“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
5.04K subscribers
450 photos
105 videos
464 links
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: www.edcom.uz
Aloqa markazi: (71) 205-57-57

Murojaatlar va savollar uchun guruh: @edcomuzmurojaat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlar uchun imtiyozli shartlarda quyidagi moliyaviy xizmatlarni taklif etmoqda:

Tadbirkorning loyihalarini amalga oshirishda 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlar ko‘rinishida sheriklik asosida foiz va ustama to'lovlarisiz kapitalga ulush kiritadi;

20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlarni xizmatlar ipotekasi orqali yillik 18% ustama yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov ta’minotisiz tadbirkorga taqdim etadi;

Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 7 yilga 5 mlrd so‘mgacha kredit (lizing) uchun resurs joylashtiradi;

Tadbirkorga kredit ajratilishida garov taqchilligi yuzaga kelganda 5 mlrd so‘mgacha kafil bo‘lib beradi;

Kredit foizining 5,6 foizgacha bo‘lgan qismini kompensatsiya qilib beradi;

Kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha (o'z faoliyatini o'stirgan tadbirkorlar uchun 150 mln so'm) qismini qayta moliyalashtiradi.

Batafsil:📱@edcomuz ☎️ 71-205-57-57
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍7👏3🙏3🔥2🏆2
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bosh direktori Abbosxon Maxamatov hamda “Moody’s Ratings” agentligining munosabatlar boshqaruvi bo‘yicha vitse-prezidenti Burak Jerraho‘g‘lu o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Kompaniyaning iqtisodiyotdagi faolligi, moliyaviy barqarorligi hamda joriy ko‘rsatkichlari yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq o‘tkazilgan tashqi audit natijalari Agentlik vakillari tomonidan ijobiy baholandi.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish rejalarining xalqaro reyting olish bilan bevosita bog‘liqligi va bu yo‘nalishda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar reyting olish jarayonini jadallashtirish, texnik bosqichlarni boshlash va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
7🔥7👏5🏆2🤝2😎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning boshqaruv tizimi ISO 9001:2015 (Sifatni boshqarish tizimi) va ISO 37001:2016 (Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimi) standartlariga muvofiqlik bo‘yicha auditdan o‘tkazildi.

Xalqaro auditorlik “Astraia Certification” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan audit jarayonida kompaniya rahbariyati, tarkibiy bo‘linma boshliqlari va xodimlari bilan suhbatlar tashkil qilindi, ichki me’yoriy hujjatlar va ish jarayonlari batafsil o‘rganildi.

Natijada, auditorlar Kompaniyada integratsiyalashgan boshqaruv tizimi belgilangan standartlarga muvofiq tashkil etilganini qayd etdi. Shu bilan birga, tizim samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar ham berildi.

Kompaniya hozirda audit natijalari asosida xalqaro sertifikat olish bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍97🏆3🔥2👏1🤝1
🟦 Hurmatli, tadbirkorlar!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlarning ehtiyojlarini o‘rganib, yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yishda davom etadi.

📄 Biz Kompaniya kafilligini kengaytirish yuzasidan yangi xizmat turini joriy etish bo’yicha so‘rovnoma tayyorladik.

Mazkur havola orqali so‘rovnomada qatnashib, o‘z fikr va takliflaringizni bildiring.

Sizning yordamingiz bilan tadbirkorlar uchun yanada qulayroq sharoitlar yaratamiz.

Shunday ekan, unutmang, fikr-mulohazalaringiz biz uchun muhim!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏43🔥2🏆1
Bugun, 27-iyunda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov hamda Xitoy sanoat va savdo banki raisi Liu Yagan o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Suhbat avvalida har ikki tomonning faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston–Xitoy hamkorligini mustahkamlash maqsadida, mamlakatdan kelayotgan investorlarga Kompaniya kafilligini taqdim etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Qolaversa, Xitoy yuanida Kompaniyani moliyalashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Kelgusida tomonlar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida yangi loyihalar ustida ishlashga kelishib oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍12🔥3👏32🤝2🏆1
🟦 2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 942 ta murojaat kelib tushdi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏4🤝3👍1
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida 2025-yil 1-iyul holatiga ma‘lumot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2🙏2🏆1😎1
💵 Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ xizmatlaridan foydalanish chog‘ida manfaatlar to’qnashuvi yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, darhol bizga xabar bering.

Bu uchun maxsus aloqa kanallarimiz mavjud:

Ishonch telefoni: +998(71)205-57-57
Elektron pochta: compliance@edcom.uz
Sayt: https://edcom.uz/uz/anticor/appeals/

Murojaatlar dushanbadan jumaga qadar soat 09:00 dan 18:00 gacha ko‘rib chiqiladi.

