktabi Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Pavel Urgach boshchiligidagi delegatsiya vakillari Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif mobaynida ikki OTM o‘rtasida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik loyihalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida Toshkent davlat agrar universiteti rektori, akademik Botir Sulaymonov ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Xususan, qo‘shma dastur loyihasi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan 25 nafar loyiha talabalari uchun yaratilgan sharoitlar va Dombrova – Gurnich universiteti professor-o‘qituvchilari semestr davomida o‘quv jarayonida bevosita ishtirok etishi uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Tashrifning ikkinchi qismida qo‘shma dastur doirasida “Kichik va tadbirkorlikni tashkil etish” mavzuida uchrashuv tashkil etildi. Unda qo‘shma dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar va imtihon bosqichlari, imtihondan o‘tgan talabalar uchun beriladigan imkoniyatlar, o‘quv jarayoni, ikki tomonlama diplomning ahamiyatli tomonlari hamda loyiha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga javob oldi.

O‘zMUda Qozon Federal universitetining ofisi ochildi
Joriy yilning 27-30 sentyabr kunlari Qozon Federal universiteti (QFU) rektori professor Ilshat Rafkatovich Gafurovning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 28 sentyabr kuni universitet rahbariyati va Qozon federal universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki OTM mas’ullari tomonidan o‘z universitetlari haqida ma’lumot berildi.
O‘zMUning AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Isroil kabi bir qator davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani ta’kidlandi.
O‘z navbatida Qozon federal universiteti vakillari ham universitetning rivojlanish bosqichlari, fakultetlari, xalqaro hamkorligi, 2035 yilgacha mo‘ljallangan strategik yo‘li haqida batafsil ma’lumot berdi.
O‘zMU va QFU o‘rtasida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng QFUning O‘zbekiston Milliy universitetidagi ofisi tantanali ravishda ochildi.
Mazkur ofisda Rossiyada o‘qishni istovchi yoshlarga maslahat va yo‘llanmalar beriladi.

Toshkent shahar hokimligi oʻqituvchi va murabbiylar uchun bayram dasturi tashkil qildi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Siz doimo ardogʻimizdasiz” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Poytaxtimizdagi “MultiMaFe” restoranida tashkil etilgan bayram dasturiga uzoq yillik tajribaga ega, barkamol avlod tarbiyasiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar taklif etildi.
– Bayram arafasida ustoz va murabbiylarimizni qutlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan ilk bor mana shundan katta tadbir tashkil etildi, – deydi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati koordinatori Toʻrabek Toʻrayev. – Toshkent shahridagi 80 nafarga yaqin maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini taklif etdik. Biz imkon darajasida uzoq yillar davomida taʼlim tizimida namunali faoliyat yuritgan oʻqituvchilarni saralab bayram dasturiga jalb etishga harakat qildik.
Bayram dasturiga taklif etilgan ustoz va murabbiylar koʻp yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar hokimligining esdalik sovgʻalari va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Inobat Ahatova, Aʼlo Abdullayev (surat), OʻzA

Bolalar kitoblari koʻrgazmasi
Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida 1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Bolalar kitoblari” festivali doirasida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada viloyat axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tomonidan taqdim etilgan bolalar nashrlari omma eʼtiboriga havola qilindi.
Tadbir doirasida shoir va yozuvchilar, noshirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, intellektual va adabiy viktorinalar, mushoiralar oʻtkazildi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan “Ziyo” nashriyoti tomonidan faol ishtirokchilarga kitoblar tuhfa etildi.
Furqat Toshmatov (surat), OʻzA

