“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
4.74K subscribers
548 photos
124 videos
559 links
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: www.edcom.uz
Aloqa markazi: (71) 205-57-57

Murojaatlar va savollar uchun guruh: @edcomuzmurojaat
Download Telegram
🟦 2025-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ biznes egalariga 18,9 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.

Ushbu xizmatlar hududlar kesimida qanday taqsimlangani haqida infografikadan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1👏1🤝1
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov hamda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining Biznes va aloqalar menejmenti rahbari Nikolay Sherazadishvili o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda Kompaniyaning bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni, joriy yildagi ko‘rsatkichlari hamda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida o‘tkazilgan tashqi audit xulosalari Agentlik vakili tomonidan ijobiy baholandi.

Uchrashuv davomida joriy yilda Kompaniya tomonidan jalb etilishi kutilayotgan investitsiyalar mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. 

Yakunda tomonlar xalqaro reyting olish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍11👏7🔥4🤝3🙏1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hokim yordamchilari diqqatiga!

Siz o‘zingiz mas’ul bo‘lgan mahallalardagi tadbirkorlarning biznesini yangi darajaga olib chiqishiga sababchi bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot videoda keltirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥42🙏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉 Foizlarsiz 5 mlrd so‘mgacha!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”
AJning Kapitalga ulush kiritish xizmati orqali biznesingizni kengaytiring.

Bu qarz emas. Siz kredit olmayapsiz, balki ishonchli hamkorga ega bo‘lyapsiz. Shunday ekan, sizga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ hech qanday foizlarsiz taqdim etiladi.

Mazkur xizmatning miqdori, muddati va undan foydalanish shartlari haqida batafsil ma’lumotlarni bitta videoga jamladik!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1410🔥7🤝2👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bugungi kunda 29 062 ta qishloq xo‘jaligi loyihasini 9 trln 454 mlrd so‘m mablag‘ bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏4🔥32😁1
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov hamda “S&P Ratings” xalqaro reyting agentligining Biznes va aloqalar menejmenti rahbari Konstantin Potapov o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda Kompaniyaning bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni, joriy yildagi ko‘rsatkichlari hamda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida o‘tkazilgan tashqi audit xulosalari Agentlik vakili tomonidan ijobiy baholandi.

Uchrashuv davomida Kompaniya tomonidan jalb etilishi kutilayotgan investitsiyalar mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yakunda reyting olish jarayoni metodologiyasi, harakatlar ketma-ketligi hamda ehtimoliy muddatlari haqida fikr almashildi. Reytingni olish yuzasidan hamkorlik qilish masalalari kelishib olindi.

Telegram |Facebook | Instagram | Youtube
👍9🏆2😎21🔥1🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlar uchun imtiyozli shartlarda quyidagi moliyaviy xizmatlarni taklif etmoqda:

Tadbirkorning loyihalarini amalga oshirishda 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlar ko‘rinishida sheriklik asosida foiz va ustama to'lovlarisiz kapitalga ulush kiritadi;

20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot, uskuna va boshqa aktivlarni xizmatlar ipotekasi orqali yillik 18% ustama yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov ta’minotisiz tadbirkorga taqdim etadi;

Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun 7 yilga 5 mlrd so‘mgacha kredit (lizing) uchun resurs joylashtiradi;

Tadbirkorga kredit ajratilishida garov taqchilligi yuzaga kelganda 5 mlrd so‘mgacha kafil bo‘lib beradi;

Kredit foizining 5,6 foizgacha bo‘lgan qismini kompensatsiya qilib beradi;

Kichik tadbirkorlarga ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha (o'z faoliyatini o'stirgan tadbirkorlar uchun 150 mln so'm) qismini qayta moliyalashtiradi.

Batafsil:📱@edcomuz ☎️ 71-205-57-57
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍7👏3🙏3🔥2🏆2
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bosh direktori Abbosxon Maxamatov hamda “Moody’s Ratings” agentligining munosabatlar boshqaruvi bo‘yicha vitse-prezidenti Burak Jerraho‘g‘lu o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Kompaniyaning iqtisodiyotdagi faolligi, moliyaviy barqarorligi hamda joriy ko‘rsatkichlari yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq o‘tkazilgan tashqi audit natijalari Agentlik vakillari tomonidan ijobiy baholandi.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish rejalarining xalqaro reyting olish bilan bevosita bog‘liqligi va bu yo‘nalishda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar reyting olish jarayonini jadallashtirish, texnik bosqichlarni boshlash va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
7🔥7👏5🏆2🤝2😎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning boshqaruv tizimi ISO 9001:2015 (Sifatni boshqarish tizimi) va ISO 37001:2016 (Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimi) standartlariga muvofiqlik bo‘yicha auditdan o‘tkazildi.

