Kasbiy ta’lim agentligi
4.53K subscribers
286 photos
45 videos
1 file
125 links
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

instagram.com/edu_kta

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t., Universitet 7
Download Telegram
‼️‼️‼️

Kasbiy ta‘lim agentligi tomonidan "Kasb tanla – kelajagingni yarat!“ shiori ostida "Kasbga Sayohat” – Ko‘chma Kasb tashviqoti loyihasi – Respublika kasb festivali tashkil etiladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad — yoshlar, xususan maktab o‘quvchilari orasida kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, zamonaviy va an’anaviy kasblarni interfaol usulda targ’ib qilishdan iborat.


🔰 Loyiha doirasida maxsus dizayndagi ko‘chma avtobuslar tayyorlanadi. Har bir avtobus ichida:


kasblar bo‘yicha interfaol stendlar,
VR texnologiyalari orqali “kasbni sinab ko‘rish” imkoniyati,
mini-laboratoriyalar,
video va o‘yin dasturlari,
ota-onalar bilan farzandlarini kasb tanlashlarida maslahat uchrashuvlari,
texnikumlar tomonidan ishlab chiqilgan, tayyorlangan mahsulot, oziq ovqatlar yarmarkasi (shuningdek, yarmarka mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati);
kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv seminari,
mutaxassislar, mashhur kasb egalari bilan jonli muloqot zonasi joylashadi.

Avtobuslar haftaning muayyan kunlarida tuman maktablariga borib, o‘quvchilarga amaliy ko‘rgazma o‘tkazadi.

Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:


Qurilish va dizayn kasblari avtobusi – muhandislik, me’morchilik, ustachilik, payvandlash, 3D dizayn.
Tibbiyot va xizmat ko‘rsatish avtobusi – feldsher, hamshira, kosmetolog, laborator texnik.
Texnologiya va IT avtobusi – dasturlash, robototexnika, sun’iy intellekt.
Sanoat va avtomexanika avtobusi – avtomobilsozlik, mexanika, elektrotexnika.

📊 Mazkur loyiha orqali 1 yil ichida 100 mingdan ortiq o‘quvchi kasb bilan amaliyot orqali tanishishi rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏2👍1🙏1🫡1
Namangan va Andijon kasbiy ta’lim tizimi vakillari Germaniyada tajriba almashdilar

Namangan va Andijon viloyatlari oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va texnikum rahbarlaridan iborat delegatsiya 2025-yil 10–12-noyabr kunlari Germaniyaning Leypsig shahriga xizmat safari uyushtirdi.

Tashrifdan maqsad — Germaniyaning “Zentrum für Aus-und Weiterbildung Leipzig GmbH” (“ZAW-Leipzig”) markazi bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini Namanganda joriy etish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishishdir.

Safar davomida delegatsiya a’zolari ZAW-Leipzig markazidagi elektrotexnika, metallarga ishlov berish va gastronomiya (oshpazlik) yo‘nalishlarida tashkil etilgan o‘quv-amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markaz rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Leypsig shahridagi Savdo-sanoat palatasi, “Siemens Energy” va “Amazon BBG” korxonalariga ham borilib, dual ta’lim asosida yaratilgan sharoitlar hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonlari o‘rganildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram
👍84🔥3
📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda qator hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.

🔰 Tadbirlar doirasida Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov Xitoyning Tyanjin Boxay Kasb-hunar kollejida bo‘lib, Xitoyning zamonaviy Lyu Ban ustaxonasi, kasbiy ta’lim tizimi, ilg‘or ta’lim metodlari va istiqbolli yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi.


Xususan, sun’iy intellekt asosidagi kimyoviy sanoat muhandisligi, elektronika va mexanika muhandisligi hamda aqlli qurilish kabi sohalarga ixtisoslashgan ustaxonalar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ta’lim muassasasi nafaqat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, balki tijorat maqsadlarida ham faoliyat yuritadi, bu borada 100 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim muassasasida tayyorlangan sanoat uchun zarur mahsulotlar korxonalarga shartnoma asosida sotiladi.

📊 Ustaxonalarda o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, turli sanoat korxonalarining simulyatsion ko‘rinishlari mavjud, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarida, korxonaga bormasdan maxsus 3D texnologiyalarda tajriba oshiradilar.