Oltin ostona
– Maktab xuddi burgutlarni ilk bor koʻkka uchiruvchi qoyaga oʻxshaydi, – deydi mashhur yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad. – Mana bugun, Olmazor tumanining Chimboy mahallasida joylashgan 224-maktabda “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbiriga kelgan ekanmiz, kelganlar orasida taniqli olimlar, deputatlar, yuqori mansab egalariga koʻzimiz tushadi.
Bu odamlar barchasi kechagina mana shu maktabning oddiy oʻquvchilari edi. Bugun ular elu yurtimiz, Vatanimiz, millatimizga foydasi tegayotgan, iqtisodiyotimiz, maʼnaviyatimizning qaysidir jabhasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan zamondoshlarimizdir. Shunday insonlarni yetishtirib bergan maktab haqida, shu maktabning jonkuyar oʻqituvchilari, ustozlar haqida nima deyish mumkin, faqatgina “Tasanno sizlarga, ofarin sizlarga, rahmat sizlarga, taʼzim va tashakkurimizni qabul qiling,” deya olishimiz mumkin, xolos. Mening bundan ellik yil muqaddam ilk bor qoʻlimga qalam olib yozgan maqolam, aynan mana shu 224-maktabining ochilishiga bagʻishlangan lavha edi. U paytda maktabda 300 bola taʼlim olar edi. Bugungi kunda bu yerda bir yarim mingta oʻquvchi taʼlim va tarbiya olmoqda. Inson tanasida miya qanchalik muhim oʻrin egallasa, maktabning jamiyatimizdagi oʻrni oʻshanchadir. Qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin, azizlar!
Mashhur yozuvchi, yigirmadan ortiq badiiy kitoblar muallifi, siyosiy fanlar doktori Xurshid Doʻstmuhammadning ushbu samimiy dil izhori “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan yigʻilgan yuzlab tadbir ishtirokchilarining yuragida oʻchmas iz qoldirdi. Tadbirda shuningdek, mehnat faxriylari, keksalik gashtini surayotgan nafaqadagi oʻqituvchilar, maktabning qaldirgʻoch bitiruvchilari, “Chimboy” MFY faollari ishtirok etdi. Burxon Sharopov, Fozil Rahmonov, Zamira Azimboyeva, Maxsuma Mirzaxonova, Teshavoy Azimov, Muzrob Yunusovlarning ustozlar shaʼniga aytgan maqtov va olqishlari barchaga manzur boʻlgan boʻlsa, el sevgan xonandalar Baxtiyor Sultonov, Hilolaxon Hamidovalarning diltortar qoʻshiqlari yuraklarni sel qildi. Poytaxtimiz Toshkentda bayram shukuhi davom etmoqda.
Muhammad Ismoil,
Toshkent shahar Mahalla kengashi bosh mutaxassisi
OʻzA
══════ ❁✿❁ ══════
Eng ishonchli Ta’lim yangliklari kanaliga obuna bo‘ling

Oʻqituvchi boʻlish uchun bolalarni yaxshi koʻrish kerak
Bu Jizzax viloyati Doʻstlik tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabining chet tili fani oʻqituvchisi Nazokat Muhammadiyevaning shiori.
Nazokat Muhammadiyeva fidoyi oʻqituvchi ekanini shogirdlari ham, Navroʻz shaharchasi aholisi ham yaxshi biladi. Axir oz emas – 30 yildan buyon shu dargohda ishlab kelmoqda. Opa hozir faoliyatining dastlabki yillarida taʼlim bergan oʻquvchilarining bolalarini, nabira shogirdlarini oʻqitayapti.
Nazokat opadan nega aynan oʻqituvchilikni, shu maktabni va bolalarni yaxshi koʻrishini soʻrashsa, qisqagina qilib, “oʻqituvchilikka mehr onamdan oʻtgan, shu maktabda oʻzim ham oʻqiganman, bolalarni oʻzimning bolalarimdek koʻraman”, deb javob beradi.
Tajribali pedagogning javobi juda oʻrinli. Ziyolilar oilasi farzandi boʻlgani uchun oʻqituvchilik kasbiga ham yoshlikdan mehr qoʻygan. 1988 yili sobiq Toshkent davlat chet tillar institutini bitirib, oʻzi ishlaydigan maktabga ishga kelishini ham hayotidagi eng muhim voqea, deb biladi.
Oʻqituvchilik sharafli, ammo mashaqqatli kasblardan. Shundanmi baʼzan, “farzandlarim oʻqituvchi boʻlishini xohlamayman”, degan gaplarni hatto shu kasb egalarining oʻzlaridan ham eshitib qolamiz.
Bu kasbning barcha achchiq-chuchugini totgan Nazokat Muhammadiyeva esa oʻz kasbiga farzandlarida ham mehr uygʻota oldi. Besh farzandining barchasi ona kasbi – oʻqituvchilikni tanladi. Oʻgʻli Hasan shu maktabda onasi yonida ingliz tilidan dars beradi.
– Faoliyatimning koʻp davri maktabda ishlash eng ogʻir boʻlgan yillarga toʻgʻri kelgan, – deydi Nazokat Muhammadiyeva. – Oʻqituvchining zimmasidagi asossiz yuklamalar, ortiqcha qogʻozbozliklar, maktabga aloqasi boʻlmagan ishlar koʻpaytirilib, arzimagan ish haqi toʻlanishi taʼlim tizimiga katta ziyon yetkazdi. Oramizda bu qiyinchiliklarga chidamay ishni tashlab ketganlar ham boʻldi. Prezidentimizga katta rahmat, faoliyatining dastlabki kunlaridan taʼlim tizimini isloh qilishga jiddiy eʼtibor qaratib, maktabning, oʻqituvchining ishiga toʻgʻri yondashuvni yoʻlga qoʻydi. Endi yosh avlod tarbiyasi qogʻozda emas, amalda davlatimizning eng muhim vazifasiga aylandi.
Nazokat opa kabi oʻqituvchilar har qanday sharoitda ham Vatan, kelajak oldidagi masʼuliyatini sidqidildan ado etishga harakat qilishdi. Qiyinchiliklarga qaramay oʻz kasbiga sodiq qolib, yoshlarga bilim berish uchun maktabning ham, oilasining ham ogʻirliklarini zimmasiga olishdi.
Bugungi kunda 696 nafar oʻquvchi taʼlim olayotgan ushbu maktab tumandagi ilgʻor taʼlim muassasalaridan biri. Maktab binosida bu yil 200 million soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, sharoitlar yanada yaxshilandi.
Maktabda taʼlim berayotgan 45 nafar pedagogning koʻpchiligi katta tajribaga ega, oʻz kasbining chinakam bilimdoni boʻlgan mutaxassislar. Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotida xorijiy tillarni bilishning ahamiyatini chuqur his etgan tajribali oʻqituvchi yoshlarga ingliz tilini oʻrgatibkelayotir.
Opadan ingliz tilidan saboq olgan yoshlar orasida turli davlat muassasalarida, tashqi aloqalar sohasidagi va xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan mutaxassislar bor. Oʻquvchilari fan olimpiadalarining viloyat, respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Bu yil ham bir oʻquvchisi fan olimpiadasida ingliz tili boʻyicha viloyat bosqichida ikkinchi oʻrinni oldi. Yana bir oʻquvchisi ingliz tili boʻyicha koʻrik-tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etdi.
Nazokat opa tajribali oʻqituvchi sifatida yosh pedagoglarga ustozlik ham qiladi. Uning ish uslubi boshqa maktablarda ommalashtirilmoqda. U 2013 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” unvoniga sazovor boʻldi.
– Kasbiga fidoyilikni, maktabni, bolalarni yaxshi koʻrishni Nazokat opadan oʻrganish kerak, – deydi maktab direktori Gʻayrat Yahyoyev. – Ammo opa oʻzining bu mehrini sezdirmaydi, koʻz-koʻz qilmaydi. Aksincha, qattiqqoʻl, yaxshi maʼnoda ushlagan joyidan kesadigan insonligi bilan ham alohida hurmat qozongan.
Obuna bo‘ling!