Xalqaro auditorlik “Astraia Certification” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan audit jarayonida kompaniya rahbariyati, tarkibiy bo‘linma boshliqlari va xodimlari bilan suhbatlar tashkil qilindi, ichki me’yoriy hujjatlar va ish jarayonlari batafsil o‘rganildi.

Natijada, auditorlar Kompaniyada integratsiyalashgan boshqaruv tizimi belgilangan standartlarga muvofiq tashkil etilganini qayd etdi. Shu bilan birga, tizim samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar ham berildi.

Kompaniya hozirda audit natijalari asosida xalqaro sertifikat olish bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
10👍10🔥3🏆3👏1🤝1
🟦 Hurmatli, tadbirkorlar!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlarning ehtiyojlarini o‘rganib, yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yishda davom etadi.

📄 Biz Kompaniya kafilligini kengaytirish yuzasidan yangi xizmat turini joriy etish bo’yicha so‘rovnoma tayyorladik.

Mazkur havola orqali so‘rovnomada qatnashib, o‘z fikr va takliflaringizni bildiring.

Sizning yordamingiz bilan tadbirkorlar uchun yanada qulayroq sharoitlar yaratamiz.

Shunday ekan, unutmang, fikr-mulohazalaringiz biz uchun muhim!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏43🔥2🏆1
Bugun, 27-iyunda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov hamda Xitoy sanoat va savdo banki raisi Liu Yagan o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Suhbat avvalida har ikki tomonning faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, ko‘rsatayotgan xizmatlari va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston–Xitoy hamkorligini mustahkamlash maqsadida, mamlakatdan kelayotgan investorlarga Kompaniya kafilligini taqdim etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Qolaversa, Xitoy yuanida Kompaniyani moliyalashtirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Kelgusida tomonlar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida yangi loyihalar ustida ishlashga kelishib oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍13🔥4👏42🤝2🏆1
🟦 2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 942 ta murojaat kelib tushdi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏4🤝3👍1
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida 2025-yil 1-iyul holatiga ma‘lumot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2🙏2🏆1😎1
💵 Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ xizmatlaridan foydalanish chog‘ida manfaatlar to’qnashuvi yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, darhol bizga xabar bering.

Bu uchun maxsus aloqa kanallarimiz mavjud:

Ishonch telefoni: +998(71)205-57-57
Elektron pochta: compliance@edcom.uz
Sayt: https://edcom.uz/uz/anticor/appeals/

Murojaatlar dushanbadan jumaga qadar soat 09:00 dan 18:00 gacha ko‘rib chiqiladi.

❗️Unutmang, sizning xabaringiz korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.

Eslatma: Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanishi qonun bilan kafolatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🙏3🤝32🔥2😎1
🟦 2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ biznes egalariga 19,5 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatdi.

Ushbu xizmatlar hududlar kesimida qanday taqsimlangani haqida infografikadan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram |Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥4👏3🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bugungi kunga qadar Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlarning loyihalarini 1 trln 418 mlrd so‘mlik xizmatlar bilan qo‘llab-quvvatladi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🏆5🔥3🤝31👏1
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Bugun, 14-iyul kuni Kompaniya Yevropaning yetakchi auditorlik tashkilotlaridan biri — “Astraia Certification” tomonidan o‘tkazilgan mustaqil audit natijasiga ko‘ra, ISO 9001:2015 (sifat menejmenti tizimi) va ISO 37001:2016 (korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) xalqaro standartlariga muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Audit jarayonida Kompaniyaning boshqaruv tizimi, mijozlar bilan ishlash tartibi, risklarni boshqarish bo‘yicha amaliyotlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi batafsil o‘rganildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, barcha jarayonlar xalqaro standartlarga to‘la mosligi tasdiqlandi.

ISO 9001 Kompaniyada sifatni boshqarishga tizimli yondashuv joriy etilgani, xalqaro standartlarga mos keladigan ichki jarayonlarning shaffofligi va samaradorligi ta’minlanganini tasdiqlaydi.

ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish esa mijozlar va hamkorlarning moliyaviy operatsiyalari xavfsizligi ta’minlanganligi, Kompaniya korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining samaradorligini ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21🔥3👍2🏆2🤝2😎2
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

Garov ta’minotini tanlash bo‘limi boshlig‘i

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 21-iyul 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52🏆2🤝1
🏦 20 mlrd so‘mgacha Xizmatlar ipotekasi!

Biznesingiz uchun ko‘chmas mulk yoki asbob-uskunalar sotib olish osonlashganidan xabardormisiz?

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bu uchun 7 yilgacha muddatga Xizmatlar ipotekasini taqdim etmoqda.

Qanday qilib foydalansam bo‘ladi?

Bu uchun anketani elektron to‘ldirib, ipotekatanlov@gmail.com pochta manziliga yuborishingiz kifoya.

Anketa na’munasini esa ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2🤝2👏1🏆1