“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
4.76K subscribers
548 photos
124 videos
559 links
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: www.edcom.uz
Aloqa markazi: (71) 205-57-57

Murojaatlar va savollar uchun guruh: @edcomuzmurojaat
Download Telegram
🟦 2025-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ biznes egalariga 22 trln so‘mga yaqin moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.

Ushbu xizmatlar hududlar kesimida qanday taqsimlangani haqida infografikadan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3🏆2👏1🙏1🤝1
Bugun, 12-dekabrda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov hamda Fransiya Taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi direktori Olivier Grandvoinet o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Suhbat doirasida har ikki tomonning faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va samaradorligi to‘g‘risida qizg‘in muhokamalar tashkil etildi.

Uchrashuvda agentlikdan Kompaniyaning resurs ajratish, qayta moliyalashtirish xizmatlariga davlat kafolatisiz, mahalliy valyutada mablag‘ jalb etish masalalari ko’rib chiqildi.

Muloqot yakunida esa o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍8🔥43👏3🙏1🏆1
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

Toshkent viloyat filiali boshlig‘i

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 21-dekabr 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
Jahon banki “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga 100 mln AQSh dollar ajratishni maqulladi

Jahon banki Kompaniyaga 100 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratadi. Ushbu mablag‘lar “Rivojlanish va yangi ish oʻrinlarini yaratish uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish” (FINGROW) loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.

Loyihaning asosiy maqsadi — kapital tanqisligi mavjud kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kafolatlar orqali kengaytirish, shuningdek, ularning kapitaliga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashishdan iborat.

Mazkur loyiha doirasida Kompaniya kichik va o’rta tadbirkorlar uchun banklar, mikromoliya tashkilotlari hamda xususiy investorlar bilan hamkorlikda tadbirkorlarga kredit kafolatlarini taqdim etish va raqobatbardosh korxonalar kapitaliga investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Loyihani amalga oshirish davomida 2030-yilga qadar qariyb 7 mingta kichik va o’rta tadbirkorlar kredit mablag‘laridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Ularning 4,5 mingga yaqini tadbirkor ayollar va yoshlarning loyihalari hisoblanadi. Ushbu loyihalar qo‘llab-quvvatlanishi hisobiga 100 mingga yaqin yangi va doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyiha doirasida yuqori o‘sish salohiyatiga ega bo‘lgan 70 taga yaqin kichik va o‘rta korxonalarga doimiy ravishda hamrohlik va mentorlik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish, biznesni kengaytirish hamda zamonaviy bilim va tajribalarni egallashlariga yordamlashiladi.

Bundan tashqari, Kompaniyaning muassisligidagi tashkilotlari banklar, mikromoliya tashkilotlari va xususiy investorlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha 500 million dollargacha xususiy kapital jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘lar yanada ko‘proq tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍11🔥54🙏2👏1😎1
📣Tadbirkorlar diqqatiga!

Tadbirkorlik subyektlarini “Chempion tadbirkor toifasiga olib chiqish, shuningdek, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yashil texnologiyalarni joriy etish loyihalariga kredit ajratish uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidanTuronbank ATBga 30 mlrd so‘m miqdorida resurs joylashtiriladi.

Ushbu resurslar hisobidan tadbirkorlarni “Chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishda:

🟢tuman, shahar darajasiga olib chiqish uchun – 8 mlrd so‘mgacha;

🟢Respublika hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri darajasiga olib chiqish uchun – 10 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentyabrdagi PF-176-son Farmonida tadbirkorlarni “Chempion” tadbirkorga aylantirishga ko‘maklashish belgilangan.

Kreditlar yillik 22 foizgacha stavkada 84 oydan oshmagan muddatga ajratiladi.

Yashil iqtisodiyot va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda yoshlar va ayollar tadbirkorligi loyihasiga kreditlar mazkur stavkadan 2 foizgacha pasaytiriladi.

Ushbu resurs hisobidan kredit olmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar “Turonbank” ATBga murojaat qilishlari mumkin!

Bankning aloqa markazi: 71-202-01-01
Kompaniyaning aloqa markazi: 71-205-57-57

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥3😁3
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

Ijro intizomi va nazorat boʻlimi yetakchi mutaxassisi

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 30-dekabr 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🙏3👏2
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasidan:

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat davom ettirilib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m resurs beriladi. Shundan 43 trillion so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

2026-yili “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trillion so‘m kredit beriladi.

🟦Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidan ushbu kredit foizining milliy valyutada 10 foizgacha, xorijiy valyutada 4 foizgacha qismi qoplab beriladi. Natijada mahallalarda 100 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9🔥5😍4🏆21👍1
Hurmatli foydalanuvchilar!

🟦Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJning rasmiy veb-sayti yangi versiyada ishga tushirildi. Ayni paytda sayt test rejimida faoliyat yuritmoqda.

Veb-saytni yangilashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Kompaniya haqida axborot izlash va uning xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada sodda, tez va tushunarli qilishdir.

Yangi sayt foydalanuvchilarga barcha qurilmalarda birdek qulay ishlaydigan interfeys, aniq va tushunarli tuzilma hamda xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkonini beradi.

Hozirda sayt test rejimida ishlayotganligi sababli, uning funksional imkoniyatlari bosqichma-bosqich takomillashtirib boriladi.

Shu munosabat bilan veb-sayt faoliyatiga doir taklif va e’tirozlaringizni biz bilan baham ko‘rishingizni so‘raymiz.

Unutmang, sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun muhim!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥2👏2😍1
Yana bir yangilik!

🟦Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidan “Tadbirkor mobile” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Mazkur mobil ilova Kompaniya va tadbirkor o‘rtasidagi aloqani bevosita raqamli muhitga ko‘chirishga xizmat qiladi.

Ilova orqali foydalanuvchilar Kompaniya faoliyati, moliyaviy xizmatlari hamda yangiliklari haqida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Tadbirkor mobile” foydalanuvchilarga Kompaniyaning xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkonini berish bilan birga o‘zaro axborot almashuvini ham soddalashtiradi.

Bu esa o‘z navbatida, tadbirkorlarning tezkor qarorlar qabul qilish va vaqtdan samarali foydalanish imkoniyatini oshiradi.

Hozirda ushbu ilova test rejimida ish boshlagan. Android operatsion tizimidagi qurilmalar uni ushbu havola orqali yuklab olishi mumkin. Tez kunlarda ilovani iOS tizimida ham taqdim etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3🤝3😎2👏1🏆1