Uchrashuvlar davomida kasbiy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o‘quvchilar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

📱 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍10🔥1
📰📰📰📰📰📰📰

Shveysariya elchisi bilan kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi va istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Xususan, Shveysariya elchixonasi, “Ishonch 2030” jamg‘armasi bilan hamkorlikda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, kasbiy taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.


🔰 Shuningdek, O‘zbekiston taʼlim tizimiga xususiy sektorni jalb qilish, Shveysariyaning ilg‘or taʼlim tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish hamda “El-yurt umidi”jamg‘armasi ko‘magida talabalarning Shveysariyadagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Bizni kuzating

📱 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍7😁1
🌟 "Raqamli Avlod IT Haftaligi - 2025"

🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an’anaviy "Raqamli Avlod IT Haftaligi"ga taklif qilamiz!

🟡 3-dekabr — DG Contest saralash(online)

🟡 10-dekabr — DG Contest final (offline)

🟡 11-dekabr — Robo sumo va Foydali ixtirolar

🟡 12-dekabr — Robo futbol

🔴 13-dekabr — AI DAY Prompts

🎁 Sovrinlar: Ro'yxatdan o'tkan ishtirokchilar Iphone 17 Pro Max va boshqa qimatbaxo so'vga'larni yutib olishlari mumkun!


🌐Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
online.raqamliavlod.uz

Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
3👏2👎1🙏1
O‘zbekiston jamoasi Osiyodagi eng yirik kasbiy mahorat musobaqasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyodagi yirik kasbiy mahorat musobaqalaridan biri — “WorldSkills Asia Taipei 2025” chempionatida ishtirok etish maqsadida Xitoyga yetib bordi.

Delegatsiya tarkibida 16 ta kasb bo‘yicha texnikumlar va kasbga tayyorlash markazlaridan saralangan 32 nafar ishtirokchi va ekspertlar, shuningdek kuzatuvchilar, texnik xodimlar va rasmiy vakillar bilan birga jami 45 nafar delegat bor.

“WorldSkills Asia Taipei 2025” musobaqasi joriy yilning 27–29-noyabr kunlari Taypeydagi Nangang ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli chempionat ta’lim, iqtisodiyot, turizm va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Tadbirga Osiyo mintaqasidagi 29 ta a’zo va mehmon davlatlardan 500 dan ortiq ishtirokchi — ekspertlar, raqobatchilar va mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘zbekistonlik ishtirokchilar mamlakatimiz sha’ni, yoshlarimizning salohiyati hamda kasbiy ta’lim tizimi imkoniyatlarini munosib namoyish etish uchun qatnashmoqda.

Delegatsiyamizga musobaqada omad, qat’iyat va yuksak natijalar tilaymiz.

Bizni kuzating

📱 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96😁1🤨1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Byurokratiyani bartaraf etish” xalqaro forum ochilishida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari davlat boshqaruvini zamon talablariga moslashtirish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va fuqarolar hamda biznes uchun qulay davlat xizmatlari eko-tizimini yaratish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi:

✔️ Davlat xizmatlari soni 444 tadan 1 040 tagacha oshirildi, 2030-yilgacha bu ko‘rsatkich 1,5 mingtaga yetkaziladi.

✔️110 dan ortiq hujjat va ma’lumot talab qilish to‘liq bekor qilinadi.

✔️100 dan ortiq xizmatlar muddatlari 50 foizgacha qisqartiriladi.

✔️Davlat xizmatlari portali, “Lisenziya” tizimi va koll-markazlar sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘tkaziladi.

✔️Elektron hujjat aylanmasi hisobiga aholining yiliga 23 milliard so‘m mablag‘i tejaladi.

✔️Lisenziyalash, qurilish va kommunal tarmoqlarga ulanish sohasida 300 dan ortiq xizmat soddalashtiriladi.

✔️4 ta kommunal tarmoqqa (elektr, gaz, suv, kanalizatsiya) yagona ariza orqali ulanish imkoniyati yaratiladi.

✔️“Qog‘ozsiz hukumat” tizimiga to‘liq o‘tish maqsadida mavjud 40 million hujjatdan 25 millioni raqamlashtiriladi.

✔️Proaktiv va kompozit xizmatlar soni 400 taga yetkaziladi.

✔️Byurokratiyani bartaraf etishga oid eng ilg‘or taklif kiritgan faol fuqarolar va idoralar 3 million dollarlik mukofot jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi.


🔴Prezidentimiz “Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushiriladi.

Bizni kuzating

📱 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1😁1