Kasbiy ta’lim agentligi
4.55K subscribers
286 photos
45 videos
1 file
125 links
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

instagram.com/edu_kta

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t., Universitet 7
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Kasbiy_taʼlim

Kasbiy taʼlim agentligining yangi rahbarlari jamoaga rasman tanishtirildi

2026-yil 7-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari, Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov soʻzga chiqib, kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari, texnikumlar faoliyatini mehnat bozori talablariga moslashtirish hamda 2026-yilga moʻljallangan vazifalar yuzasidan atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda Kasbiy taʼlim agentligida kadrlar boʻyicha amalga oshirilgan yangi tayinlovlar jamoatchilikka eʼlon qilinib, agentlik direktori oʻrinbosarlari lavozimiga tayinlangan Shihnazar Sharofaddinov hamda Avzalxon Abdullaxonov yigʻilish ishtirokchilariga rasman tanishtirildi. Ularga yuklatilgan vazifalar belgilab berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍133💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil uchun kasbiy taʼlim sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika boʻylab texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida kasbiy taʼlim sohasiga oid belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, kasbiy ta’limga oid ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ya’ni:

• 2026-yil uchun belgilangan rejalar;
• texnikum rahbarlarini rag‘batlantirish mexanizmlari;
• xorijiy hamkorlik dasturlarini kengaytirish;
tadbirkorlar va ish beruvchilar bilan tizimli faoliyat yuritish;
• ish boshqaruvini raqamlashtirish;
muvaffaqiyatli texnikumlar faoliyatini ommalashtirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

📌Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, hududlarda kasbiy taʼlim sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram
👍97🔥2💯2
🇺🇿🇰🇷 Andijonda “Cheju Halla universiteti Andijon global markazi” ochildi

Andijonda xalqaro ta’lim hamkorligida yana bir muhim qadam qo‘yildi.

Andijon viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda Janubiy Koreyaning nufuzli Cheju Halla universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida “Cheju Halla universiteti Andijon global markazi” o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu markazda o‘quvchilar:
👉koreys tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
👉xalqaro ta’lim dasturlari bilan tanishish;
👉kelgusida Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌 Mazkur tashabbus yoshlarning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish, ularning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi hamda bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagramj
👍85🙏2🔥1💯1
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining muhokamasi davom etmoqda

🇺🇿Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi uzbekistan2030.uz hamda regulation.gov.uz veb-saytlarida o‘zbek va rus tillarida muhokamaga qo‘yilgan.

🔗Havolalar:

✉️uzbekistan2030 (o‘zbek), (rus)

✉️regulation (o‘zbek), (rus)

Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.

🔺🔺🔺

Продолжается обсуждение проекта Стратегии «Узбекистан – 2030»

🇺🇿Напоминаем, что проект усовершенствованной Стратегии «Узбекистан – 2030» размещен на узбекском и русском языках на веб-сайтах uzbekistan2030.uz и regulation.gov.uz.

🔗Ссылки:

✉️uzbekistan2030 (o‘zbek), (rus)

✉️regulation (o‘zbek), (rus)

Примите участие в обсуждении, поделитесь мнениями и предложениями.

🌐 website  📱facebook  📱 Instagram  📱 linkedIn  📱youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasidagi asosiy o‘zgarishlar misollarda.

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

Bizni kuzating

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🙏1
Zamonaviy zargarlik kasblari va zargarlarning vazifalarini bilasizmi?

Tarixan zargarlik obro‘li kasblardan biri bo‘lib, uni o‘rganuvchilardan nozik did hamda e’tibor talab qilingan.

☑️Bugungi kunda zargarlikning bir qancha turlari bor. Bular zargar (zargar-modelyer), zargar-bilaguzukchi, zargarlik buyumlar boʻyicha usta va zargar-zanjir yasovchi kabi kasblardir.

📕Ushbu kasblarning standartlari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, unda zargarlarning mehnat vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

👉 Kasbiy standart bilan tanishish

Muhim eslatma! Zargarlik kasblarini bir qancha texnikumlarda o'rganishingiz mumkin.