❗️Unutmang, sizning xabaringiz korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.

Eslatma: Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanishi qonun bilan kafolatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🙏3🤝32🔥2😎1
🟦 2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ biznes egalariga 19,5 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.

Ushbu xizmatlar hududlar kesimida qanday taqsimlangani haqida infografikadan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram |Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3👏3🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bugungi kunga qadar Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlarning loyihalarini 1 trln 418 mlrd so‘mlik xizmatlar bilan qo‘llab-quvvatladi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🏆4🔥3🤝3👏1
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Bugun, 14-iyul kuni Kompaniya Yevropaning yetakchi auditorlik tashkilotlaridan biri — “Astraia Certification” tomonidan o‘tkazilgan mustaqil audit natijasiga ko‘ra, ISO 9001:2015 (sifat menejmenti tizimi) va ISO 37001:2016 (korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) xalqaro standartlariga muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Audit jarayonida Kompaniyaning boshqaruv tizimi, mijozlar bilan ishlash tartibi, risklarni boshqarish bo‘yicha amaliyotlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi batafsil o‘rganildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, barcha jarayonlar xalqaro standartlarga to‘la mosligi tasdiqlandi.

ISO 9001 Kompaniyada sifatni boshqarishga tizimli yondashuv joriy etilgani, xalqaro standartlarga mos keladigan ichki jarayonlarning shaffofligi va samaradorligi ta’minlanganini tasdiqlaydi.

ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish esa mijozlar va hamkorlarning moliyaviy operatsiyalari xavfsizligi ta’minlanganligi, Kompaniya korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining samaradorligini ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏20🔥3👍2🏆2🤝2😎2
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

Garov ta’minotini tanlash bo‘limi boshlig‘i

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 21-iyul 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42🏆1🤝1
🏦 20 mlrd so‘mgacha Xizmatlar ipotekasi!

Biznesingiz uchun ko‘chmas mulk yoki asbob-uskunalar sotib olish osonlashganidan xabardormisiz?

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bu uchun 7 yilgacha muddatga Xizmatlar ipotekasini taqdim etmoqda.

Qanday qilib foydalansam bo‘ladi?

Bu uchun anketani elektron to‘ldirib, ipotekatanlov@gmail.com pochta manziliga yuborishingiz kifoya.

Anketa na’munasini esa ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2🤝2👏1🏆1
📉 Foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”
AJning Kapitalga ulush kiritish xizmati orqali biznesingizni kengaytiring.

Bu qarz emas. Siz kredit olmaysiz, balki ishonchli hamkorga ega bo‘lasiz. Shunday ekan, sizga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ hech qanday foizlarsiz taqdim etiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun o‘zingizga qulay vaqtda anketani elektron to‘ldirib, capitaledcom@gmail.com pochta manziliga yuborishingiz kifoya.

Anketa na’munasi bilan esa ushbu havola orqali tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥2👏1🙏1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning 2025-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan brifing

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏102🙏2🤝1
Jahon banki “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga 14,6 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish va qishloq tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kompaniyaga 14 mln 650 ming dollar miqdorida navbatdagi imtiyozli kreditini ajratdi.

Mazkur mablag‘lar “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish — 2-faza” loyihasi doirasida ajratilgan bo‘lib, ular Kompaniya tomonidan qishloqlardagi tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun bank kreditlariga kafillik berishga yo‘naltiriladi.

Avvalroq, Kompaniya ushbu loyiha bo‘yicha birinchi transh — 14,6 mln dollarni to‘liq o‘zlashtirib, uning hisobidan 502 mlrd so‘m (taxminan 40 mln dollar) miqdorida qisman kafillik berishga erishdi. Shu orqali Kompaniya navbatdagi mablag‘ni olish uchun belgilangan shartlarni bajargandi.

Qayd etish joiz, Jahon banki va Kompaniya o‘rtasidagi mazkur hamkorlik mamlakatning qishloq hududlarida barqaror tadbirkorlik muhitini yaratish, aholi farovonligini oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish, tadbirkorlar kredit olish imkoniyatini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍154👏4🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlarning 2 mingdan ortiq loyihasini moliyaviy qo‘llab-quvvatladi.

Bu uchun Kompaniya tomonidan 875 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2🏆21😁1🤝1
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ eng ko‘p kafillik xizmatini taqdim etgan Top-10 ta banklar

Bugungi kunga qadar tadbirkorlarga eng ko‘p AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali ushbu xizmat ko‘rsatilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🙏2🔥1👏1🤝1😎1