“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
4.72K subscribers
548 photos
124 videos
559 links
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: www.edcom.uz
Aloqa markazi: (71) 205-57-57

Murojaatlar va savollar uchun guruh: @edcomuzmurojaat
Download Telegram
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!

➡️Biznes jarayonlarini raqamlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi

Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 3-aprel 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodlarga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🙏21👏1🏆1
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov Qibray tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda ishtirok etdi.

Qabul tuman hokimi Muzaffar Rashidov va tuman Xalq qabulxonasi rahbari Jasur Xo‘jayorovlar ishtirokida “Chinobod” mahallasida tashkil etildi.

Unda aholining murojaatlari tinglanib, muammolari tahlil qilindi. Xususan, kommunal sohadagi muammolar qatorida ekologiya, ijtimoiy sohadagi murojaatlar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish yuzasidan maslahat va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍122🔥2👏1😍1🏆1
📄 Kafillik haqida jonli efir!

Oxirgi vaqtlarda tadbirkorlar tomonidan ushbu xizmatimiz bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shu sababli, biz sizning muhim savollaringizga javob berish maqsadida ovozli chat tashkillashga qaror qildik.

Ovozli chatimiz Kafillik xizmati bo‘yicha mutaxassislarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Kafillik taqdim etishdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar, uning shartlari va miqdorlari hamda kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Demak, 2-aprel, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmat bo‘yicha savollaringizni bizga yo‘llashingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🤝3🔥2😎21👏1
Xizmatlar ipotekasi bo‘yicha 2025-yilning ikkinchi ochiq tanloviga 24 nafar tadbirkor 528 mlrd so‘mlik loyiha yuzasidan ariza yuborgani haqida xabar bergandik.

Skoring tahlil natijalariga ko‘ra, qiymati 138 mlrd so‘m bo‘lgan 16 ta loyiha keyingi bosqichga o‘tdi.

Ushbu loyihalar bo‘yicha 80,1 mlrd so‘m miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam taqdim etish va loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga 473 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍62👏2🏆1😎1
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar diqqatiga!

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tadbirkorlarga kreditlarni osonroq olish va arzonroq qaytarish uchun quyidagi yordamlarni taqdim etadi.

🔐 Kompensatsiya

Kompaniya hudud toifasidan kelib chiqib, tadbirkor oladigan kredit foizining bir qismini — maksimal 5,6 foizgacha — kompensatsiya qilib beradi, ya’ni qoplab beradi.

Bunda tadbirkor olgan kreditning yillik foiz ustamasi 24,5 foizgacha bo‘lishi kerak.

Misol uchun, bank tadbirkorga 24,5 foiz stavkasi bilan kredit berdi deylik. Agar u joylashgan hudud uchun maksimal 5,6 foiz kompensatsiya taqdim etilsa, unda tadbirkor 3 yilga aslida 18,9 foiz (24,5 foiz – 5,6 foiz) to‘laydi, qolgan qismini esa Kompaniya qoplaydi.

Bu orqali tadbirkorning moliyaviy yuki kamayadi va biznesini kengaytirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

📄 Kafillik

Tijorat banklaridan kredit olishda garov talab etiladi. Ko‘pincha tadbirkorlar kerakli garovni topa olmay qiyinchiliklarga duch keladi.

Shunday vaqtda Kompaniya kichik tadbirkorlarga 2,5 milliard so‘mgacha, o‘rta tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha kafillik beradi. 

Bu degani, tadbirkor maʼlum sabablarga ko‘ra kreditni qaytarolmay qolganda Kompaniya uning o‘rniga kreditni to‘lash majburiyatining bir qismini o‘z zimmasiga oladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤝3👏2😁2🏆1😎1
Mart oyining boshida Qarz moliyaviy yordamini taqdim etish bo‘yicha 2025-yilning ikkinchi ochiq tanlovi o‘tkazilgandi. Tanlovda 30 nafar tadbirkor jami 268 mlrd so‘mdan ziyod loyihalar bilan ishtirok etdi.

Skoring tahlili natijasida esa 20 ta loyiha (164 mlrd so‘m) keyingi bosqichga o‘tdi.

Ushbu loyihalar bo‘yicha 103,4 mlrd so‘m miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam taqdim etish va loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga 314 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7🤝4🔥32👏2🙏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢 2018-2025-yillar davomida Andijon viloyatidagi tadbirkorlarga jami 1 trln 412 mlrd so‘m moliyaviy yordam taqdim etildi.