Oʻz kasbining fidoyisi
Nukus shahridagi 3-umumtaʼlim maktabining rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi Guljamila Xolmurotova ilgʻor pedagogik faoliyati bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan taʼlim jonkuyarlaridan.
U 20 yildan buyon taʼlim-tarbiya tizimida samarali mehnat qilib kelmoqda. Zamonaviy taʼlim andozalaridan toʻgʻri va unumli foydalanadi. Shu bois darslarni puxta oʻzlashtirib, bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan shogirdlari soni tobora ortmoqda.
Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

Talaba va ijodkorlar uchrashuvi
Termizda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazining professor-oʻqituvchilari, ijodkor talabalari bilan Surxondaryo viloyatida yashab ijod qilayotganshoir-yozuvchilar va jurnalistlarning “Termizda taʼlim olayotgan afgʻonistonlik talabalar surxondaryolik ijodkorlar nigohida“ deb nomlangan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Surxondaryo viloyati matbuot va axborot boshqarmasi hamda Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik, hamkorlik, azaliy doʻstlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarilgani alohida taʼkidlandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtgan yili Termiz tumanida barpo etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilib, qoʻshni davlat yoshlarining malakali mutaxassis boʻlib yetishishida muhim ahamiyat kasb etayotir.
Ayni paytda mazkur taʼlim muassasasida afgʻonistonlik 96 nafar oʻgʻil-qiz oʻzbek tili va adabiyoti, 24 nafari temir yoʻl transporti mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olmoqda. Ularning oʻzlari tanlagan kasb sirlarini chuqur oʻrganishi uchun taʼlim markazida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Oʻquv xonalari, axborot-resurs markazi, sport zali va sport maydonchalari, talabalar yotoqxonasi, oshxona afgʻonistonlik talabalar ixtiyorida. Lingafon xonalari, labaratoriyalar tashkil etilgan. Yetarli oʻquv darsliklari bilan taminlangan.
Uchrashuvda talaba-yoshlar va surxondaryolik ijodkorlar dildan suhbat qurdi, oʻzaro fikr almashdi. Vatan, tinchlik va doʻstlikni madh etuvchi sheʼrlar oʻqildi.
Xolmoʻmin Mamatrayimov, OʻzA