🔁 English

#kasbiystandart #zargar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏32🔥2🤝2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_da_agentlik_haqida

“Maxsus reportaj”ning navbatdagi sonida kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar Qiziltepa tumani (Navoiy) misolida tayyorlandi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram
16👍10🤩2🔥1
Forwarded from Askania Bildung
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💶 Ausbildung’dagi eng yuqori daromadli yo‘nalishlar

Ushbu videoda biz har bir yo‘nalish bo‘yicha talabalar o‘qish davomida oladigan stipendiya va bitirgandan keyin Germaniyada erishish mumkin bo‘lgan daromad haqida gapirib berdik 🇩🇪

P.S. Eng yuqori daromadli yo‘nalishda maosh taxminan 60 mln so‘mga teng. Videoni oxirigacha tomosha qiling va izohlarda qaysi yo‘nalishni tanlagan bo‘lardingiz, yozib qoldiring 👆

ℹ️ Ko‘rsatilgan summalar taxminiy. Haqiqiy daromad federal yer, ish beruvchi va shartnoma shartlariga bog‘liq.

–––

💶 Топ самых высокооплачиваемых направлений в Ausbildung

В этом видео мы сказали сколько зарабатывают студенты в каждом направлении, где во время обучения выплачивается стипендия, а после — можно выйти на действительно высокий доход в Германии 🇩🇪

P.S – Самый высокооплачиваемое направление с зарплатой около 60 млн сум. Посмотрите видео до конца и напишите в комментариях какое направление выбрали бы вы для себя? 👆

ℹ️ Указанные суммы приведены ориентировочно. Фактический доход зависит от федеральной земли, работодателя и условий контракта.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍2
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Surxondaryoda ham o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda” sarlavhali xabarda keltirilgan holat Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan nazoratga olingan. Hozirda ishchi guruh tomonidan holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Shu o‘rinda, fuqarolar va jamoatchilikda ushbu holat yuzasidan aniq daliliy ma’lumotlar mavjud bo‘lsa Agentlikka taqdim etishlari so‘raladi.

Aloqa uchun: prkasb@edu.uz

Bizni kuzating

Telegram | Instagram
👍6🔥32🌚2👻1👀1
2026-yilda kasbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Texnikumlar infratuzilmasida
Jami 102 ta texnikum yangilanadi:

🔜26 tasi rekonstruksiya qilinadi;
🔜 76 tasi mukammal ta’mirlanadi.
🔜7 ta ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Ta’lim mazmuni
🔜60 ta kasbiy ta’lim dasturi xalqaro standartlar asosida yangilanadi;
🔜 80 ta texnikumda xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi;
🔜 Ushbu dasturlar orqali 8 000 nafar kadr tayyorlanadi.

Pedagoglar va rahbarlar
🔜 Malaka toifasi yoki sertifikatga ega pedagoglar ulushi 38,5 foizga yetadi;
🔜 9 200 nafar pedagog, 690 nafar rahbar xodim malaka oshiradi;
🔜 300 nafar pedagog xorijda malaka oshiradi;
🔜 Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 150 nafar pedagog xorijga yuboriladi.

Xalqaro tajriba
🔜 Kasbiy ta’lim muassasalariga 100 nafar xorijiy “til egalari” jalb etiladi;
🔜 Kredit-modul tizimi joriy etilgan muassasalar ulushi 40 foizga yetadi.

Dual ta’lim
🔜 Dual ta’lim ulushi 20 foizga yetkaziladi;
🔜 20 nafar mutaxassis dual ta’lim rivojlangan davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
🔜 Dual ta’limda o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun stipendiya to‘lash platformasi ishga tushiriladi.

Qamrov
🔜 9-sinf bitiruvchilarini kasbiy ta’lim bilan qamrab olish 34 foizga yetadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍218🔥2👏2
#OAV_biz_haqimizda

Kasbiy ta’lim agentligi bilan hamkorlikda “Axborot 24” dasturi uchun Murojaatnomada belgilangan to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish — kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish bo‘yicha tahliliy reportaj tayyorlandi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi qanday tuziladi?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan texnikumlarning reytingi yuritiladi.

Ushbu reyting bo‘yicha umumiy ma’lumotni video orqali bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzating
Telegram | Instagram
3😢2