Eng ko‘p yordamlardan Andijon shahri (387 mlrd so‘m), Xo‘jaobod (171 mlrd so‘m) va Asaka (152 mlrd so‘m) tumanlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏32🔥1🏆1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ siz va yaqinglaringizni muqaddas Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi! 

Tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka va farovon hayot doimo hamrohingiz bo‘lsin.

Ayyom muborak!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏43🔥1🙏1🏆1
📄 Kafillik haqida jonli efir!

Oxirgi vaqtlarda tadbirkorlar tomonidan ushbu xizmatimiz bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shu sababli, biz sizning muhim savollaringizga javob berish maqsadida ovozli chat tashkillashga qaror qildik.

Ovozli chatimiz Kafillik xizmati bo‘yicha mutaxassislarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Kafillik taqdim etishdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar, uning shartlari va miqdorlari hamda kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritamiz.

Demak, 2-aprel, chorshanba kuni soat 17:00 da xizmat bo‘yicha savollaringizni bizga yo‘llashingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏3🔥2🏆2🤝1😎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rivojlan

Tadbirkorlik xuddi doimiy oqib turuvchi daryoga o‘xshaydi. Mablag‘ yetishmovchiligi esa uning faoliyatiga to‘g‘on bo‘lishi mumkin.

Uni yengib o‘tishda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi Sizga ishonchli ko‘makchi bo‘ladi!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍18🔥6🙏3🏆1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢 2018-yildan beri Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlarning qariyb 3 mingga yaqin loyihasi moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.

Bu uchun ularga Kompaniya tomonidan jami 1 trln 240 mlrd so‘m mablag‘ taqdim etildi.

Eng ko‘p yordamlardan Termiz shahri (320 mlrd so‘m) va Denov (123 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4🤝4🏆2😎2
Bugun, 2-aprelda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ISO sertifikatini olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkilladi.

Unda sertifikat olishga ko‘maklashuvchi konsulting kompaniya hamda Kompaniya xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv seminari sifat boshqaruvi tizimi bo‘yicha xalqaro andazalar asosida ISO sertifikatini olish uchun zaruriy bo‘lgan talablarni tushuntirishga qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida, ISO Xalqaro standarti sertifikati mahsulot va xizmatlarning xavfsiz, ishonchli va sifatli bo‘lishini kafolatlashga yordam beradi. U bilan korxonalar yangi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔥5🙏2🤝21👏1🏆1
🗣 Ovozli chatimiz boshlanmoqda!

📄Kafillik xizmati haqida tashkillanayotgan ovozli chatimiz boshlanmoqda.

Unda qatnashish orqali savollaringizga mutaxassislarimizdan batafsil javoblar olishingiz mumkin.

Bu uchun savollaringizni chatga kirish orqali berishingiz yoki mazkur xabar ostida izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏3🔥2🙏1🤝1😎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢 2018-yildan beri Xorazm viloyatidagi tadbirkorlarning 5 mingdan ortiq loyihasi moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.

Bu uchun ularga Kompaniya tomonidan jami 2 trln 173 mlrd so‘m mablag‘ taqdim etildi.

Eng ko‘p yordamlardan Bog‘ot tumani (320 mlrd so‘m), Urganch shahri (257 mlrd so‘m) va Urganch (237 mlrd so‘m) tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar foydalangan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4🙏3
Bugun, 4-aprelda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va Diplomat University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga bag‘ishlangan tadbir avvalida universitet talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Xususan, Kompaniya direktori o‘zining shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, karyera yo‘li, ish faoliyati, O‘zbekiston bank-moliya sohalaridagi o‘ziga xosliklar haqida fikr yuritdi.

Uchrashuv davomida asosiy e’tibor talaba va ilmiy izlanuvchilar uchun Kompaniyada mavjud imkoniyatlar hamda universitet bilan hamkorlikda sohadagi muammolarga ilmiy yondashuvlar orqali yechimlar topishga qaratildi.

Shundan so‘ng, universitet talabalari Kompaniyada malaka oshirishi, amaliy ko‘nikmalar egallashi va amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishiga kelishildi.

Kompaniya mutaxassislari esa universitetda seminarlar, master-klasslar va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish orqali ta’lim jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi.

Bu hamkorlik orqali universitet soha talablariga mos ravishda mutaxassislar yetishtirsa, kompaniya amaliy bilim va tajribalarni talabalar bilan bo‘lishib, ularni mehnat bozoriga tayyorlaydi.

Shunday qilib, uchrashuv yakunida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Maxamatov va Diplomat University bosh direktori Bekzod Ummatov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lib, mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍13🔥4🙏4😎3🤝2