“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
4.75K subscribers
548 photos
124 videos
559 links
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: www.edcom.uz
Aloqa markazi: (71) 205-57-57

Murojaatlar va savollar uchun guruh: @edcomuzmurojaat
Download Telegram
“BUNYODKOR COTTON FACILITIES” MChJ erishgan natijalar

Qashqadaryolik tadbirkor “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning birdaniga ikki xizmati — Kafillik va Kompensatsiyadan foydalanib, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini keskin oshirishga erishdi. Batafsil yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🙏3🤝21😎1
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Komplayens-nazorati xizmati boshlig‘i

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 15-avgust 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥32👏1🤝1
TRK tomonidan Toshkent viloyati tadbirkorlariga ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar tahlili

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5👍2🔥2🙏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida 18-avgust kuni Namangan shahrida forum tashkil etmoqda.

“Tadbirkorlar bilan bir kun: Biznes va Investitsiya” forumi doirasidagi spikerlar:

🔅Hasan Mamasaidov — Dekos va MFaktor kompaniyalari asoschisi;

🔅Tamilla Kurbanova — Investitsiya bo‘yicha ekspert;

🔅Umidjon Ishmuhammedov — Millat umidi universiteti va maktabi asoschisi;

🔅Gulbahor Tojimirzayeva — B.A Holding va Namangan metallurgiya zavodi bosh direktori, “O‘zbekiston Metallurgiya uyushmasi” raisi

🔅Abbosxon Maxamatov — “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori;

Manzil: Namangan shahri, Ma'naviyat va ma'rifat markazi. Lokatsiya

Ushbu forumda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/U5xDxKrYxZFeSRH39

+998-90-371-17-76

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥96👍6🤝2😎2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bugungi kunga qadar Namangandagi tadbirkorlarning loyihalarini 1 trln 180 mlrd so‘mlik xizmatlar bilan qo‘llab-quvvatladi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤝3🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ xorazmlik tadbirkorlarga 2,2 trln so‘mlik moliyaviy xizmat ko‘rsatdi. Ularning erishgan natijalari haqidagi reportaj O‘zbekiston24 telekanalida efirga uzatildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍43🔥3😁2👏1🏆1
Forumga bir kun qoldi!

Ertaga ayni shu vaqtda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ boshchiligida Namangan shahrida “Tadbirkorlar bilan bir kun: Biznes va Investitsiya” forumi boshlanadi.

Yana bir yangilik forum doirasida Alibaba platformasining O‘zbekistondagi rasmiy vakillari ham ishtirok etishadi va jahon bozoriga chiqish yo‘llari haqida foydali maʼlumotlar berishadi.

Ro‘yxatdan o‘ting:
https://forms.gle/U5xDxKrYxZFeSRH39

+998-90-371-17-76

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏74🏆3🔥2🤝1😎1
🎥Tadbirkorlar bilan bir kun forumi jonli efirda

Ayni damda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tashabbusi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan forum boshlanmoqda.

Tadbirda qatnasha olmayotgan, lekin uni kuzatish istagida bo‘lganlar uchun Youtube’da jonli efirni yo‘lga qo‘ydik.

Havola: https://www.youtube.com/live/4PNOAQ-KtSA?si=mM1BFhZimle3df9o

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3🏆3🤝1😎1
🟦 “Tadbirkorlar bilan bir kun: Biznes va Investitsiya” forumi davom etmoqda!

Bugungi tashkil etilgan muloqot tadbirkorlar uchun o‘zaro bilim va tajriba almashinuvi vazifasini bajarib bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, tadbir doirasidagi spikerlar:

🔅Hasan Mamasaidov — Dekos va MFaktor kompaniyalari asoschisi;

🔅Tamilla Kurbanova — Investitsiya bo‘yicha ekspert;

🔅Umidjon Ishmuhammedov — Millat umidi universiteti va maktabi asoschisi;

🔅Abbosxon Maxamatov — “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🔥3🙏2🤝1
Bugungi forumda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Dastavval, Kompaniya tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar ulashildi. 

Bugungi qadar Kompaniya tomonidan 62 168 nafar tadbirkorga 19,8 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi. Buning natijasida 385 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan, – dedi direktor o‘z nutqida.


Ma’lum qilinishicha, hozirda Kompaniyaning rakursi ayol tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, yashil iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yo‘nalishdagi sohalarni rivojlantirishga qaratilmoqda. 

Bugungi kunda ushbu yo‘nalishlar portfelimizning o‘rtacha 10 foizini tashkil etsa, kelgusida bu ko‘rsatkichni 20 foizgacha yetkazishni reja qilib olganmiz, – deb direktor so‘zini yakunladi.


Shundan so‘ng, forum doirasida savol-javob sessiyalari o‘tkazildi. Unda Abbosxon Maxamatov tadbirkorlarning savol va muammolarini tinglab, ularga atroflicha yechimlar ko‘rsatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍63🔥2👏2🤝1😎1
“Namangandagi kichik va o‘rta biznes subyektlari soni 18 mingdan 38 mingtaga yetdi” – Shavkat Abdurazzoqov

Bugungi forumda nutq so‘zlagan Namangan viloyati hokimi tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlarga alohida to‘xtaldi.

Unga ko‘ra, so‘nggi 7 yil davomida viloyatdagi kichik va o‘rta biznes subyektlari soni 18 mingdan 38 mingtaga ko‘payib, band aholining soni 233 ming nafardan 500 ming nafargacha yetgan.

Bugun kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 73 foizdan ortiqni tashkil etmoqda, – deydi hokim o‘z nutqida.


Shuningdek, hokim tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida urg‘u berdi.

Agar 2018-yilda kichik biznesga ajratilgan kreditlar 1,6 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 8,1 trln so‘mga yetib, shundan 59 foizi kichik biznes subyektlariga yo‘naltirilgan.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7🔥5👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan forumi vodiylik tadbirkorlar uchun nafaqat tajriba almashish balki yangi marralarni zabt etishda ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatini taqdim etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥9👍5👏31
Hurmatli tadbirkorlar!

Bugun, 20-avgust — Tadbirkorlar kuni. Bu sana tashabbuskorlik, mehnatsevarlik va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissangizning ramziy e’tirofidir.

Sizlarning jasoratli qarorlaringiz, qat’iy mehnatingiz va yangilikka intilishingiz tufayli mamlakatimizda yangi korxonalar barpo etilmoqda, zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda va minglab yurtdoshlarimiz ish bilan ta’minlanmoqda.

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning asosiy maqsadi — tadbirkorlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir. Biz uchun har bir loyiha — bu nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkich, balki insonlarning orzusi, oilalarning farovonligi va mamlakatimizning kelajagi demakdir.

Sizga sihat-salomatlik, bardavom omad va yangi marralarni zabt etishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Biznesingiz yurtimiz taraqqiyoti bilan hamnafas o‘sib borsin.

Hurmat bilan,
Kompaniya jamoasi


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
10🔥7👏6👍1🏆1